Reja: Arxiv kataloglari


Mavzu bo‘yicha kataloglar


Download 339.24 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana04.02.2023
Hajmi339.24 Kb.
#1161061
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
7 MAVZU (1)

Mavzu bo‘yicha kataloglar. Davlat arxivlarida tizimli kataloglar 1960-
yillardan keng tarqala boshlagan. Unga qadar arxivlarda asosan mavzu bo„yicha 
kataloglar tuzilgan. Hozir ham mahalliy davlat arxivlari - shahar, tuman, viloyat 
arxivlarida, ularning filiallarida tizimli kataloglar tuzish imkoni bo„lmaganligi 
sababli, mavzu bo„yicha kataloglar asosiy ma‟lumotnomalardan biri hisoblanadi. 
Bunday kataloglarda mavzu yana kichik mavzuchalarga bo„linadi. Ular o„z 
navbatida yana mayda bo„laklarga bo„linadi. Masalan, Turkiston general-
gubernatorligida milliy ozodlik harakati mavzusi bo„yicha katalogda quyidagi 
mavzu bor: 1876 yildagi Po„latxon qo„zg„oloni, 1898 yilgi Andijon qo„zg„oloni, 
1916 yildagi xalq qo„zg„oloni va hokazo. Bularning har biri yana mayda 
bo„laklarga bo„linadi. 
Davriy katalog. Bunday katalog turkumi tarxi davrlar, asrlar, yillar kabi 
bo„laklarga bo„linadi. Masalan, MDAda saqlanayotgan vaqfnomalar uchun davriy 
katalog tuzilsa, u asrlar bo„yicha bo„lishi mumkin: XIII asr, XIV asr, XV asr, XVI 
asr, XVII asr, XVIII asr, XIX asr. Har bir asr katalogning bo„limi hisoblanadi. 
Bo„limlar bo„linmalarga - ellik, qirq, o„ttiz, yigirma, o„n yilliklarga bo„linadi. 
Masalan, XVIII asr: 1701-1710, 1711-1720. 1721-1730, 1731-1740 va hokazo. 


Alifbo bo‘yicha tuziladigan kataloglar. Ismlar katalogi. Ismlar katalogida 
bo„limlar familiyalardan iboratdir. Bo„limlar ichida bo„linmalar u yoki bu shaxs 
faoliyatining u yoki bu qirralarini yoritadi. Masalan, Fayzulla Xo„jaev: davlat 
faoliyati; partiyaviy faoliyati; ilmiy faoliyati: kitoblar; broshyuralar; maqolalar
ma‟ruzalar; xatlar; u haqidagi maqolalar. 
Bo„limlarda familiyalar alifbo bo„yicha joylashtiriladi. Bo„linmalar va 
bo„linmaning bo„lakchalari alifbo bo„yicha emas, tizimli, mantiqiy ravishda birin-
ketin joylashtiriladi. 

Download 339.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling