Reja: Don tuzilishining texnologik ahamiyati. Donning anotomik tuzilishini texnologik ahamiyati. Donning mikrotuzilishini texnologik ahamiyati. Donning biokimiyoviy xossalarini texnologik ahamiyati


Namlik va issiqlikni donning mikrostrukturasiga ta’siri


Download 1.67 Mb.
bet8/10
Sana28.10.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1731407
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Arpa donining anotomik tuzilishi va ishlab chiqarishdagi ahamiyati 11111

Namlik va issiqlikni donning mikrostrukturasiga ta’siri


Don doimo atrof-muhit bilan issiqlik va nam almashish jarayonida qatnashadi. Bu jarayon donni quritishda va donga gidrotermik ishlov berishda juda ham intensiv rivojlanadi. Issiqlikni ko'chishi donning namligi va temperaturasiga bog’liq bo'lgan holda donning solishtirma issiqlik sig’imi, issiqlik o'tkazuvchanligi va temperatura o'tkazuvchanligi bilan aniqlanadi. Tegirmonda donni un tortishga tayyorlashda don xona temperaturasidagi yoki qizdirilgan suv bilan, yoki normal atmosfera bosimidagi tuyintirilgan suv bug’i bilan namlanadi. Yorma ishlab chiqarishda donga gidotermik ishlov berish rejimlari quyidagilarni o'z ichiga oladi: bug’lash, quritish, sovutish, ba’zida donni qizdirilgan suvda buktirish. Gidrotermik ishlov berishning hamma variantlarida don qavatlariga emas, balki har bir donga ishlov beriladi.
Don qabul qilgan suv donning uglevodlari va oqsillari bilan aktiv harakatda bo'lib, ularning strukturasi va xossalarini o'zgartirib yuboradi va bog’liq holga o'tadi. Bu boglanishning darajasi aktiv markazlarning energetik sathi va don kapilyarlarining o'lchamlari va strukturali bilan aniqlanadi. Akademik P.A.Rebinder klassifikatsiyasi bo'yicha navlik saqlashning gigroskopik chegaralarida bog’langan namlikning uch xil ko'rinishi aniqlangan: kimiyoviy, fiziko-kimiyoviy va mexaniq. Bog’liq suvning xususiyatlariga temperatura juda katta ta’sir ko'rsatadi. Temperaturani oshishi natijasida suvning bog`lanish energiyasi kamayadi, suv juda yuqori harakatchanlikka ega bo'ladi, donda har xil biokimiyoviy jarayonlarni rivojlanishiga sharoit yaratiladi. Bog`liq suvning holatini o'zgarishi donning xossalariga ham tezda ta’sir ko'rsatadi. Bu donning texnologik xossalariga aktiv ta'sir etishga ruxsat beradi. Suv va issiqlikning shunday rejimlari tanlanadiki bunda don texnologik xossalarini optimal ko'rsatkichlariga ega bo'ladi.
Donlarning fiziko-kimyoviy xossalarini tayyorlash jarayonini tashkil qilishga ta'siri.
Qattiq sochiluvchan materiallarning fiziko-kimiyoviy xususiyatlari juda ko'p ko'rsatkichlar bilan aniqlanadi. Un va yorma ishlab chiqarishda xomashyo sifatidagi don uchun uning geometrik tavsifi (o'lchamlari, shakli, hajmi, usti yuzasining maydoni), don massasining yirikligi va tekislanganligi, donning naturasi, 1000 ta donning oghrligi, shaffofligi asosiy texnologik ahamiyatga ega.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling