Reja: Biznes reja, uning ahamiyati, mohiyati va mazmuni


Download 35.76 Kb.
bet2/11
Sana23.03.2023
Hajmi35.76 Kb.
#1287870
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1515138876 69862

Birinchi bo'lim. Biznes-rejada «Tadbirkorlik faoliyatining maqsadi va vazifalari» markaziy o'rinni egallaydi.
Tadbirkorlik biznesining asosiy maqsadi foyda olishdir. Rejalashtirilayotgan bitimni amalga oshirish oldidan katta mablag' sarflash va shu mablag' qancha foyda keltirishini hisoblab chiqish lozim. Bunda va umuman, biznes-reja tuzishda vaqt omilini doimo hisobga olish kerak. Boshqacha qilib aytganda, keladigan foyda vaqtga qarab qanday taqsimlanadi va inflyatsiyaga nisbatan uning samaradorligi qanday boMishligini hisoblab chiqish lozim.
Biznes-loyi hani amalga oshirishdan avval shuni e’tiborga olish kerakki, olinadigan foyda omonat bankka qo'yilgan shu miqdordagi mablag keltiradigan foizdan ko'p bo'lishini ta’minlashi lozim.





Tadbirkorlik faoliyatining biznes rejasi







" '






















Biznes-rejaning umumiy
xulosasi, asosiy parametr va
ko'rsatkichlari




Harakat dasturi va tashkiliy chora-tadbirlari
















Tadbirkorning iste'molchiga taqdim qilayotgan mahsulot, tovar va xizmatlarning tasnifi




Bitimning resurslar ta'minoti
















Bozor konyunkturasi, talab va sotuv hajmi tahlili




Bitimning samaradorligi

1.1-rasm. Tadbirkorlik faoliyatining biznes-rejasi
Biznes-reja tuzuvchilarning diqqat markazida, markaziy, ustuvor masaladan tashqari, boshqa maqsad va vazifalar ham turishi kerak. Masalan, ijtimoiy maqsadlar, tadbirkorlik maqomini ko'tarish, maxsus maqsad va vazifalar, homiylik tadbirlari va boshqalar.
Ikkinchi bo'lim. «Biznes-rejaning umumiy xulosasi, asosiy parametr va ko'rsatkichlari» umumlashtiruvchi xususiyatga ega bo'lib, biznes-reja asosiy g oya va mazmunining qisqacha korinishidir. U rejani ishlab chiqish jarayonida yaratilib, aniqlanadi va biznes-rejani tuzgandan keyin yakunlanadi.
Umumlashtiruvchi bo'limda quyidagilar taqdim etiladi: bosh maqsadning loyihasi (bitim); ishlab chiqariladigan mahsulot, tuzilayotgan reja yakunining qisqacha tavsifi va ularning o'zaro farqi; qo'yilgan maqsadlarga erishish yo'l va usullari; loyihani amalga oshirish muddatlari; uni amalga oshirish bilan bog'liq sarf-xarajatlar; kutilayotgan samara va natija;olinganfoydaniqo'llashsohasi.
Umumlashgan natija ko'rsatkichlari: umumiy yakunlovchi ko'rsatkichlar (ishlab chiqarish hajmlari, mahsulotning sotilishi, xizmatlarning ko'rsatilishi; sotishdan tushgan mablag ; shaxsiy va zayom sifatida olingan vositalar (samaradorlik); maxsus ko'rsatkichlar (sotilayotgan tovar va ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati, ularning o'ziga xos xususiyati, iste’molchilarnint talabi va didini qoniqtirishi; qilingan xarajatlarning qoplanishi; tavakkalning past darajaliligi; rejalashtirilayotgan natijani olish kafolati).

Download 35.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling