Reja: Birinchi guruh kationlarining sifat reaksiyalari


Download 484.22 Kb.
bet1/3
Sana09.03.2023
Hajmi484.22 Kb.
#1255092
  1   2   3
Bog'liq
Kation va anionlarni aniqlash usullari


Kation va anionlarni aniqlash usullari
Reja:

1. Birinchi guruh kationlarining sifat reaksiyalari
2. Kationlarning II – analitik guruhiga umumiy tavsifnoma
3. Kationlarning III – analitik guruhiga umumiy tavsifnoma
4. Kationlarning IV – analitik guruhiga umumiy tavsifnoma

5. Kationlarning V – analitik guruhiga umumiy tavsifnoma
6. I – III guruh anionlarining sifat reaksiyalari
7. Tarkibi noma'lum moddani tahlili


1Birinchi guruh kationlarining sifat reaksiyalari

Birinchi analitik guruh kationlariga NH4+, Na+, K+, Li+, Rb+, Cs+, Fr+,
Mg2+ ionlari kiradi. Bu ionlarning umumiy guruh reagenti yo`q. NH4+,
K+, Rb+, Cs+, Fr+-lar uchun mos bo`lgan ko`pgina reagentlar bilan Na+, Li+, Mg2+ ionlari reaksiyalarga kirishmaydi. Shuning uchun birinchi analitik guruh kationlari ikkita guruhchaga bo`linadi, ya’ni Na3[Co(NO2)6], NaHC4H4O6 va H2[PtCl6] kabi reaktivlar bilan cho`kma beruvchi NH4+, K+, Rb+, Cs+ ionlar (1) va umumiy reagenti bo`lmagan Na+, Li+, Mg2+ ionlari (2) kiradi.
Birinchi analitik guruh kationlarining ko`pgina birikmalari suvda yaxshi eriydi va rangsiz eritmalar hosil qiladi. Rangli eritmadagi birikmalariga xromatni (sariq), bixromatni (sarg`ish qizil), manganatni (yashil), permanaganatni (binafsha rang), ferrosianatlarni ( sariq va qizil) va geksakobaltlarni (sariq) kiritish mumkin.
Birinchi guruh kationlarining NH4+dan boshqa barchasi oksidlovchilar va qaytaruvchilar ta’siriga chidamli, NH4+ esa oksidlanish xossasiga ega. Ushbu kitobda birinchi analitik guruh kationlariga xos reaksiyalar laboratoriyada bajarilishi mumkin bo’lgan ionlargagina berilgan(1-jadval)
Birinchi analitik guruh kationlariga xos xususiy reaksiyalar

Ion

Reagent

Reaksiyaning molekular va ionli tenglamasi

Ilova

Na+

KH2SbO4

NаС1+КН2SbО4= NаН2SbО4+КС1

+2SbО4- = NаН2SbО4

oq kristall
cho’kma NaOH
qo’shilgan da
cho’kma
eriydi

Na+

UO2(CH3COO)2

NаС1+СН3СООН+UО2(СН3СОО)2= NаСН3СООUО2(СН3СОО)2+НС1

sariq tusli tetraedr
qirrali
cho’kma hosil bo’ladi.




K+

NaHC4H4O6 yoki vino
kislotasi [H2C4H4O6 +
CH3COONa]

K+ ionlarining analitik reaksiyalari
KCl+NaHC4H4O6=↓KHC4H4O6+NaCl
K+ + Cl- + Na+ + HC4H4O6- = ↓ KHC4H4O6 + Na+ + Cl-
K+ + HC4H4O6- = ↓ KHC4H4O6

pH=7, past haroratda
probirka
devori shisha tayoqcha bilan
ishqalangand a oq kristall cho’kma
hosil bo’ladi

K+

Na3[Co(NO2)6]

2KCl + Na3[Co(NO2)6]=
↓K2Na[Co(NO2)6]+2NaCl
2K+ +2Cl- +2Na+ + Na+[Co(NO2)6]-3 =
↓K2Na[Co(NO2)6] + 2Na+ + 2Cl- 2K+ +Na+[Co(NO2)6]-3 = ↓ K2Na[Co(NO2)6]

pH=7, sariq
cho’kma, kuchli
kislotalarda eriydi

K+


Alangani bo’yashi

Och binafsha

Li+

Na2HPO4

Li ionlarining analitik reaksiyalari
3LiCl+Na2HPO4=Li3PO4↓+2NaCl+HCl
3Li+ +3Cl- +2Na+ +HPO42- =Li3PO4↓ +
2Na+ + 2Cl- + H+ + Cl- 3Li+ + HPO42- = Li3PO4↓ + H-

pH ≥ 7, och
sariq cho’kma, kuchli kislotalarda eriydi

Li+

Na2CO3

2LiNO3 + Na2CO3 = Li2CO3↓ + 2NaNO3
2Li+ + 2NO3+2Na++CO32- = Li2CO3 + 2Na++ 2NO3-
2Li+ + CO32- = Li2CO3

pH ≥ 7, oq
kristall
cho’kma, kislotada eriydi

NH4+

Nessler reaktivi

NH4+ ionlarining analitik reaksiyalari
Hg
NH4Cl+2K2[HgI4]+4KOH=↓ O{ }NH2 I+
Hg
+7KI+KCl+3H2O
Hg
NH4++2[HgI4]2- + 4OH- =↓O{ }NH2I+
Hg
+7I-+3H2O

Sariq-
qo’ng’ir
cho’kma, Nessler reaktivi
ortiqcha olinadi, chunki
cho’kma
ammoniy tuzlarida eriydi

NH4+

KOH

NH4Cl+ KOH=KCl+ NH4OH
NH4++ Cl- + K+ + OH- = K+ + Cl- + NH4OH to
NH4OH = NH3↑ + H2O

T0C va pH>7 da ajralib
chiqqan NH3
ning hididan,
namlangan indikator
rangining
o’zgarishi dan bilish mumkin

Mg2+

Na2HPO4

Mg2+ ionlarining analitik reaksiyalari MgCl2+ Na2HPO4+
NH4OH=↓MgNH4PO4+2NaCl+H2O
Mg2+ + 2Cl- + 2Na+ + HPO42- + NH4OH = =↓MgNH4PO4 + 2Na+ + 2Cl- + H2O
Mg2+ + HPO42- + NH4 +=↓MgNH4PO4

Oq cho’kma, mineral
kislotalarda eriydi

Mg2+

NaOH (KOH)

MgCl2+2NaOH=↓Mg(OH)2+2NaCl
Mg2+ + 2Cl- + 2Na+ +2 OH- = ↓Mg(OH)2 +
2Na+ + 2Cl-
Mg2+ + 2OH- = ↓Mg(OH)2

Oq amorf cho’kma, mineral
kislotalarda
va ammoniy tuzlarida eriydi

Mg2+

Na2CO3 yoki K2CO3

2MgC12+2Na2CO3+ H2O=
(MgOH)2CO3+CO2+4NaCl
2Mg2++2CO32-+ H2O=
(MgOH)2CO3+CO2

Kislotalarda va ammoniy tuzlarida
eriydigan oq cho’kma hosil bo’ladi.

2. Kationlarning II – analitik guruhiga umumiy tavsifnoma

Ikkinchi guruh kationlariga Ba2+, Ca2+ va Sr2+ ionlari kiradi. Bu kationlarning karbonatlari suvda erimaydi, kislotalarda yaxshi eriydi. Ana shuning uchun (NH4)2CO3 guruh reagenti hisoblanadi. BaS, CaS va SrS sulfidlar suvda yaxshi eriydi, shu xossasiga asoslanib II — guruh kationlari sulfidlarini, suvda erimaydigan III —V guruq kationlaridan ajratish mumkin. Ba2+, Ca2+ va Sr2+ ionlari rangsiz kationlardir. Kislotali tuproqda Сa2+ ionlari Н+ ionlariga, sho’rxok tuproqlarda esa Na+ kationlariga almashgan bo’ladi. Kislotali tuproqlarga CaCO3, sho’rxok tuproqlarga esa CaSO4•H2O gips qo’shiladi. Tarkibida kalsiy va fosfor bo’lgan birikmalar qishloq xo’jaligida o’g’it sifatida ishlatiladi.
Ca3(PO4)2+2CaSO4 — fosfat tolqoni.
Ca(H2PO4)2 +2CaSO4 — oddiy superfosfat.
Ca(H2PO4)2 — qo’sh superfosfat.
CaHPO4•2H 2O —pretsipitat.
CaСN2 — defoliant.
Ca(NO3)2 — kalsiyli selitra.
BaC12 va BaCO3 zaharli ximikatlar sifatida ishlatiladi.
Guruh reagentini ta’siri. Ba2+, Ca2+ va Sr2+ kationlari guruh reagenti (NH4)2CO3 ta'siridan suvda erimaydigan, lekin kislotalarda eriydigan karbonatlar holida cho’kadi. СаC12+(NH4)2СОз= CaCO3+2NH4Cl

2+ 2- = СаСО3
Са +СО3
2++СО32- = BаСО3
Sr2++СО32- = SrСО3
Guruh reagenti bilan II—guruh kationlarini cho’ktirishda quyidagilarga e'tibor berish kerak.

  1. Guruh reagenti suv ta'siridan gidrolizlanadi bu jarayonni to’xtatish uchun Le —Shatele qoidasiga muvofiq eritmaga NH4OH qo’shish kerak.

(NH4)2CO3+HOH = NH4HCO3+NH4OH
NH4OH qo’shilganda muvozanat o’ngdan chapga siljiydi.

  1. Ammoniy karbonat qisman ammoniy karbaminatga aylanishi mumkin, uni yo’qotish uchun reaksiyani 70 — 80°C olib borish kerak.

(NH4)2CO3 =NH2COONH4+H2O

  1. Ammoniy gidroksid qo’shilganda, erkin kislotalar neytrallanadi, natijada muhit ishqoriy bo’lib Mg2+ asosli tuz hosil qilib cho’kmaga tushadi. Eritmaga NH4C1 eritmasidan qo’shilsa muvozanat chapga siljiydi.

2MgCl2+2(NH4)2CO3+H2O = [Mg(OH)]2CO3+2NH4Cl+CO2
Demak II — guruh kationlarini (NH4)2CO3 ta'sirida NH4OH+NH4Cl- li bufer eritma ta'sirida (pH=9,2) va eritmani 70—80°C gacha suv xammomida qizdirish yo’li bilan cho’ktirish lozim.
Ikkinchi analitik guruh kationlariga xos xususiy reaksiyalar

Ion

Reagent

Reaksiyalarning molekulyar va ionli tenglamasi

Ilova

Ba2+

K2Cr2O7
CH3COONa

2BaCl2+K2CrO4+H2O=↓BaCrO4+2KCl+2HCl
2Ba2++4Cl-+2K++Cr2O72-+H2O=
↓BaCrO4+2K++2Cl-+2H++2Cl- 2Ba2++Cr2O72-+H2O=↓BaCrO4+2H+

pH=5, sariq cho’kma, kuchli kislotalarda eriydi

Ba2+

24

ВаС12+Nа24= ВаSО4+2NаС1

Ва2++SО42-= ВаSО4

oq cho’kma hosil bo’ladi

Ba2+

Na2HPO4

ВаC12+Na2HPO4 = ВаHPO4+2NaC1 Ва2++HPO42- = ВаHPO4

HNO3 da
eriydigan oq
cho’kma
hosil bo’ladi.

Ba2+


Alangani bo’yashi

Sarg’ish yashil rang

Ca2+

(NH4)2C2O4

CaCl2+(NH4)2C2O4 =↓CaC2O4+2NH4Cl
Ca2++2Cl-+2NH4++C2O42-=↓CaC2O4+2NH4++2Cl-
Ca2++C2O42-=↓CaC2O4

Oq cho’kma, mineral kislotalarda eriydi

Ca2+

K4[Fe(CN)6] (NH4OH+ NH4Cl)

CaCl2+K4[Fe(CN)6]+2NH4Cl=
↓Ca(NH4)2[Fe(CN)6]+4KCl
Ca2++2Cl-+4K++[Fe(CN)6]4+2NH4++2Cl-
=↓Ca(NH4)2[Fe(CN)6] +K++Cl- Ca2++[Fe(CN)6]4+2NH4++=↓Ca(NH4)2[Fe(CN)6]

Oq kristall cho’kma
sirka kislotada erimaydi

Ca2+

Н24

СаС1224= СаSО4+2НС1

Са2++SО42-= СаSО4

oq cho’kma hosil bo’ladi.

Ca2+


Alangani b o’yashi

Qizg’ish rangli

Sr2+

CaSO4
(gipsli suv)

SrCl2+CaSO4=↓SrSO4+CaCl2
Sr2++2Cl-+Ca2++SO4=↓SrSO4+Ca2++2Cl-
Sr2++SO4=↓SrSO4
Sr2+kationi xuddi Ba2+ kationi singari, SO42- ioni bilan, С2O42- ioni bilan va HPO42- ioni bilan oq cho’kma SrSO4, SrС2O4 va SrHPO4 larni hosil qiladi.

SrSO4 ning Ek ni kichik bo’lganligi uchun gipsli
suvda Sr2+ cho’kmaga tushadi.

So’rovlar uchun savollar

  1. Sifat va miqdor tahlilining vazifalari nimalardan iborat?

  2. Analitik kimyo fanini qishloq xo’jaligidagi ahamiyati nimalardan iborat.

  3. Sifat tahlili usullarini tavsiflab bering?

  4. Analitik reaksiyalarni o’tkazish usullarini tavsiflab bering?

  5. Kationlarni guruhlarga bo’linishi nimalarga asoslangan?

  6. Sulfidli sinflarga bo’linilishi mohiyati nimadan iborat?

  7. Birincha guruh kationlarining qishloq xo’jaligida ishlatilishi nimaga asoslangan?

  8. Ammoniy kationi qaysi reaktiv ta'siridan qizil—qo’ng’ir cho’kmani hosil qiladi?

  9. Kaliy kationi natriy gidrotartorat ta'sirida qanday cho’kma hosil qiladi?

  10. (NH4)2CO3 va (NH4)3PO4 tuzlari parchalanganda qanday moddalar hosil bo’ladi?

  11. Nessler reaktivini kimyoviy formulasini yozing?

  12. Qaysi reaktiv yordamida Mg2+ ikkinchi guruh kationlaridan ajratiladi?

  13. Qachon cho’kma hosil bo’lishi mumkin bo’ladi?

  14. Qaysi vaqtgacha cho’kish jarayoni davom etadi?

  15. Qanday sharoitlarda qiyin eruvchi elektrolitning eruvchanligi pasayadi?

  16. AgBr, RbJ2 ning eruvchanligini kamaytirish uchun qanday eritma qo’shish kerak?

  17. Bariy kationi uchun mos reaktivda qanday cho’kma hosil bo’ladi?

  18. Kalsiy kationini sulfat ioni bilan cho’ktirishda, qaysi ionni konsentratsiyasi yuqoriroq bo’lishi kerak?

  19. Kalsiy ionlarini ochish uchun qaysi reaktiv yaxshi?

  20. Magniy ionlarini ochish uchun mos reaktivni ayting?

  21. Ba2+ ionlarini Mg2+ ionlaridan qanday ajratish mumkin?

  22. Ikkinchi guruh kationlarining qaysi birikmalari qishloq xo’jaligida ishlatiladi?

  23. Nima uchun bariy kationini kaliy bixromat bilan cho’ktirishda CH3COONa qo’shiladi?

  24. Nima sababdan Ag2SrO4 cho’kmaga KC1 qo’shilsa cho’kma AgC1 ga aylanadi?

3. Kationlarning III – analitik guruhiga umumiy tavsifnoma

III analitik guruh kationlariga A13+, Сr3+, Fe2+, Fe3+, Mn2+, Zn2+, Ni2+ va Co2+ kationlari kiradi. Ularning ko’pchiligi rangli kationlardir. III guruh kationlarining sulfidlari suvda erimaydi, lekin mineral kislotalarda eriydi. (NH4)2S III guruh kationlari uchun guruh reagenti hisoblanadi. A13+ va Cr3+ ionlarning sulfidlari gidrolizlanib A1(OH)3 va Сr (OH)3 holida cho’kma, qolgan kationlar esa (NH4)2S ta'siridan sulfidlar holida cho’kadi.
III guruh kationlarining ikki guruhchaga ajratilishining asosiy sababi shundaki kationlardan A13+, Сr 3+, Fe3+ NH4Cl-li muhitda NH4OH ta'sirlanib A1(OH)3, Сr(OH)3, Fe(OH)3 oq iviqlar ko’rinishda cho’kmaga tushadi.
Ikkinchi guruhchaga Fe2+, Mn2+, Zn2+, Co2+, Ni2+ kationlari kiradi. Ular kuchsiz ishqoriy muhitda (NH4)2S ta'siridan sulfidlar xolida cho’kmaga tushadi.
Uchinchi guruh kationlari uchun muhim bir xossa — oksidlanish darajalarining o’zgarishi. Ularning bu xossalaridan foydalanib ham ayrim kationlarni ochish mumkin. Masalan:
2MnSO4+ 5NaBiO3+ 16HNO3 =
2HMnO4+5NaNO3+5Bi(NO3)3+2Na2SO4+7H2O
Mn+2 ———> Mn+7 |5 | 2 oksidlanish
Bi+5+2e—> Bi+3 | 2 | 5 qaytarilish
2Mn2+ + 5NaBiO3 + 14H+ = 2MnO4-+5Bi3+ + 5Na+ + 7H2O
Kompleks birikmalarning hosil bo’lish reaksiyalaridan, uchinchi guruh kationlari uchun sezgir va xususiy reaksiyalar sifatida foydalanish mumkin. Masalan: Fe2+ ionini turnbul ko’ki Fe3[Fe(CN)6]2, Fe3+ ionini berlin lazuri Fe4[Fe(CN)6]3 kompleks tuzlari ko’rinishida aniqlanadi.
Muhiti pH= 5 - 5,5 dan kichik bo’lgan bo’z tuproqlarda ko’p miqdorda A13+ kationi bo’ladi. Ko’pgina madaniy o’simliklar ana shunday tuproqlarda sust o’sadi, chunki alyuminiy tuzlarining gidrolizlanishi sababli, tuproq eritmasida H+ ionlar ortib ketadi. Temir ionlari o’simlik to’qimalarida mavjuddir. Agar tuproqda temir ionlari kam bo’lsa xloroz kasalligi vujudga keladi, ya'niy o’simliklardagi xlorofill zarrachalari kam bo’lib, barglarning yashil rangi yo’qoladi.
Marganets, rux, nikel, kobalt va xrom mikroelementlar jumlasiga kirib, o’simliklar normal o’sishiga, meva berishiga, hosildorlikka katta ta'sir ko’rsatadi.

Download 484.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling