III. Mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash.16-mashqdagi gaplar ko‗rgazma asosida o‗quvchilar
diqqatiga havola qilinadi.
1.Biz barcha fanlarni qunt bilan o‗rganmoqdamiz.
2.Siz qanday badiiy adabiyotlarni o‗qiyapsiz?
3.Gulla, yashna, hur O‗zbekiston!
4.Bepoyon paxta dalalarimiz qanday go‗zal!
O‘qituvchi 1-2 gapni o‗qib maqsadiga ko‗ra turlariga, ohangiga e‘tibor
berishni so‗raydi. Bu gaplarning 1-darak mazmunini bildirayotganini, pasayuvchi
ohang bilan o‗qilishi o‗quvchilardan so‗rab aniqlanadi.
1-topshiriq.
Gaplaroxiridatinishbelgilarsizberiladi.
Tinishbelgilaro‗rnidagikatakchabosilgandatinishbelgili(. , ! ? :
;)klaviaturapaydobo‗ladi. O‗quvchi tegishli tinish belgini to‗g‗ri tanlasa,
katakchada shu belgi yoziladi.17-mashq.O‗quvchilar mashq matnini ichda o‗qiydilar. Gap oxiriga qo‗yilgan
tinish belgilariga qarab, ularning darak gap, so‗roq gap, his-hayalon va buyruq gap
ekanini aytadilar. Gaplarning ohangi va ifoda etayotgan mazmuni taqqoslanadi.
O‗qituvchi gap tuzish uchun ona, Vatanimizni, sevamiz, biz, jondan yozilgan
so‗zlarni kartonga qo‗yadi, bolalar o‗qiydilar.
— Siz nimalami o‗qidingiz? (So‗zlarni).
— Shu so‗zlardan gap tuzing. O‗qituvchi (yoki o‗quvchi) so‗zlarni gap
tartibida qo‗yib chiqadi. O‗quvchilar o‗qiydilar.
— Gap yozilganini ko‗rsatish uchun nima qilamiz? (Gapning birinchi so‗zini
bosh harf bilan boshlaymiz, oxiriga nuqta qo‗yamiz).
— Gapni yozish uchun har bir harfni to‗g‗ri yozish, harflarni o‗zaro
qo‗shishni bilish zarur.
— Gap deb nimaga aytiladi?
— Gap nimalardan tuziladi?
— Gapning maqsadga ko‗ra turlarini aytib bering.
2-topshiriq. Test topshiriqlari asosida o‗quvchilar bilimi mustahkamlanadi.
IV. Darsga yakun yasash va baholash
O‗quvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni
bajarish darajasiga ko‗ra o‗qituvchi tomonidan baholab boriladi. Dars yakunida
umumiy baholar e‘lon qilinadi va faol, bilimdon o‗quvchilar rag‗batlantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |