Reja: Budjetdan tashqari mablag'lar vaularningturlari


Bemorlarning ovqatlanish huquqini tasdiqlovchi ovqatlanish talonlari


Download 156.5 Kb.
bet17/19
Sana01.05.2023
Hajmi156.5 Kb.
#1419205
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
22 TAYOR

Bemorlarning ovqatlanish huquqini tasdiqlovchi ovqatlanish talonlari kassa tomonidan, bemorning ovqatlanishi uchun bo'limlar tomonidan buyurtma berish uchun, keyingi kalendar kun uchun beriladi. Moddiy javobgar shaxs (kassir) naqd hisob-kitob bo'yicha to'langan ovqatlanish talonlarini bcrganda ular «Naqd hisob-kitob bo'yicha ovqatlanish uchun berilgan talonlarni ro'yxatga olish kitobi»da ro'yxatdan o'tkaziladi. O'tkazib berish yo'li bilan amalga oshirilgan hisob-kitob bo'yicha to'langan ovqatlanish talonlarini berganda ularni «O'tkazib berish yoii bilan amalga oshirilgan hisob-kitob bo'yicha ovqatlanish uchun berilgan talonlarni ro'yxatga olish kitobi»da ro'yxatga olinadi. Bo'limning katta tibbiyot hamshirasi keyingi kalendar kun uchun ovqatlanishga buyurtma berishda bemorlardan ovqatlanish talonlari (keyingi kalendar kunining talonlari)ni yig'ib oladi va davolash-profilaktika muassasasining oshxonasiga buyurtma tuzadi.
Bemorlarning statsionar davolash-profilaktika muassasasida ovqatlanish qiymatining to'lovi bo'yicha naqd pul kelib tushganda quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 120 - «Kassa» subschyoti;
Kredit 174 - «Depozit summalarga doir hisob-kitoblar» subschyoti.
Avval kassaga bemorlaming statsionar davolash-profilaktika muas-sasasida ovqatlanish qiymatining to'lovi bo'yicha qabul qilib olingan naqd pul kassir tomonidan davolash-profilaktika muassasasining depozit hisobvarag'iga topshirilganda quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 112 - «Budjetdan tashqari boshqa mablag'lar bo'yicha talab qilib
olgunga qadar depozit hisobvarag'i» subschyoti; Kredit 120 -«Kassa» subschyoti.
Davolash-profilaktika muassasasining depozit hisobvarag'iga xo'jalik yurituvchi subyektlardan va budjet tashkilotlaridan ularning statsionar davolash-profilaktika muassasasida davolanayotgan xodimlari ovqatlanishi qiymatining to'lovi bo'yicha mablag'lar kelib tushganda

Download 156.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling