1-jadval Dondagi asosiy ximiyaviy moddalarning miqdori, %
Qobiq tarkibida asosan inson organizmi hazm qilmaydigan moddalar bor. Murtak va endospermning aleyron qavatida oqsil miqdori yuqori, lekin ularda yog’ ham ko'p, ularning un yoki yorma tarkibida bo'lishi ularning saqlaniSh muddatini qisqartiradi. Shuning uchun yanchish yoki qobiq ajratish jarayonida qobiq va murtak ajratib olinadi. Kraxmal umg'darining asosiy oziqlantiruvchi moddasi sifatida yangi o'simliklarning rivojlanishi uchun zarur, u aleyron qavatining ostida joylashgan endospermning ichki qismida to'planadi.
Bug’doy donining anotomik qismlari bo'yicha moddalarning nisbiy taqsimlanishi 2-jadvalda ko'rsatilgan. Kleykovina hosil qiliSh qobiliyatiga ega bo'lgan oqsil ham bug’doy, arpa, javdar va tritikale endospermining kraxmalli qismida joylashgan. Qobiqlarda pentozan, leginin, kletchatka ko'p. Masalan javdar donining meva va urug` qobiqlarida 30 % pentazon va 25 % miqdorida kletchatka bor. Endosperm doirasida moddalar teng taqsimlanmagan. Tajribalar shuni ko'rsatadiki, markazdan chetiga qarab biologik qimmatli moddalar miqdori: oqsil, vitaminlar o'sib boradi. Xususan ularning miqdori subaleyron va aleyron qavatlarda ko'p. Lekin aleyron qavati kletkalari inson ovqat hazm qilish traktidagi fermentlarga bo'ysunmaydi, shuning uchun aleyron qavvatni unning tarkibiga qo'shish befoyda. Bundan tashqari uning tarkibida yog’ miqdorini ko'p bo'lganligi sababli unning saqlaniShiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |