Reja: Kirish I bob. Turizmning tarixiy shakllari


nomi O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan fuqarolarning soni


Download 51.7 Kb.
bet13/15
Sana21.06.2023
Hajmi51.7 Kb.
#1644686
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
kurs ishi xalqaro turizm

nomi

O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan fuqarolarning soni

2005-2013 yillardagi
o‘sish (marta)

2005-y

2008-y

2009-y

2012-y

2013-y




MDH mamlakatlari


Qozog‘iston

85466

530203

864438

2461566

3107910

36,4


Qirg‘iziston

21104

161422

234407

402682

407696

19,3


Rossiya

30534

820366

1065471

1456311

1615579

52,9


Tojikiston

93005

162002

189209

442042

507854

5,5


Turkmaniston

60507

166894

231375

321317

222974

3,7

Uzoq chet el mamlakatlari


Afg‘oniston

4396

50823

50789

51108

49559

11,3


Buyuk Britaniya

903

4475

6895

5243

6578

7,3


Germaniya

2549

14858

22150

17358

18266

7,2


Isroil

699

7209

7533

9519

9610

13,7


Hindiston

368

5397

10728

36217

35031

95,2


Eron

3681

7163

7859

8446

8518

2,3


Italiya

839

9398

8831

7620

8919

10,6


Malayziya

133

6441

5966

14790

13851

104,1


Janubiy Koreya

422

37957

34713

65534

69198

164,0


AQSH

3602

5618

6461

9175

10326

2,9


Turkiya

7053

58461

75518

114718

138874

19,7


Fransiya

1635

11920

12959

10790

10492

6,4


Yaponiya

1317

5441

5127

3751

3555

2,7

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasidan olingan ma’lumotlar asosida muallif tamonidan tayyorlangan.
Tashrif buyurgan fuqarolar oqimlarining tarkibiy tuzilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning tahlili bo‘yicha O‘zbekiston uchun ustuvor tashqi turizm xizmat bozorlari MDH mamlakatlaridan Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Rossiya va Turkmaniston davlatlari hisoblanadi, uzoq mamlakatlardan esa Turkiya, Janubiy Koreya, Hindiston, Afg‘oniston, Germaniya, Fransiya, Italiya, Malayziya va boshqa mamlakatlarni ko‘rsatish mumkin. Tadqiqot davrida (2005–2013-yillarda) MDH mamlakatlaridan Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Rossiya va Turkmaniston davlatlari hisoblanadi, uzoq mamlakatlardan esa Turkiya, Janubiy Koreya, Hindiston, Afg‘oniston, Germaniya, Fransiya, Italiya, Malayziya va boshqa mamlakatlarni ko‘rsatish mumkin. Tadqiqot davrida (2005–2013-yillarda) MDH mamlakatlaridan O‘zbekistonga fuqarolar tashrifining 2005-yilga nisbatan 2013-yilda miqdoriy o‘sish bo‘yicha Rossiya birinchi o‘rinda bo‘lsa (52,9 martaga), Qozog‘iston (36,4 martaga) va Qirg‘iziston (19,3 martaga) keyingi o‘rinlarni egallaydi. Turizm sohasi rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiy taraqqiyotining kuchli katalizatori bo‘lib, chet el valyutasi va sarmoyalar oqimini ta’minlaydi, unga yaqin sohalarning tez o‘sishiga ko‘mak beradi, aholi bandligi muammolarini hal etishda yordam beradi va mamlakatning dunyo hamjamiyatidagi obro‘sini oshiradi. Boshqa sohalar bilan qiyoslaganda ancha kam sarf – harajat bilan turizm sohasida katta valyuta miqdori kelib tushishini ta’minlashi mumkin.
Xalqaro turizm jahon iqtisodiyotida yuqori daromadli va jadal rivojlanib boruvchi sohalardan hisoblanib, xalqaro ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarni mustahkamlashda muhim o‘rin egallamoqda. Oxirgi yillar ichida jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davom etayotgan bo‘lishiga qaramay, turizm xizmatlari yuqori iste’mol talabi va yetarlicha barqarorligini saqlab qolmoqda. Jahon amaliyotining ko‘rsatishicha, turizm tarmog‘ining rivojlanishi, yuqori samaradorlikning rag‘batlantirilishi iqtisodiyotning muhim sektorlarini, ya’ni transport, aloqa, qurilish, savdo, qishloq xo‘jaligi, iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish, mashinasozlik va boshqalarning o‘sishiga olib keladi. Dunyo tajribasiga nazar soladigan bo‘lsak, rivojlangan bozor iqtisodiyoti nafaqat bozorning ishlab chiqarish va tovar almashtirish omillarini, balki turli xil xizmatlar bozorini ham o‘z ichiga oladi. Zamonaviy iqtisodiyotning asosiy harakatga keltiruvchi kuchi xizmat ko‘rsatish sohasi bo‘lib hisoblanadi. Hozirgi kunda xalqaro turizm jahon iqtisodiyotining yirik yuqori daromad keltiruvchi va barqaror rivojlanib borayotgan tarmoqlaridan biri hisoblanadi. BMTning Butunjahon turizm tashkiloti (BTT) va Xalqaro valyuta fondi ma’lumotlariga qaraganda, turizm industriyasi 2000-yildan boshlab jahonda eksport qilinadigan xizmatlar, tovarlar va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha avtomobilsozlik, kimyo va oziq-ovqat sohalarini ortda qoldirib, yetakchi o‘rinni egallab kelmoqda. Tarmoqning yillik pul aylanmasi 900 milliard AQSH dollarini tashkil etadi. Ushbu tarmoq dunyo bo‘yicha 195 million kishini ish bilan ta’minlaydi, bu esa, jahon bo‘yicha 8% aholi turizm sohasida ish bilan band bo‘lganini ko‘rsatadi. Har yili 935 milliondan ortiq turistlar dunyo bo‘ylab sayohat qilishadi. Jahon turizm tashkiloti mutaxassislari hisob-kitoblariga ko‘ra, jahon bo‘yicha turistlar oqimi yiliga 4-5 % o‘sishi kuzatilmoqda.
Ichki turizm bozori
Turizm sohasi dunyoning boshqa mamlakatlari singari O‘zbekistan iqtisodiyoti uchun ham muhim soha hisoblanadi. Ushbu soha mamlakat byudjetiga xorijiy valyuta oqimini ta’minlaydi, faqat 2013-yilda sayyohlik xizmatlari eksporti hajmi 615 millon dollardan ziyodni tashkil etdi.
2-jadval
Butunjahon turistik oqimi dinamikasi va turizmdan keladigan valyuta tushumi

Yillar



Kelgan turistlar
Soni (mln. kishi)

Xalqaro turizmdan keladigan tushum (mlrd. $)

1995

534

405

1996

567

436

1997

593

448

1998

610

440

1999

632

455

2000

678

475

2001

678

466

2002

698

485

2003

689

532

2004

760

634

2005

805

680

2006

851

745

2007

911

860

2008

929

944

2009

894

855

2010

952

930

2011

996

1,042

2012

1,035

1,075

2013

1,087

1,4

Manba: Butunjahon turizm tashkiloti ma’lumotlari asosida
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, keyingi o‘n yilda jahon turistik oqimi doimiy o‘sish surati kuzatilgan: 2000-yildan 2013-yilgacha turistik tashriflar soni 678 mln.dan 1,087 mln.gacha o‘sgan. Turizm sohasidan olingan daromadlar esa 2000 yilda 475 mlrd.dan 2013-yilda 1,4 trl. dollarni tashkil qilgan. Bu shundan dalolat beradiki, turizm xizmatlar bozorining jahon iqtisodiyotidagi ulushi tobora oshib bormoqda.
O‘zbekistonga keluvchi xorijiy turistlarning aksariyati Toshkent-Samarqand-Buxoro-Xiva yo‘nalishi bo‘yicha sayohat qiladilar. Chunki, O‘zbekiston turizm infratuzilmasi aynan shu manzilgohlarda yaxshiroq rivojlangan hamda Buyuk Ipak yo‘liga taalluqli ko‘pgina ob’ektlar aynan shu joylarda saqlanib qolingan (O‘zbekistonga guruhlarda tashrif buyuruvchi turistlarning aksariyati Buyuk Ipak yo‘li yo‘nalishi doirasi harakatlanadilar). Shuningdek, Surxondaryo, Qashqadaryo va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ham turistlarni jalb etishi mumkin bo‘lgan ko‘plab muhim turistik jozibador manzillar mavjud bo‘lsada, turistik infratuzilmaning rivojlanmagani turistlarni bu yerga kelishiga tusqinlik qilar edi. Bu kabi kamchilarni bartaraf etish maqsadida hukumatimiz tomonidan Qamchiq dovonidan o‘tiluvchi yo‘l qayta ta’mirlandi, Surxondaryoga Samarqanddan va Toshkent shahridan Buxoro va Samarqand shaharlariga turistlarni tashish uchun yangi elektrlashgan temir yo‘l qurildi, bu joylarda ko‘plab turistik mehmonxonalar bunyod etilmoqda. O‘zbekistonga keluvchi turistik sayohatlarning soni o‘sishiga salbiy ta’sir etishi mumkin bo‘lgan ba’zi hollar bartaraf etib borilmoqda:

  • O‘zbekiston to‘g‘risidagi dastlabki va so‘nggi taassurotlarni qoldiruvchi bojxona xizmati xodimlarining sayohatchilar bilan bo‘lgan muomala madaniyati Yaxshilandi;

  • mehmonxonalarga tayyorlanayotgan taomlar zamonaviy talablarga javob bera boshladi;

  • O‘zbekiston ichidagi mehmonxona xizmatlari narxlarining asosiy raqobatchilarimizga nisbatan qimmatligi, transport narxlarining yuqori hollari kamaytirib borilmoqda;

  • turistik esdalik uchun harid qilinadigan milliy suvenirlarimizning xilma xilligi oshirilib, yo‘qolib ketgan bir qator hunarmandchilik turlari tiklandi va qayta tashkil etildi;

  • targ‘ibot masalalariga yetarlicha e’tibor berilib, xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston to‘g‘risidagi ma’lumotlarining chegarasi kengaytirib bormoqda, bunda ayniqsa, Germaniya va Italiyalik biznes hamkorlarning vositachiligidan samarali foydalanilmoqda;

  • turistlar ixtiyoriga taklif etilayotgan tovar va xizmatlarning sifati narxiga moslashtirib borilmoqda.

O‘zbekistonda bozor munosabatlari sharoitida xalqaro turizmni rivojlantirish choratadbirlari davlat tomonidan belgilangan bo‘lib, iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish uchun turli bitimlar, kelishuvlar amalga oshirilgan va oshirilmokda. Bugungi kunda xalqaro turizmni rivojlantirishda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar qo‘yidagilardan iborat bo‘lmoqda:

  • xalqaro turizmda kichik tadbirkorlik faoliyatidan keng foydalanish va xalqaro bozorlarga chiqishga intilish;

  • mahalliy axborot agentliklari orqali rivojlangan mamlakatlarni O‘zbekistonning turistik imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirishga harakat qilish;

  • turizm sohasida ishlaydigan mutaxassislarni chet ellarda bir yilda kamida bir marta malaka oshirishga yuborish, o‘qitish, ular uchun barcha imkoniyatlarni yaratib, turistlarga sifatli xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish;

  • respublikamiz vakillarining Yevropa mamlakatlarida o‘tkaziladigan turistik yarmarkalarda doimiy ravishda ishtirok etishini ta’minlash;

  • xalqaro turistik tashkilotlar bilan axborot almashishni yaxshilash, birgalikda faoliyat yurita oladigan davlatlar bilan qo‘shma korxonalar tuzish va ular faoliyatini keng yo‘lga qo‘yish;

  • ichki turistik bozorda o‘zaro raqobatni yanada kuchaytirish va boshqa tadbirlarni amalga oshirish muhim ahamiyatga egadir.

Xalqaro turizmni rivojlantirish O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun g‘oyatda zarur bo‘lib, uning imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda turizm sohasi orqali aholining moddiy farovonligini yaxshilash, ularni doimiy ish bilan ta’minlash maqsadida yangi ish o‘rinlarini tashkil qilish lozim bo‘lmoqda. O‘zbekiston Respublikasida xalqaro turizmning rivojlanishi, unga bo‘lgan munosabatning ijobiy tomonga siljishi bilan belgilanmoqda. Respublikamiz sharoitida, ayniqsa kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda turizmning imkoniyatlari boshqa sohalarga qaraganda juda katta bo‘lib hisoblanadi. Shu tufayli respublikadagi iqtisodiy barqarorlik va bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish jarayoni tadbirkorlarga keng yo‘l ochishi bilan birga, uni jadal rivojlantirish imkoniyatlarini tug‘dirmoqda. Jahondagi har bir davlatning iqtisodiy yuksalishida asosiy omillardan biri tinchlik, osoyishtalik, barqarorlik va ijtimoiy adolatdan iboratdir. O‘zbekiston hozir Markaziy Osiyo mintaqasidagi iqtisodiyoti barqaror rivojlanib borayotgan davlatlardan biri bo‘lib, o‘ziga xorijiy investorlarni, ishbilarmonlarni va turistlarni jalb qiluvchi hududlardan biri hisoblanadi.
O‘zbekistonning jahon turizm bozoridagi salohiyatiga baho beradigan bo‘lsak, uning Markaziy Osiyo davlatlari ichida eng yuqori imkoniyatlarga ega ekanligini ko‘ramiz, bu haqida respublika hududida mavjud bo‘lgan to‘rt mingdan ortiq qadimiy me’morchilik, monumental san’at yodgorliklari dalolat beradi. O‘zbekiston tarixiy me’morchilik yodgorliklarning umumiy soni bo‘yicha jahondagi yetakchi o‘nta mamlakatlar qatoriga kiritilib, to‘rtta yirik shaharlari Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrizabz YUNESKO tomonidan jahon madaniyati yodgorliklari markazi sifatida tan olingan va xalqaro tashkilot tomonidan muhofazaga olingan. Respublikada xalqaro turizmni rivojlantirishda tarixiy-madaniy obidalar bilan bir qatorda dam olish va madaniy hordiq chiqarish uchun xizmat qiladigan turistik ob’ektlarning ham mavjudligi muhim ahamiyat kasb etmoqda.


Download 51.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling