Reja: Geografiya ta’limi mazmunining tarkibiy qismlari
Download 0.49 Mb.
|
Geografiyani o`qitishda o`quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish yo`llari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning rivojlantiruvchi maqsadi
- Darsning borishi
- Topshiriqning didaktik maqsadi
Darsning mavzu: Yengil sanoat .
Darsning ta`limiy maqsadi: O`quvchilarni yengil sanoat tarmoqlari, YM hajmi bo’yicha ulushi hamda mamlakat iqtisodiyotidagi ahamiyati bilan tanishtirish. Darsning tarbiyaviy maqsadi: Yengil sanoat mavzusini tushuntirish orqali o`quvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, ekologik, iqtisodiy, ahloqiy tarbiya berish. Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O`quvchilarning yengil sanoat va uning rivojlanishi, ishlab chiqarish bo’yicha bilimlari, darslik ustida mustaqil ishlash ko`nikmalari, nutq va muloqot madaniyatini rivojlantirish. Darsni jihozlash: O’zbekistonning iqtisodiy xaritasi, 8-sinf atlas va kontur kartasi, proyektr, A3 qog’oz, rangli qalamlar, marker va h.k. Darsda foydalaniladigan texnologiya: Hamkorlikda o`qitish texnologiyasi (komandada o`qitish metodi) Darsning borishi: I.Tashkiliy qism II.O`tgan mavzu yuzasidan o`quvchilarning o`zlashtirgan bilimlarini nazorat qilish va baholash. III.O`quvchilarni dars mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtirish. IV.Yangi mavzuni o`rganish: a) o`quvchilarni komandaga ajratib bir necha kichik guruhlarni tashkil etish hamda, har bir komanda a`zolari tomonidan belgilangan o`quv topshiriqlarini mustaqil ravishda sifatli bajarilishiga erishish; Topshiriqning didaktik maqsadi: Yengil sanoat tarmoqlar majmuasi, mamlakatda joylashuv va rivojlanishini hamda ularning ahamiyatini o`rganish.
O`zlashtirgan bilimlaringiz asosida, darslik va atlasdan foydalanib, quyidagi jadvalni to`ldiring.
b) o`quv materialini yaxlit holda qayta ishlab chiqilishini amalga oshirish. V. Yangi mavzu yuzasidan komandalar o`rtasida savol-javob, o`quv bahsi uyushtirish. VI. O`quvchilar bilimini test savollari yordamida nazorat qilish va baholash. VII. Yangi mavzuni qayta ishlash va yakunlash. VIII.Uyga vazifa berish. Shu va shunga o’xshash shaklda, hamkorlikda o’qitishning zig-zag, arra, kichik guruhlarda ijodiy izlanish metodlaridan foydalanib darsni taskil etishning o’ziga xos xususiyati, maqsad va vazifalarining umumiyligi, o`quvchilarning tahsil olishdagi va muloqotdagi shaxsiy ma`suliyatini taqozo etishi, shuningdek, muvaffaqiyat qozonishga bir xil imkoniyatlarning mavjudligidir. Hamkorlikda o`qitish negizida musobaqa emas, balki hamkorlikda aqliy mehnat qilib, tahsil olish jarayoni yotadi. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling