Reja: Budjetdan tashqari mablag'lar vaularningturlari


Statsionar davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanishni


Download 156.5 Kb.
bet16/19
Sana01.05.2023
Hajmi156.5 Kb.
#1419205
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
22 TAYOR

Statsionar davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanishni tashkil qilish va ovqatlanganligi uchun haq to'lash tartibi O'zbekiston Respublikasi sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan 1997-yil 15-dekabrda tasdiqlangan hamda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan 1997-yil 15-dekabrda kelishilgan «Davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanishni tashkil qilish va ovqatlanganligi uchun haq to'lash tartibi to'g'risidagi vaqtincha qoida»da aniqlangan.
Ovqatlanganligi (nonushta bundan mustasno) uchun to'lov fuqa-rolaming shaxsiy mablag'lari, shuningdek tashkilotlaming, muhtojlarga yordam beruvchi fondlaming va homiylaming mablag'lari hisobidan amalga oshiriladi. Xo'jalik yurituvchi subyektlaming rahbarlariga o'z xodimlari statsionar davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanganligi uchun to'lovni foydaning o'z ixtiyorlarida qoladigan qismi hisobidan to'lashga,budjettashkilotlariningrahbarlarigaesao'zxodimlari statsionar davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanganligi uchun to'lovni bu tashkilotlaming xarajatlar smetasi bo'yicha tejalgan summalar hisobidan to'lashga ruxsat berilgan.
Statsionar davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanganligi uchun haq to'lashdan aholining ayrim toifalari hamda kasalliklaming ayrim turlariga yo'liqqan shaxslar ozod qilingan. Statsionar davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanganligi uchun shaxslar haq to'Iashdan ozod qilinadigan kasalliklar ro'yxati va haq to'lashdan ozod qilinadigan aholi toifalari ro'yxati O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan belgilanadi. Kasalliklarning ayrim turlariga yo'liqqan shaxslarning hamda aholi ayrim toifalarining statsionar davolash-profilaktika muassasalarida ovqatlanishiga qilingan xarajatlar budjetdan moliyalashtirish hisobidan amalga oshiriladi.
Ovqatlanganligi uchun to'lov sifatida kelib tushgan mablag'lami saqlash uchun har bir davolash-profilaktika muassasasi bank muassasasida alohida depozit hisobvaraq ochadi. Bu depozit hisobvaraqqa bemorlarning ovqatlanganligi uchun to'lov sifatida ularning shaxsiy mablagiaridan, shuningdek ularning ovqatlanganligi uchun xo'jalik yurituvchi subyektlar va budjet tashkilotlaridan kelayotgan barcha mablag'lar kelib tushadi. Bu depozit hisobvaraqga yana imtiyozli bemorlar (aholining ayrim toifalari hamda kasalliklarning ayrim turlariga yo'liqqan shaxslar)ning ovqatlanishiga to'lash uchun tayinlangan budjetdan moliyalashtirish mablag'lari kelib tushadi.

Download 156.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling