Reja: Birinchi guruh kationlarining sifat reaksiyalari
Download 484.22 Kb.
|
Kation va anionlarni aniqlash usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6. I – III guruh anionlarining sifat reaksiyalari
- Birinchi analitik guruh kationlariga xos xususiy reaksiyalar
- 2. Kationlarning II – analitik guruhiga umumiy tavsifnoma
- Ikkinchi analitik guruh kationlariga xos xususiy reaksiyalar
- 3. Kationlarning III – analitik guruhiga umumiy tavsifnoma
Kation va anionlarni aniqlash usullari Reja: 1. Birinchi guruh kationlarining sifat reaksiyalari2. Kationlarning II – analitik guruhiga umumiy tavsifnoma3. Kationlarning III – analitik guruhiga umumiy tavsifnoma4. Kationlarning IV – analitik guruhiga umumiy tavsifnoma5. Kationlarning V – analitik guruhiga umumiy tavsifnoma 6. I – III guruh anionlarining sifat reaksiyalari7. Tarkibi noma'lum moddani tahlili1Birinchi guruh kationlarining sifat reaksiyalariBirinchi analitik guruh kationlariga NH4+, Na+, K+, Li+, Rb+, Cs+, Fr+, Mg2+ ionlari kiradi. Bu ionlarning umumiy guruh reagenti yo`q. NH4+, K+, Rb+, Cs+, Fr+-lar uchun mos bo`lgan ko`pgina reagentlar bilan Na+, Li+, Mg2+ ionlari reaksiyalarga kirishmaydi. Shuning uchun birinchi analitik guruh kationlari ikkita guruhchaga bo`linadi, ya’ni Na3[Co(NO2)6], NaHC4H4O6 va H2[PtCl6] kabi reaktivlar bilan cho`kma beruvchi NH4+, K+, Rb+, Cs+ ionlar (1) va umumiy reagenti bo`lmagan Na+, Li+, Mg2+ ionlari (2) kiradi. Birinchi analitik guruh kationlarining ko`pgina birikmalari suvda yaxshi eriydi va rangsiz eritmalar hosil qiladi. Rangli eritmadagi birikmalariga xromatni (sariq), bixromatni (sarg`ish qizil), manganatni (yashil), permanaganatni (binafsha rang), ferrosianatlarni ( sariq va qizil) va geksakobaltlarni (sariq) kiritish mumkin. Birinchi guruh kationlarining NH4+dan boshqa barchasi oksidlovchilar va qaytaruvchilar ta’siriga chidamli, NH4+ esa oksidlanish xossasiga ega. Ushbu kitobda birinchi analitik guruh kationlariga xos reaksiyalar laboratoriyada bajarilishi mumkin bo’lgan ionlargagina berilgan(1-jadval) Birinchi analitik guruh kationlariga xos xususiy reaksiyalar
2. Kationlarning II – analitik guruhiga umumiy tavsifnomaIkkinchi guruh kationlariga Ba2+, Ca2+ va Sr2+ ionlari kiradi. Bu kationlarning karbonatlari suvda erimaydi, kislotalarda yaxshi eriydi. Ana shuning uchun (NH4)2CO3 guruh reagenti hisoblanadi. BaS, CaS va SrS sulfidlar suvda yaxshi eriydi, shu xossasiga asoslanib II — guruh kationlari sulfidlarini, suvda erimaydigan III —V guruq kationlaridan ajratish mumkin. Ba2+, Ca2+ va Sr2+ ionlari rangsiz kationlardir. Kislotali tuproqda Сa2+ ionlari Н+ ionlariga, sho’rxok tuproqlarda esa Na+ kationlariga almashgan bo’ladi. Kislotali tuproqlarga CaCO3, sho’rxok tuproqlarga esa CaSO4•H2O gips qo’shiladi. Tarkibida kalsiy va fosfor bo’lgan birikmalar qishloq xo’jaligida o’g’it sifatida ishlatiladi. Ca3(PO4)2+2CaSO4 — fosfat tolqoni. Ca(H2PO4)2 +2CaSO4 — oddiy superfosfat. Ca(H2PO4)2 — qo’sh superfosfat. CaHPO4•2H 2O —pretsipitat. CaСN2 — defoliant. Ca(NO3)2 — kalsiyli selitra. BaC12 va BaCO3 zaharli ximikatlar sifatida ishlatiladi. Guruh reagentini ta’siri. Ba2+, Ca2+ va Sr2+ kationlari guruh reagenti (NH4)2CO3 ta'siridan suvda erimaydigan, lekin kislotalarda eriydigan karbonatlar holida cho’kadi. СаC12+(NH4)2СОз= CaCO3+2NH4Cl 2+ 2- = СаСО3 Са +СО3 Bа2++СО32- = BаСО3 Sr2++СО32- = SrСО3 Guruh reagenti bilan II—guruh kationlarini cho’ktirishda quyidagilarga e'tibor berish kerak. Guruh reagenti suv ta'siridan gidrolizlanadi bu jarayonni to’xtatish uchun Le —Shatele qoidasiga muvofiq eritmaga NH4OH qo’shish kerak. (NH4)2CO3+HOH = NH4HCO3+NH4OH NH4OH qo’shilganda muvozanat o’ngdan chapga siljiydi. Ammoniy karbonat qisman ammoniy karbaminatga aylanishi mumkin, uni yo’qotish uchun reaksiyani 70 — 80°C olib borish kerak. (NH4)2CO3 =NH2COONH4+H2O Ammoniy gidroksid qo’shilganda, erkin kislotalar neytrallanadi, natijada muhit ishqoriy bo’lib Mg2+ asosli tuz hosil qilib cho’kmaga tushadi. Eritmaga NH4C1 eritmasidan qo’shilsa muvozanat chapga siljiydi. 2MgCl2+2(NH4)2CO3+H2O = [Mg(OH)]2CO3+2NH4Cl+CO2 Demak II — guruh kationlarini (NH4)2CO3 ta'sirida NH4OH+NH4Cl- li bufer eritma ta'sirida (pH=9,2) va eritmani 70—80°C gacha suv xammomida qizdirish yo’li bilan cho’ktirish lozim. Ikkinchi analitik guruh kationlariga xos xususiy reaksiyalar
So’rovlar uchun savollar Sifat va miqdor tahlilining vazifalari nimalardan iborat? Analitik kimyo fanini qishloq xo’jaligidagi ahamiyati nimalardan iborat. Sifat tahlili usullarini tavsiflab bering? Analitik reaksiyalarni o’tkazish usullarini tavsiflab bering? Kationlarni guruhlarga bo’linishi nimalarga asoslangan? Sulfidli sinflarga bo’linilishi mohiyati nimadan iborat? Birincha guruh kationlarining qishloq xo’jaligida ishlatilishi nimaga asoslangan? Ammoniy kationi qaysi reaktiv ta'siridan qizil—qo’ng’ir cho’kmani hosil qiladi? Kaliy kationi natriy gidrotartorat ta'sirida qanday cho’kma hosil qiladi? (NH4)2CO3 va (NH4)3PO4 tuzlari parchalanganda qanday moddalar hosil bo’ladi? Nessler reaktivini kimyoviy formulasini yozing? Qaysi reaktiv yordamida Mg2+ ikkinchi guruh kationlaridan ajratiladi? Qachon cho’kma hosil bo’lishi mumkin bo’ladi? Qaysi vaqtgacha cho’kish jarayoni davom etadi? Qanday sharoitlarda qiyin eruvchi elektrolitning eruvchanligi pasayadi? AgBr, RbJ2 ning eruvchanligini kamaytirish uchun qanday eritma qo’shish kerak? Bariy kationi uchun mos reaktivda qanday cho’kma hosil bo’ladi? Kalsiy kationini sulfat ioni bilan cho’ktirishda, qaysi ionni konsentratsiyasi yuqoriroq bo’lishi kerak? Kalsiy ionlarini ochish uchun qaysi reaktiv yaxshi? Magniy ionlarini ochish uchun mos reaktivni ayting? Ba2+ ionlarini Mg2+ ionlaridan qanday ajratish mumkin? Ikkinchi guruh kationlarining qaysi birikmalari qishloq xo’jaligida ishlatiladi? Nima uchun bariy kationini kaliy bixromat bilan cho’ktirishda CH3COONa qo’shiladi? Nima sababdan Ag2SrO4 cho’kmaga KC1 qo’shilsa cho’kma AgC1 ga aylanadi? 3. Kationlarning III – analitik guruhiga umumiy tavsifnomaIII analitik guruh kationlariga A13+, Сr3+, Fe2+, Fe3+, Mn2+, Zn2+, Ni2+ va Co2+ kationlari kiradi. Ularning ko’pchiligi rangli kationlardir. III guruh kationlarining sulfidlari suvda erimaydi, lekin mineral kislotalarda eriydi. (NH4)2S III guruh kationlari uchun guruh reagenti hisoblanadi. A13+ va Cr3+ ionlarning sulfidlari gidrolizlanib A1(OH)3 va Сr (OH)3 holida cho’kma, qolgan kationlar esa (NH4)2S ta'siridan sulfidlar holida cho’kadi. III guruh kationlarining ikki guruhchaga ajratilishining asosiy sababi shundaki kationlardan A13+, Сr 3+, Fe3+ NH4Cl-li muhitda NH4OH ta'sirlanib A1(OH)3, Сr(OH)3, Fe(OH)3 oq iviqlar ko’rinishda cho’kmaga tushadi. Ikkinchi guruhchaga Fe2+, Mn2+, Zn2+, Co2+, Ni2+ kationlari kiradi. Ular kuchsiz ishqoriy muhitda (NH4)2S ta'siridan sulfidlar xolida cho’kmaga tushadi. Uchinchi guruh kationlari uchun muhim bir xossa — oksidlanish darajalarining o’zgarishi. Ularning bu xossalaridan foydalanib ham ayrim kationlarni ochish mumkin. Masalan: 2MnSO4+ 5NaBiO3+ 16HNO3 = 2HMnO4+5NaNO3+5Bi(NO3)3+2Na2SO4+7H2O Mn+2 ———> Mn+7 |5 | 2 oksidlanish Bi+5—+2e—> Bi+3 | 2 | 5 qaytarilish 2Mn2+ + 5NaBiO3 + 14H+ = 2MnO4-+5Bi3+ + 5Na+ + 7H2O Kompleks birikmalarning hosil bo’lish reaksiyalaridan, uchinchi guruh kationlari uchun sezgir va xususiy reaksiyalar sifatida foydalanish mumkin. Masalan: Fe2+ ionini turnbul ko’ki Fe3[Fe(CN)6]2, Fe3+ ionini berlin lazuri Fe4[Fe(CN)6]3 kompleks tuzlari ko’rinishida aniqlanadi. Muhiti pH= 5 - 5,5 dan kichik bo’lgan bo’z tuproqlarda ko’p miqdorda A13+ kationi bo’ladi. Ko’pgina madaniy o’simliklar ana shunday tuproqlarda sust o’sadi, chunki alyuminiy tuzlarining gidrolizlanishi sababli, tuproq eritmasida H+ ionlar ortib ketadi. Temir ionlari o’simlik to’qimalarida mavjuddir. Agar tuproqda temir ionlari kam bo’lsa xloroz kasalligi vujudga keladi, ya'niy o’simliklardagi xlorofill zarrachalari kam bo’lib, barglarning yashil rangi yo’qoladi. Marganets, rux, nikel, kobalt va xrom mikroelementlar jumlasiga kirib, o’simliklar normal o’sishiga, meva berishiga, hosildorlikka katta ta'sir ko’rsatadi. Download 484.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling