Reja: Arxiv kataloglari


Download 339.24 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana04.02.2023
Hajmi339.24 Kb.
#1161061
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
7 MAVZU (1)

Arxiv ro‘yxati. Arxiv ro„yxati (opis) - bu hisob hujjati va ayni vaqtda 
hujjatlarning mazmuni bo„yicha ma‟lumotnomadir. Bunda arxiv fondi 
yig„majildlari sarlavhasi, sanasi, varaqlarining soni, ro„yxati, ularning tarkibi va 
mazmuni to„g„risida ma‟lumotlar beriladi. 
Ro„yxatlar tashkilotlar bo„limlarida va arxivida tuziladi. Davlat arxivlarida 
ro„yxatlar takomillashtiriladi. 
Ro‘yxatlar tuzishni tashkil qilish usuli. Ro„yxat ikki qismdan - 
yig„majildlar ro„yxatidan va ro„yxatga tuzilgan yordamchi ma‟lumotlardan 
iboratdir. Ro„yxatning asosiy qismi yig„majildlar ro„yxati quyidagi axborot 
elementlarini o„z ichiga oladi: tartib raqami, idora bo„limidagi yig„majildning 
raqami, yig„majildning sarlavhasi, yig„majildning boshlangan va tugatilgan sanasi, 
varaqlar soni va izoh. 
Ro„yxatning tuzilishi (strukturasi) fondni tashkil qilgan idoraning tuzilishi 
bilan bir xil bo„ladi. Ro„yxatda yig„majildlar yillar bo„yicha, yil ichida idora 
tuzilishi bo„limlar bo„yicha joylashtiriladi va yoziladi. 
Doimiy saqlanadigan yig„majildlarga alohida ro„yxat tuziladi. Mabodo
yig„majildlar ko„p bo„lsa, ro„yxatlar yig„ma raqamlari to„rt xonali songa 
etgandan keyin yangi ro„yxat tuziladi. Har bir ro„yxat bir raqamidan boshlanadi. 
Quyidagi hujjatlarga alohida ro„yxat tuziladi; 
1. Idoraning shaxsiy tarkibiga, xodimlariga oid materiallar
2. Vaqtincha saqlanadigan hujjatlar; 
3. Fond materiallariga tuzilgan varaqalar kabi ma‟lumotnomalar. 
Idoralarda doimiy saqlanadigan hujjatlarga ro„yxatlar ikki xil tuzilishi 
mumkin: 


1. Idoraning har bir bo„limi bir yilga oid hujjatlarga alohida ro„yxat tuzadi. 
Hamma bo„limlardan olingan bunday ro„yxatlar devonxonada jamlanadi va bir 
yilga oid hujjatlari bo„lgan hamma bo„limlarning umumiy ro„yxati tuziladi. Shu 
tartibda umumiy ro„yxatga materiallar yilma-yil qilib, umumiy ro„yxat tuziladi; 
2. Idoraning bo„limi barcha yillarga oid hujjatlarga alohida ro„yxat tuzadi. 
Keyin yuqoridagi tartibda yilma-yil qilib umumiy ro„yxat tuziladi. 
Idoralarda yig„majildlar ro„yxati 4 nusxada tayyorlanadi. Bu ro„yxat davlat 
arxivining ETKsida tasdiqlangandan keyin tashkilotning arxiv fondi davlat 
arxiviga qabul qilinadi va unga qo„shib 3 nusxa ro„yxat ham topshiriladi, biri hisob 
xujjati sifatida ehtiyot qilib hisob bo„limida saqlanadi, boshqa nusxalaridan davlat 
arxivining o„quv xonasida foydalaniladi. 

Download 339.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling