Reja: Birinchi guruh kationlarining sifat reaksiyalari
Download 484.22 Kb.
|
Kation va anionlarni aniqlash usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchi analitik guruh kationlariga xos xususiy reaksiyalar
- 4. Kationlarning IV – analitik guruhiga umumiy tavsifnoma
Guruh reagentining ta’siri. III —guruh kationlari uchun (NH4)2S guruh reagent hisoblanadi. Reagent yordamida cho’ktirishda quyidagilarga rioya qilish zarur, chunki Fe3+, Fe2+, Zn2+, Mn2+, Сo2+, Ni2+ kationlari sulfidlar holida, A13+, Cr3+ kationlari esa gidroksidlar xolida cho’kmaga tushadi. Masalan:
2FеС13+3(NH4)2S= Fe2S3+6NH4Cl 2Fе3++3(NН4)2S= Fe2S3+6NH4+ ZnС12+ (NH4)2S= ZnS+2NH4Cl Zn2++(NН4)2S = ZnS+2NH4+ NiS va CoS dan boshqa xamma sulfidlar kislotalarda eriydi FеS+2НС1=FеС12+Н2S МnS+2НС1=МnС12+Н2S А1(ОН)з, Сг(ОН)з gidroksidlarining hosil bo’lishi quyidagi tenglama bilan ifodalanadi 2А1С13+3(NН4)2S+6Н2О=2А1(ОН)3+6NН4С1+Н2S Aslida esa 2А1Сl3+3(NН4)2S=А12S3+6NН4С1 А12S3+6Н2О=2А1(ОН)3+3Н2S Hulosa qilib aytganda III guruh kationlari (NH4OH+NH4Cl) ammoniyli bufer eritma muhitida (pH=9) ammoniy sulfid bilan cho’ktiriladi. Uchinchi analitik guruh kationlariga xos xususiy reaksiyalar
So’rovlar uchun savollar Qanday tuzlar gidrolizga uchraydi? Tuzlarning gidrolizida eritmaning pH nima hisobiga o’zgaradi? Quyidagi tuzlardan qaysi birlari KC1, FeC13, Mn(NO3)2, CaC12, NaNO3, CH3COONa gidrolizga uchraydi? Tuzning gidroliz darajasi nimani ko’rsatadi? Gidroliz darajasi qanday faktorlarga bog’liq? A1(NO3)3 va Ca(CN)2 gidrolizining molekulyar va ionli tenglamalarini yozing? Amfoter gidroksidlarga misollar keltiring? Zn(OH)2 va Rb(OH)2 ni amfoterlik hossalarini ifodalovchi reaksiya tenglamalarini yozing? Fe2+ va Fe3+ ionining borligini qaysi reaktivlar bilan ochish mumkin? 10. Qanday reagentlar ta'sirida Mn2+ ionlari MnO4- ionlariga oksidlanishi mumkin? Alyuminiy tuzlarini (NH4)2S bilan o’zaro ta'siri reaksiyasini yozing? Alyuminat eritmasidan Al(OH)3 ni qanday usul bilan ajratish mumkin? Sariq qon tuzi va qizil qon tuzi deb ataluvchi birikmalarning formulasini yozing? 14.Uchinchi guruh kationlaridan qaysi kationlarining birikmalari qishloq
ho’jaligida ishlatiladi?
4. Kationlarning IV – analitik guruhiga umumiy tavsifnomaIV guruhga Cu2+, Cd2+, Hg2+, Bi3+, Pb2+, [Hg2]2+, Ag+ kationlari kiradi. Vodorod sulfid - H2S kislotali muhitda IV guruh kationlari uchun guruh reagenti sifatida qo’llanilishi mumkin. Hosil bo’lgan sulfidlar, elementlarning davriy tizimdagi joylashgan o’rniga qaramay, turli xossaga ega bo’ladi. Shuning uchun ular ikki guruhga ajratiladi: 1-mis guruhchasi: Cu2+, Cd2+, Hg2+, Bi3+ va boshqalar (bu guruhda kationlarning sulfidlari tarkibdagi elementlarning asosli xossalari ancha yuqori bo’lgani uchun ishqorlarda erimaydi). 2-mishyak guruhchasi: Sb3+, Sb5+, Sn2+, Sn4+, As3+, As5+ bu guruh ionlarining sulfidlari ishqorlarda eriydi. Sn2+ kationining Sn4+ ga nisbatan asosli xususiyati ancha yuqori bo’lgani sababli boshqalardan ajralib turadi. Uning sulfidlari ishqorlar Na2S va (NH4)2S da erimaydi. SnS faqat ammoniy polisulfidda eriydi, chunki bunda Sn2+ ioni Sn4+ gacha oksidlanadi. Shuning uchun Sn4+ni biror tegishli oksidlovchi ta’sirida oldindan Sn2+ gacha oksidlab olish mumkin. Sulfidlardan tashqari, IV guruh kationlarining fosfatlari, karbonatlari ham suvda erimaydi. Barcha IV guruh kationlari o’zgaruvchi oksidlanish darajalarini namoyon qiladi, ammiak va sianidlar bilan oson kompleks birikmalar hosil qiladi. Bu guruh kationlarini hosil qiluvchi elementlar D.I. Mendeleyev davriy sistemasi 4,5 va 6 katta davrlarining ikkinchi yarmida I, II, IV, V guruhlarda joylashgan. Bu metallarning ionlari tugallangan 18 elektronli tashqi qobiqqa yoki tashqi qavatida 18+2 elektron bo’lgan qobiqqa ega bo’ladi. Tugallangan tashqi qavatga ega bo’lgan Cu2+ kationi bundan mustasno. IV guruh kationlarini ayrim birikmalari muhim biologik ahamiyatga ega. Mis o’simliklar uchun muhim vazifani bajaradi. U mikroelement holida fermentlar tarkibiga kiradi, o’simliklarda zamburug’ kasalliklariga chidamligligini oshiradi. Tuproqda mis ionlari miqdorining kamayishi hosildorlikning keskin kamayishiga sabab bo’ladi. CuSO4 veterinariyada ishlatiladigan dorilar tayyorlashda ishlatiladi. HgC12 esa sabzavot urug’larini dorilashda ishlatiladi. Download 484.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling