Reja: kirish tashqi samaralar: mazmuni va turlari


Atrof-muhitni muhofaza qilish siyosati


Download 400.25 Kb.
bet5/9
Sana15.02.2023
Hajmi400.25 Kb.
#1200522
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ijtimoiy nematlar samarali

Atrof-muhitni muhofaza qilish siyosati. Ushbu siyosat yordamida nazorat qilishdan olinadigan ijtimoiy chekli yutuq nazoratni amalga tatbiq etish uchun sarflanadigan ijtimoiy chekli xarajat bilan balanslashtiriladi.
Ijtimoiy chekli yutuq MSB nazoratni amalga tatbiq etish uchun sarflanadigan ijtimoiy chekli xarajat bilan balanslashtiriladi. Ijtimoiy chekli yutuq MSB chizig‘i bilan ijtimliy chekli xarajat MSC chizig‘i kesishgan nuqta zararli chiqindilarni chiqarishning jamiyat uchun samarali bo‘lgan darajasini aniqlashga yordam beradi (15.3-rasm).
MSC chizig‘i atrof-muhitni ifloslantiradigan chiqindilarning foiz bo‘yicha kamayib borishi natijasida ijtimoiy chekli xarajatlarni oshib borishini ifodalaydi.
Shuning uchun ham chiqindilarni har bir qo‘shimcha foiz kamaytirilishi yanada ko‘proq xarajat bilan bog‘liq.
Zararli chiqindilarni atrof-muhitga chiqarilishini kamaytirishning uchta varianti mavjud: zararli chiqindilarni atrof-muhitga chiqarilishda norma va standartlarni o‘rnatilishi; chiqindilar uchun to‘lov o‘rnatish; chiqindilarni vaqtincha chiqarish uchun ruxsatnoma sotish.

15.3-rasm. Chiqindilarning optimal darajasini aniqlash
Chiqindilarga norma va standartlar o‘rnatish. Bu yerda sanoat chiqindilari tarkibidagi zararli moddalar kontsetratsiyasiga qo‘yiladigan miqdoriy chek qonun tomonidan o‘rnatiladi. Bunday standartlar barcha rivojlangan davlatlarda o‘rnatilgan.
Masalan, avtomobillarning benzinni yoqishi natijasida chiqadigan gazda karbonat angidrid gazining miqdori cheklangan.
Chiqindi gaz tarkibida ushbu moddaning normadan yuqori darajada bo‘lsa, avtombil egasiga jarima solinadi.
Standartlarni o‘rnatishdan amaliyotda foydalanishning o‘ziga yarasha kamchiliklari ham mavjud. Birinchidan, chiqindilarni ma’lum normagacha bepul chiqarish mumkinligi; ikkinchidan, barcha iqtisodiy subyektlar uchun bir xil standartni belgilanishi regionlarda ekologik holatning har xil darajada dolzarbligini e’tiborga olmaydi; uchinchidan, standartlar ishlab chiqaruvchilarni zararli chiqindilarni kamaytirishga undamaydi.

Download 400.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling