Reja: Arxiv kataloglari


Davlat arxivlari bo‘yicha ko‘rsatgichlar


Download 339.24 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana04.02.2023
Hajmi339.24 Kb.
#1161061
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
7 MAVZU (1)

Davlat arxivlari bo‘yicha ko‘rsatgichlar. Davlat arxivlarining ilmiy-axborot 
faoliyatida ko„rsatgich (putevoditel)lar muhim ahamiyat kasb etadi. Ko„rsatgichlar 
- arxiv fondlari to„g„risida muntazam tartibda axborot beruvchi arxiv 
ma‟lumotnomasidir. Tadqiqotchilar ko„rsatgichga arxivda u yoki bu fondning bor-
yo„qligini aniqlash uchun murojaat qilishadi. 
Ko„rsatgichlar asosan ikkn xil bo„ladi. Birinchisida arxivdagi muhim 
foidlarning barchasi ma‟lum tartibda joylashtirilib, har biriga ta‟rif beriladi. 
Ikkinchisi, davlat arxivi fondlari bo„yicha qisqa ma‟lumotnoma deb ataladi va 
bunda ham fondlar ma‟lum tartibda joylashtirilib, muhim fondlarga qisqa 
ma‟lumot yoziladi. Boshqa fondlarga qisqa ma‟lumot ham yozilmay, ularning 
faqat ro„yxati beriladi. Birinchi tur ko„rsatgichlar respublikamiz markaziy davlat 
arxivlarida, ikkinchi turi - viloyat arxivlarida tuziladi. 
Ko„rsatgichlar odatda ishlab chiqarish tarmoq tarxi bo„yicha tuziladi. Bu 
fondlar ta‟riflari davlat faoliyati, xalq xo„jaligi, fan, madaniyat tarmoqlari bo„yicha 
guruhlashtiriladi. Masalan, O„zSSR MDAning sovet davri bo„limi fondlari 
bo„yicha ko„rsatgich tarxi quyidagi bo„limlardan iborat: 
1. Turkiston o„lkasida Muvaqqat hukumat tashkilotlari fondlari; 


2. Oliy davlat hokimiyati va davlat boshqaruv idoralari fondlari; 
3. Adliya va sud idoralari fondlari
4. Xalq xo„jaligi tashkilotlari, korxonalar fondlari; 
5. Madaniyat va turmush sohasidagi tashkilotlar fondlari va xokazo. 
Shuningdek, O„zSSR Markaziy davlat tarix arxivi ko„rsatgichi va viloyat 
davlat arxivlari bo„yicha qisqacha ma‟lumotnomalar ham tarmoqlar tarxi asosida 
tuzilgan. 
Fondlarga ta‟rif berish, hujjatlarni bayon qilish usuli fondlar materiallari 
tarkibi va mazmuniga, ularning ahamiyatiga bog„liqdir. Muhim fondlarning har 
biriga alohida ta‟rif beriladi. Turdosh fondlarning har bir guruhiga bitta ta‟rif 
yoziladi. 
Arxiv fondining ta‟rifi quyidagi qismlardan iborat:
1). arxiv fondining nomi; 
2). fond haqida ma‟lumotlar; 
3). fond va fondni tashkil qilgan idora to„g„risida qisqacha tarixiy
ma‟lumot; 
4). arxiv fondi hujjatlarining annotatsiyasi; 
5). bibliografik ma‟lumot. 
Ko„rsatgichda fondning to„la va qisqa nomi beriladi. Masalan, O„zSSR Xalq 
Komissarlari Soveti (O„zSSR XKS). Fond haqida ma‟lumotlar qismida fond tartib 
raqami, uning hajmi, hujjatlarning boshlangan va tugagan sanasi, fondga oid 
ma‟lumotnomalar haqida axborot, ro„yxatlar (opis, sharh, kataloglar va boshqalar) 
ko„rsatiladi. 
Fondni tashkil qilgan tashkilot va fond, fond haqida qisqa tarixiy ma‟lumotda 
o„sha tashkilot tarixi, asosiy faoliyati va fondning tarixi bayon etiladi. 
Fond tarixining muhim qismi fond hujjatlarining muxtasar bayonidir. Bunda 
fond hujjatlari juda qisqa shaklda, shu bilan birga fond mazmunining etarli 
darajada to„la aks etirilishi talab qilinadi. 
Fond ta‟rifining so„ngti elementi bibliografik ma‟lumot hisoblanadi. Bunda 
fond va fondni tashkil qilgan tashkilot to„g„risidagi adabiyotlar, fond hujjatlari 
e‟lon qilingan to„plamlar ko„rsatiladi. 
Ko„rsatgichda arxivda saqlanayotgan barcha fondlar haqida ma‟lumot 
berilishi kerak. Lekin hamma fondlarga ta‟rif yozilishi shart emas. Ko„rsatgich 
oxirida ta‟rifi tuzilmagan fondlar ro„yxati beriladi. Bu ro„yxatda fondning nomi 
bilan birga tartib raqami, yig„majildlar soni, fond hujjatlari boshlangan va tugagan 
yillar ko„rsatiladi. 
Arxiv fondlari bo„yicha qisqacha ma‟lumotnoma ham ko„rsatgich tuzish 
qoidalari asosida tayyorlanadi. Faqat bu ma‟lumotnomada fondlar haqidagi 
ma‟lumotlar to„la bo„lmaydi. Masalan, fond hujjatlarining mazmuni ochib 


berilmaydi. 
Ayrim 
muhim 
fondlargagina 
to„la 
ta‟rif 
beriladi. 
Qisqa 
ma‟lumotnomaning maqsadi asosan arxiv fondlari tarkibini ko„rsatishdir. 
Ko„rsatgich va sharhlarda ham boshqa ma‟lumotnomalardagidek IMA 
bo„ladi. Ular asosan kirish, qisqartirilgan so„zlar ro„yxati, ismlar, geografik, 
predmet va boshqa ko„rsatgichlar, izohlar, atamalar lug„ati, bibliografik 
ma‟lumotdan iboratdir. 

Download 339.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling