Reja: Arxiv kataloglari
Download 339.24 Kb. Pdf ko'rish
|
7 MAVZU (1)
Ro‘yxat tuzish usuli. Yig„majildni bayon qilish. Ro„yxatning asosiy qismi,
yuqorida ko„rsatilganidek, yig„majildning sarlavhasidir. Ro„yxat tuzishdan oldin har bir yig„majild bayon qilinadi. Shu jarayonda sarlavha tuzishga alohida e‟tibor beriladi. Yig„majildni bayon qilish idorada ish yuritish jarayonida amalga oshiriladi. Yig„majildni bayon qilishda muqovaga quyidagi ma‟lumotlar yoziladi: 1. Idoraning nomi; 2. Idora bo„limining nomi; 3. Yig„ma jildning nomenklatura bo„yicha indeksi; 4. Sarlavha; 5. Sana (yig„majildning boshlangan, tugagan sanalari); 6. Varaqlar soni; 7. Saqlash muddati; 8. Arxiv shifri. Yig„ma jild muqovasiga idoraning nomini yozish bilan yig„majild qaysi fondga tegishli ekanligi belgilanadi. Yig„ma jildning idoradagi nomenklatura bo„yicha indeksining ro„yxatda ko„rsatilishi yig„majildlarni tartibga solishni osonlashtiradi va idoraviy arxivning qay darajada saqlanganligini ko„rsatadi. Yig„ma jildni bayon etishning asosiy qismi sarlavhadir. Sarlavhada yig„ma jilddagi hujjatlarning mazmuni qisqacha ochib beriladi. Sarlavha quyidagi qismlardan iborat; 1). hujjatning turi yoki xili; 2). muallifi; 3). korrespondent (xat yozilgan idora); 4). mavzu; 5). manzil; 6). yillar va boshqa ma‟lumotlar. Sarlavha ichida eng muhimi mavzu - hujjatlarda yoritilgan masalasidir. Shuning uchun ham bu qism aniq va tushunarli qilib yozilishi kerak. Ko„p hujjatlardan tashkil topgan yig„majildni bayon etishda sarlavhada yig„majild mazmuni va undagi hujjatlarning tarkibi umumlashtirilgan holda ifodalanadi. Bunday hollarda “Materiallar”, “Ish”, “Yozishma” kabi turdosh nomlar qo„llaniladi. “Materiallar” so„zi yig„majild xilma-xil hujjatlar turlaridan va bir yoki bir necha masalaga oid bo„lsa va ular o„rtasida o„zaro bog„liqlik bo„lmasa ishlatiladi. “Ish” so„zi esa to„plangan xujjatlar xilma-xil bo„lgani holda ular bir masalaga tegishli bo„lganda qo„llaniladi. Masalan, “TDPUda shanbalik o„tkazish to„g„risidagi ish”, Odatda “ish” sud organlari fondlarida ko„p bo„ladi. “Yozishma” tushunchasi yig„majild xujjatlari so„roq va javoblardan iborat bo„lganda ishlatiladi. Masalan, “TDPUning O„zR Oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi bilan talabalarning ishlab chiqarish amaliyoti to„g„risida yozishmasi”. Ko„p hollarda yig„majildlar hujjatlarning bir turidan iborat bo„ladi. Masalan, buyruqlar, qarorlar, rejalar, hisobotlar, yo„riqnomalar va hokazo. Yig„ma jild buyruqlar, majlislar bayonlaridan iborat bo„lsa, ularning tartib raqamlari, sanasi, asl nusxa yoki ko„chirma ekanligi ko„rsatiladi. Masalan “TDPU ilmiy kengashining yig„ilishlari bayonlari. 1-6-son, 1956 yil yanvar-iyun. Asl nusxa”; buyruq, qaror va bayonnomalarda ko„p masalalar yoritilishi sababli sarlavhada mavzu ko„rsatilmaydi. Yig„ma jildning hujjatlari orasida mashhur shaxslarga tegishli yoki muhim tarixiy voqeaga oid xujjatlar, fotosuratlar, xarita, risola, varaqa va boshka shunga o„xshashlar uchrashi mumkin. Bu hujjatlarga muxtasar bayon (annotatsiya) tuziladi. Muxtasar bayonda hujjatning qisqacha mazmuni yoziladi. U yig„majildning muqovasiga sarlavhadan keyin yoziladi. Shundan keyin muqovaga yig„ma jild sanasi, varaqlar soni, saqlash muddati (doimiy yoki 5 yil, 10 yil va hokazo) va arxiv shifri (ya‟ni arxiv nomi, fond raqami, ro„yxat raqami, yig„majild raqami) yoziladi. Download 339.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling