Reja: Arxiv kataloglari


Yig‘ma jildlar ro‘yxatini tuzish


Download 339.24 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana04.02.2023
Hajmi339.24 Kb.
#1161061
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
7 MAVZU (1)

Yig‘ma jildlar ro‘yxatini tuzish. Yig„ma jildlar bayon qilinganidan va 
muqovasiga yozilgandan keyin ularning ro„yxati tuziladi. Ro„yxat tuzilayotganda 
uning uchun kerak bo„lgan barcha ma‟lumotlar yig„ma jild muqovasidan olinadi. 
Bayon qilingan yig„ma jildlar yillar bo„yicha va yil ichida idora tuzilishi 
bo„linmalari bo„yicha guruhlashtiriladi va shu tartibda ro„yxatga yoziladi. 
Ro„yxatning oxirida yakunlovchi yozuv bo„ladi. Bunda ro„yxatga nechta 
yig„majild kiritilganligi ko„rsatiladi. Shuningdek liter (harf) bilan yozilgan jildlar 
(2a,5v,5a,5b va hokazo) va tushirib qoldirilgan raqamlar qayd qilinadi. Ro„yxatga 
odatda yordamchi ma‟lumotnoma apparati tuziladi. Bu ro„yxatning bosh sahifasi
kirish, ko„rsatgichlar, qisqartirilgan so„zlar ro„yxati va boshqalardan iborat. Bosh 
sahifada davlat arxivining nomi, fond nomi, fond raqami, ro„yxat raqami, ro„yxat 
nomi, ro„yxatga kiritilgan materiallarning sanasi, ro„yxat varaqlari soni yoziladi. 


Bosh sahifa ro„yxatga kiritilgan hujjatlar majmui to„g„risida umumlashgan 
axborot beradi. 
Shunday qilib arxiv ro„yxati fond yig„ma jildlari, hujjatlari to„g„risida muhim 
ma‟lumotlar beradigan hisob hujjati va arxiv ma‟lumotnomasidir. 
Hujjatlar haqidagi axborotlarni turkumlash. Kataloglar. Hujjatlar 
haqidagi axborotlarni turkumlash (klassifikatsiyalash) bu hujjatlar mazmuni, 
ob‟ektlari, predmetlari orasidagi mantiqiy bog„liqlikni aniqlash, hujjatlardagi 
axborotlarni tartibga solish va tezda topish usulidir. 
Hujjatlar haqidagi axborotlarni turkumlash kataloglar tuzishga, ma‟lumotning 
mexanizatsiyalashgan va avtomatlashgan qidiruv usulini tashkil qilishga 
qaratilgan. 
Arxiv hujjatlarining sharhlari. Arxiv sharhlari bu ayrim hujjatlar majmuasi 
tarkibi va mazmuni to„g„risidagi tartibli axborotlarni o„z ichiga olgan 
ma‟lumotnomalardir. Sharhlar arxiv hujjatlaridan foydalanishni kengaytirish 
maqsadida bu hujjatlar haqida manfaatdor tashkilotlarni, ilmiy jamoatchilikni 
xabardor qilish maqsadida tuziladi. 
Sharhlar odatda ikki xil bo„ladi: arxiv fondlari va mavzular bo„yicha sharhlar. 
Fondlar sharhlari - bu sharh bitta fondning hujjatlari tarkibi va mazmuni, 
ulardagi muhim mavzu, masalalar to„g„risida ketma-ket va atroflicha axborot 
bergan arxiv ma‟lumotnomasidir. 
Mavzu bo„yicha sharhlar - bitta mavzuga oid bir necha fondlarda 
saqlanayotgan hujjatlar tarkibi va mazmuni to„g„risida axborot beruvchi arxiv 
ma‟lumotnomalaridandir. 
Sharhlar muhim ilmiy, amaliy ahamiyatga ega bo„lgan, dolzarbligi bilan 
boshqalardan ajralib turadigan arxiv hujjatlariga tuziladi. U yoki bu arxiv fondiga 
sharh tuzishda fondni tashkil qilgan idoraning, tashkilotning ahamiyati, davlat 
idoralari tizimida tutgan mavqei, uning hujjatlarini dolzarbligi hisobga olinadi. 
Sharhlarni yirik va hujjatlari kam o„rganilgan fondlar bo„yicha tuzish maqsadga 
muvofiqdir. 
Bitta mavzuga oid bitta arxivda saqlanayotgan bir necha fondlargagina emas, 
respublikaning barcha davlat arxivlarida saqlanayotgan hujjatlarga sharh tuzilsa, 
ayni muddao bo„ladi. 
Sharhlarni tuzish ham har xil bo„ladi. Sharhlar fondni tashkil qilgan tashkilot 
tuzilishi, bo„limlar, tarmoqlar, mavzu bo„yicha va boshqa turkum tarxlar bo„yicha 
bo„lishi mumkin. Masalan, tarmoqlar bo„yicha guruhlash tarxi sharh uchun 
tanlangan bo„lsa, u quyidagicha bo„ladi:
1) sanoat;
2) qishloq xo„jaligi;
3) madaniyat;


4) san‟at;
5) sog„liqni saqlash;
6) savdo;
7) shahar yoki tuman xo„jaligi va hokazo.
Har bir bo„lim ichida sharh materiallari masalalar bo„yicha joylashtiriladi. 
Sharhlarda hujjatlarni bayon qilish usuli katalog, ro„yxat va boshqa 
ma‟lumotnomalarnikiga o„xshash bo„ladi. Hujjatlarning bayoni dastlab varaqalarga 
yozilib, fond yoki bir necha fondlar o„rganilib bo„lingandan keyin varaqalar sharh 
tarxi bo„yicha guruhlashtiriladi, tahrir qilinib sharh matni yoziladi. 
Hujjatlar haqidagi ma‟lumotlar yozilayotganda quyidagi qoidalarga rioya 
qilish zarur: hujjatlarning turlari ko„rsatilishi, ularning mazmuni ochib berilishi
yillari, asl nusxa yoki ko„chirma ekanligi ko„rsatilishi kerak. Muhim masalalar, 
voqealar, hodisalar bayon qilingan shu dalillarga doir hujjatlar yig„majildlar soni 
ko„rsatib o„tilsa o„rinli bo„ladi. Shuningdek, u yoki bu masala bo„yicha hujjatlar 
to„la yoki kam saqlanganligini ham aytib o„tish mumkin. 
Sharh tuzishdagi yana bir muhim qoida shuki, bayon etilayotgan hujjatlarning 
manzili, arxiv shifri ko„rsatib boriladi. Fond sharhi bo„lsa, sharh matnida ro„yxat 
va yig„majild tartib raqami qavs ichida yozib qo„yiladi. Mavzu bo„yicha sharhda 
bir nechta fondlardagi hujjatlar bayon etilayotgan bo„lsa, fond, ro„yxat, yig„majild, 
tartib raqamlari ko„rsatiladi. Hujjatlar shifrlari aniq, xatosiz bo„lishi kerak. Bu 
ma‟lumotlar bo„lmasa, sharh qadrsizlanadi, tadqiqotchi sharhda bayon etilgan 
hujjatlarni topa olmaydi. Hujjatlar shifrlari aniq, xatosiz bo„lishi kerak. 

Download 339.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling