Reja: Kirish Milliy iqtisodiyotda sug’urta kompaniyalarining tutgan o’rni


Download 119.6 Kb.
bet11/12
Sana28.12.2022
Hajmi119.6 Kb.
#1024302
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Kurs ishi

3- jadval13
Alfa Invest sug’urta kompaniyasi ko’rsatkichlari (mlrd. so’m)

Sug’urta turlari

Sug’urta mukofoti

Sug’urta qoplamasi

01.07.2020

01.07.2021

01.07.2020

01.07.2021

Jami:

69,90

102,93

9 298,32

37 164,56

Majburiy sug’urta turlari

9,82

11,28

6 574,16

7 588,85

IBFJMS

2,563

2,526

1 318,83

1 588,14

TVEFJMS

5,831

7,816

4 140,70

5 159,20

TFJMS

0,080

0,064

362,36

312,00

Xavfli ishlab chiqarish obyektlari sug’urtasi

0,190

0,195

235,96

246,44

Qurilish-montaj ishlari sug’urtasi

1,154

0,679

516,32

283,08

Ixtiyoriy sug’urta turlari

60,08

91,65

2 724,16

29 575,70

Klass 1

0,043

0,016

12,46

1,66

Klass 2

-

-

-

-

Klass 3

4,81

8,54

279,39

536,17

Klass 4

-

-

-

-

Klass 5

-

-

-

-

Klass 6

-

-

-

-

Klass 7

0,37

0,37

152,49

67,05

Klass 8

0,06

-

42,76

-

Klass 9

-

-

-

-

Klass 10

-

-

-

-

Klass 11

-

-

-

-

Klass 12

-

-

-

-

Klass 13

2,18

2,59

371,22

724,84

Klass 14

0,94

3,28

377,81

1 654,18

Klass 15

0,0004

0,02

0,07

12,33

Klass 16

-

-

-

-

Klass 17

-

-

-

-

2 va undan ortiq klasslar bo’yicha sug’urtalash (kompleks)

51,68

76,83

1 487,94

26 579,47

Jadvalda ko’rib turganimizdek, Alfa Invest SK umumiy sug’urta tarmog’ining barcha klasslari bo’yicha litsenziyaga ega bo’lsa ham barchasi bo’yicha faoliyat yuritmaydi. Sug’urta majburiyatlarinig jami miqdori 2021yil yarimyilligi natijasiga ko’ra 37 164.56 mlrd so’mni tashkil qilgan, nu ustav kapitalining taxminan 60% miqdorini tashkil etadi. Ixtiyoriy sug’urta turlari bo’yicha jami mukofotlar yig’imi bo’lsa 1.5 barobarga oshgan va majburiy sug’urta turlari bo’yicha mukofotlar yig’imidan 9 barobar ko’p. Bu Alfa Invest SK nafaqat majburiy balki ixtiyoriy sug’urta turlarini rivojlantirishga katta e’tibor berganidan dalolat beradi.




XULOSA


Sug’urta tizimi iqtisodiyotni rivojlantirishga ko’maklashadigan, ijtimoiy yo’naltirilgan noyob barqarorlashtiruvchi mexanizmdir. U mamlakatda makroiqtisodiy barqarorlikka ijobiy ta’sir etib, turli salbiy omillarning ta’sir darajasini pasaytiradi. Sug’urta tizimi bozor infratuzilmasining tarkibiy qismi zamonaviy va barqaror sug’urta bozorining shakllanishi fuqarorlar, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va davlat manfaatlarini real himoya qiluvchi mexanizmga aylandi.
Sug’urta faoliyatida moliyaviy munosabatlar sug’urta fondlarini tashkil qilish va ulardan foydalanish jarayonlarida yuzaga keladi. Sug’urta fondlari mablag’lari sug’urta qoplamalari to’lash orqali ishlatiladi.
Sug’urta munosabatlari moliyaviy munosabatlar bo’lsada moliyaviy munosabatlardan va kredit munosabatlardan o’ziga xosligi bilan farqlanadi.
Sug’urta tashkilotlarining moliyaviy barqarorlik ko’rsatkichlari, shuningdek, bajarilishi majburiy bo’lgan to’lov layoqati normalarini va ularni aniqlash tartibini, alohida tavakkalchiliklar bo’yicha sug’urtalovchilarning majburiyatlari cheklangan yo’l qo’yiladigan miqdorini hisoblab chiqish metodikasini hamda majburiyatlarning jami miqdorini, sug’urtalovchilarning to’lovga layoqatliligi bo’yicha axborot berish tartibi va muddatlarini belgilash, to’lovga layoqatlilikning belgilangan normativlarini va ularning moliyaviy barqarorligiga qo’yiladigan boshqa talablarni ta’minlash O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qoshidagi davlat sug’urta nazorati inspektsiyasining vakolat doirasiga kiradi.
Sug’urta tashkilotlarining moliyaviy barqarorlik asosiy ko’rsatkichlariga ularning to’lov ustav kapitali miqdori, sug’urta zaxiralari, investitsiya faoliyatlari, qayta sug’urta mexanizmlaridan foydalanish tizimlari belgilab beradi.
O’zbekiston Respublkasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan sug’urta tashkilotlarining moliyaviy resurslarni shakllantirish, ularning kapital bozoridagi faoliyatini kengaytirish, sug’urta tashkilotlarini yirik aktsionerlik jamiyatlari sifatida ularni fond bozori listingiga kiritish, sug’urta xizmatlari hajmini oshirish bo’yicha mamlakatimizda kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev sug’urta sohasini isloh qilish masalalariga alohida to’xtalib, doimo diqqat e’tiborini qaratib bormoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2022-yil 28-yanvarda “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli farmon imzolandi. Farmon bilan tasdiqlangan taraqqiyot strategiyada 7 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha 100 ta maqsadga erishish belgilangan va bunda sug’urta sohasiga ham e’tibor qaratilgan.
2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi xalq farovonligini oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarini transformatsiya qilish, tadbirkorlikni rivojlantirish, inson huquqlari va manfaatlarini so‘zsiz ta’minlash va faol fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan yo‘nalishlarni qamrab olgan.
Taraqqiyot strategiyasida inson qadrini ulug‘lashga yo‘naltirilgan ijtimoiy himoya siyosati bo‘yicha belgilangan vazifalar doirasida Moliya vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda ijtimoiy sug‘urta tizimini yaratish, jumladan ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasini tashkil etishni nazarda tutuvchi aholini ijtimoiy himoya qilish milliy strategiyasini ishlab chiqish vazifasi (85-maqsad) belgilangan.
Taraqqiyot strategiyasining uchinchi yo‘nalishi bo‘lgan – Milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladigan chora-tadbirlardan biri sifatida tegishli vazirliklarga qishloq xo‘jaligida davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash ko‘lamini kengaytirish va sug‘urtalashning yangi mexanizmlarini amalga oshirish, shu jumladan «Qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urtalash to‘g‘risida»gi qonunni qabul qilish masalasini ko‘rib chiqish vazifasi (30-maqsad) belgilangan.14
Yuqorida ta’kidlanganidek, moliyaviy hisobkitoblar sug’urta tashkilotining ahvoli va uning faoliyati natijalari haqida tasavvurga ega bo’lishiga imkon beradi.
Yuqoridagi fikr mulohazalar va xulosalarni e’tiborga olib quyidagi takliflarni berishni lozim deb topdik:

  • mamlakatimiz sug’urta bozoridagi eng asosiy muammo milliy sug’urta tashkilotlarning halqaro bozorlarga kirib borishi masalasi bilan bog’liqdir. Bizga ma’lumki alohida davlatning sug’urta bozori yakka holda rivojlanmaydi. Bir davlat hududida ro’y berishi mumkin bo’lgan turli baxtsiz hodisalarning zararini mahalliy

sug’urta tashkilotlari qoplab bera olmasligi ayni haqiqatdir. Shu boisdan, jahon sug’urta tashkilotlari bilan birgalikda ish olib borish, bir-birini o’zaro qayta sug’urtalash jarayonlarini kengaytirish zurur deb hisoblaymiz;

  • sug’urta tashkilotlari oladigan dastlabki sug’urta badallarini kamaytirish ham dolzarb masala bo’lib turibdi. Sug’urta tashkilotlarida sug’urta turlarini keng joriy qilishda vaqtinchalik bo’lsada badallarni kamaytirsh, buning natijasida sug’urta tashkilotlari bilan shartnoma tuzuvchilarga ma’lum darajada soliq priferentsiyalari qo’llanilsa, bu tomonlarni rivojlantirib, mijozlarning ortishi hisobiga sug’urta tashkilotlarining badal foizlarini kamaytirishga ko’maklashgan bo’lar edi.

  • O’zbekistonda mavjud sug’urta tizimi bozor iqtisodiyoti sharoitida hali o’zining to’liq o’rni va mavqeiga ega emas. Bu shu bilan izohlanadiki, avvalambor “sug’urta madaniyati” ning saviyasi past, sug’urta sug’urtalanuvchilar uchun to’laligicha ixtiyoriy bo’lmay, majburiy sug’urtaning ustunligi sezilib turadi.

Umuman olganda yuqorida bildirilgan xulosaviy fikrlar asosida ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalarni birin ketinlik bilan sug’urtalovchilar faoliyatida qo’llasak, sug’urta bozori ko’rsatiladigan sug’urta xizmatlari hajmi kengayadi va sug’urtalovchilarning moliyaiy resurslarini shakllanishida va ularning moliyasini samarali boshqarishda hamda moliyaviy barqarorligini ta’minlashda juda qo’l keladi.


Download 119.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling