Reja: Daromad va foyda tushunchasi va ularning shakllanish manbalari
Download 44.32 Kb.
|
Firma daromadlari va foydasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kirish.
Firma daromadlari va foydasi, ularni hisoblash usullari Reja: 1. Daromad va foyda tushunchasi va ularning shakllanish manbalari. 2. Firma daromadlari va foydasi. 3. Hisoblash natijalarini tushunish va rentabellik ko'rsatkichlari bo'yicha xulosalar chiqarish. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kirish. Korxona iqtisodiyoti rivojlanib borishi bilan raqobatchilik munosabatlari ham takomillashib, o’z shakllarini o’zgartirib boradi. Narx - bozor mexanizmining muhim tarkibiy elementlaridan biri. U o’zining vazifalari orqali barqaror iqtisodiyotning shakllanishi hamda samarali amal qilishiga, bozor muvozanatining ta’minlanishiga, milliy daromad iqtisodiyotning turli tarmoq va sohalari, xo’jalik yurituvchi sub’ektlari bo’yicha taqsimlanishiga, aholining ijtimoiy jihatdan himoya qilinishiga sharoit yaratadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida firmalar mahsulotiga talab va taklif hamda bozorning muvozanatga erishish holatlari, maksimal va minimal narxlar o'rnatilishining bozor muvozanatiga ta'siri, talab va taklif elastikligidan amaliyotda foydalanish yo'nalishlari, iste'molchilarning bozordagi xatti-harakati va unga ta'sir qiluvchi omillar bilan bog'liq nazariy hamda amaliy masalalar yoritilgan. Firmalarning mukammal raqobatlashgan, monopol raqobatlashgan, oligopolistik va sof monopoliya bozorlaridagi hatti-harakati, turli bozorlarda narx belgilash, xarajatlarni minimallashtirish va foydani maksimallashtirish bilan bog'liq masalalar chuqur tahlil qilingan. Iqtisodiyotda tarkibiy islohotlar va iqtisodiyotni modernizatsiyalashni yanada chuqurlashtirish, uning ko'lamini kengaytirish bilan bog'liq masalalarning nazariy va amaliy tomonlarini o'rganishda “Mikroiqtisodiyot” fani muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, bugungi kunda iste'molchilar talabining o'zgarishi, real sektorda yaratilayotgan tovar va xizmatlar narxining shakllanishi, foydani maksimallashtirish, noaniqlik sharoitida qaror qabul qilish, shuningdek, narxga va boshqa omillarga bog'liq talab va taklif elastikligining mazmun-mohiyati, davlatning bozorga aralashuvi, tovarlarga minimal va maksimal narxlarni o'rnatish va uning oqibatlari bilan bog'liq tushunchalar, qarashlarni sababiy bog'liqlikda tizimli tahlil etishda “Mikroiqtisodiyot” fani alohida o'rin tutadi. Shuningdek, bugungi kunda ko'plab rivojlangan va jahon iqtisodiyotida etakchi o'rin tutadigan mamlakatlar tajribasi shuni so'zsiz isbotlab bermoqdaki, raqobatdoshlikka erishish va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi navbatda iqtisodiyotni izchil isloh etish, tarkibiy jihatdan o'zgartirish va diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal rivojlanishini ta'minlash, faoliyat ko'rsatayotgan quvvatlarni modernizatsiya qilish va texnik yangilash jarayonlarini tezlashtirish hisobidan amalga oshirilishi mumkin. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF- 4947-sonli Farmoni bilan tasdiqdangan “2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi”da ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnik-texnologik yangilash, ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalarni qo'llash, mahsulot ishlab chiqarish turlarini diversifikatsiyalash, chuqur tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirish hamda tarmoqlarning raqobatbardoshligini mustahkamlash borasida izchil chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilab berilgan. Download 44.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling