Referat toshkent 2022 Reja


Download 35.62 Kb.
bet9/10
Sana24.12.2022
Hajmi35.62 Kb.
#1053978
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Audit referat1

Sug’urta hodisasi – shartnoma amal qilish davrida auditor tomonidan
bilmagan holda yo’l qo’yilgan xatolik natijasida uchinchi tarafga etgan zararni
auditorlik firmasi fuqarolik qonunchiligi bilan belgilangan tartibda qoplashi
13
lozimligini tasdiqlovchi voqea. Bitta sabab natijasida ko’rilgan bir necha zarar
xam bitta sug’urta hodisasi deb qaraladi.
Sug’urta amal qiladigan hudud – auditorlik firmasi tomonidan faqatgina
sug’urta shartnomasida ko’rsatilgan davlat hududidagina ko’rsatilgan xizmat
natijasida uchinchi tarafga etgan zarar sug’urta hodisasi sifatida sug’urta kompaniyasi tomonidan qoplanishini anglatadi. O’zbekiston Respublikasi
sug’urta kompaniyalari sug’urta shartnomalarida ushbu hudud odatda O’zbekiston Respublikasi territoriyasi qilib belgilanadi.
Sug’urtalovchi javobgarligining chegarasi – sug’urta shartnomasida
ko’rsatilgan sug’urta hodisasi yuzasidan sug’urta kompaniyasi to’lashni o’z
zimmasiga olgan sugurta summasining eng yuqori chegarasi (limit)ni belgilaydi.
Bir yoki bir necha sug’urta hodisasi uchun to’lov shartnomada ko’rsatilgan eng
yuqori chegara (limit)dan oshmaydi.Ushbu to’lov summasi tomonlar kelishuviga
ko’ra belgilanadi va shu summaga asosan sug’urta badali xajmi aniqlanadi.
Sug’urta to’lovi bo’yicha limit O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida
belgilangandan kam miqdorda bo’lishi mumkin emas.
Sug’urta badali – shartnomaga muvofiq sug’urtalanuvchi sug’urta
tashkilotiga sug’urta xizmati uchun majburiy tartibda ajratishi lozim bo’lgan
mablag’ summasi. Bu summani sug’urta kompaniyasi o’z tarifiga asosan
belgilaydi, ammo tomonlar kelishuviga ko’ra unga o’zgartirish kiritish mumkin.
Sug’urta shartnomasini tuzish va tugatish tartibi – sug’urta shartnomasining amal qilish muddati, sug’urtalanuvchi va sug’urtalovchi
zimmasidagi majburiyat, sug’urta shartnomasi qaysi hollarda bekor qilinishi kabi
masalalarni bayon etadi.

Download 35.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling