Arxiv ma’lumotnomalarini nashrga tayyorlash. Arxiv ma‟lumotnomalarini
e‟lon (nashr) qilishdan asosiy maqsad O„zR MAF hujjatlari to„g„risida keng ilmiy
axborotni tashkil qilishdir. Bu vazifani amalga
oshirish uchun arxivlar
ko„rsatgichlar, ro„yxatlar,
sharhlar, kataloglar, va boshqa ma‟lumotnomalarni nashr
etadi. Ma‟lumotnomalarni e‟lon
qilish tashkilotlar, ilmiy
jamoatchilik diqqatini
O„zR MAF hujjatlariga jalb qiladi va ulardan foydalanishning
kengayishiga
yordamlashadi.
Yuqorida ko„rsatib o„tganimizdek, arxivda ma‟lumotnomalar ko„p
va xilma
xildir. Ularning hammasini nashr qilish imkoni yo„q.
Birinchi navbatda arxiv
hujjatlari haqida umumiy ma‟lumotnomalar, ko„rsatgich va arxiv fondlari bo„yicha
qisqacha ma‟lumotnomalar e‟lon qilinadi. Keyin imkoniyat bo„lsa, muhim va keng
foydalaniladigan fondlar ro„yxatlari
nashr qilinishi, sharhlar,
kataloglar
chiqarilishi maqsadga muvofiq bo„ladi.
E‟lon qilinadigan arxiv ma‟lumotnomasining tuzilishi, tarxi ilmiy asoslangan,
bayon qilish usullarining bir xil bo„lishi talab etiladi.
Nashr etilayotgan ma‟lumotlarga qo„shimcha talablar qo„yiladi. Ular
suratlar bilan
bezatilgan, ilovalar bilan ta‟minlangan va tahrir qilingan bo„lishi kerak.