Reja: kirish tashqi samaralar: mazmuni va turlari


Ijtimoiy ne’matlar: samarali va raqobatli ta’minot


Download 400.25 Kb.
bet7/9
Sana15.02.2023
Hajmi400.25 Kb.
#1200522
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ijtimoiy nematlar samarali

3.Ijtimoiy ne’matlar: samarali va raqobatli ta’minot


ijtimoiy ne’mat bu barcha fuqarolar, jamoa tomonidan iste’mol qilinadigan ne’mat bo‘lib, ushbu iste’mol alohida insonning ushbu ne’mat uchun pul to‘lashi yoki to‘lamasligiga bog‘liq emas.
Sof ijtimoiy mahsulot ikki xil xususiyatga ega: iste’mol qilishda tanlanmaslik va iste’moldan ajratilmaslik. Shunday xususiyatga ega bo‘lgan ijtimoiy ne’matga armiya va militsiya xizmati kiradi. Iste’molda tanlanmasligi xususiyati shuni bildiradiki, sof ijtimoiy ne’matni bir kishi tomonidan iste’mol qilinishi boshqa bir kishining ushbu ne’mat iste’molini kamaytirmaydi. Bunday ne’matlar raqobatdan holi, nima uchun deganda, qo‘shimcha iste’molning chekli xarajati nolga teng.
Iste’moldan ajratilmaslik xususiyati shundan iboratki, hech bir kishiga iste’mol qilish (hatto u ushbu iste’mol uchun to‘lashdan voz kechsa ham) man qilinmaydi.
Sof xususiy ne’mat – bu shunday ne’matki, uning har birligi ma’lum to‘lovga sotiladi. Sof ijtimoiy ne’matning sof xususiy ne’matdan asosiy farqi – u bo‘laklarga bo‘linmaydi va bo‘laklarga bo‘linib ham sotilmaydi. Sof ijtimoiy mahsulotning bo‘laklariga narx belgilash ham mumkin emas. Sof ijtimoiy mahsulotga bo‘lgan umumiy talabni aniqlash ham o‘ziga xosdir. Sof ijtimoiy mahsulotga bo‘lgan talab chizig‘i jami mahsulotning chekli nafliligini ifodalaydi (15.5-rasm).

15.5-rasm. Sof ijtimoiy mahsulotga talab
Iste’molchilar soni qancha bo‘lishidan qat’iy nazar, ular barcha sof ijtimoiy ne’matni iste’mol qiladi. Lekin, har bir shaxs sof ijtimoiy ne’matni iste’mol qilishdan har xil naf oladi.
Sof ijtimoiy mahsulotga bo‘lgan umumiy talab shaxslar oladigan chekli yutuqlarni (mavjud hajmdan oladigan) vertikal bo‘yicha qo‘shish orqali aniqlanadi.
Sof xususiy ne’matga bo‘lgan umumiy talab shaxslarning talab chiziqlarini gorizontal bo‘yicha qo‘shish orqali aniqlanadi (15.6-rasm).

15.6-rasm. Sof xususiy ne’matga bo‘lgan umumiy talab
Sof ijtimoiy mahsulot jamoa bo‘lib iste’mol qilinadi, lekin biz yuqorida aytganimizdek har bir shaxs bunday iste’moldan har xil naf oladi. Masalan, A shaxs eng kam naf ko‘radi, B shaxs A shaxsga nisbatan ko‘proq naf ko‘radi, S shaxs B shaxsga ko‘ra ko‘p naf oladi. Amalda har bir shaxsning aynan qancha miqdorda naf olganligini hisoblash qiyin. Bunday axborotni olish ham juda murakkab jarayon.
Agar iste’mol qilingan sof ijtimoiy ne’matga har bir shaxs o‘zi olgan chekli yutug‘iga ko‘ra pul to‘laganda edi, olingan naf to‘g‘risidagi axborotni yashirishga undaydigan kuchli rag‘bat paydo bo‘lar edi va bunda olinadigan naf darajasini ko‘pchilik pasaytirishga harakat qilardi.
Haqiqatda esa, iste’molchilar iste’mol qilingan sof ijtimoiy mahsulot uchun pul to‘laydimi, yo‘qmi undan naf olganligi uchun ayrim hollarda ortiqcha to‘lovlarsiz, ushbu ne’matlarni bepul olishga harakat qiladi. Ushbu vaziyat “biletsiz muammosi (free rider problem)” yoki “quyon muammosi” nomini oldi. Bu yerda iqtisodiy subyektlarning bozorning bozor mexanizmi ishlamaydigan joylaridan foydalanib, boshqalar hisobidan ko‘proq yutuqqa erishishga harakat qilishi nazarda tutiladi.
Biletsiz muammosi” ko‘proq ko‘p sonli iste’molchilarning jamoaviy guruhlarida yuzaga keladi, nima uchun deganda, bunday guruhlarda kerakli, to‘liq axborotni olish qiyin. Biletsizlar muammosini mavjudligi sof ijtimoiy mahsulotni ishlab chiqarish hajmini uning samarali hajmidan kam bo‘lishiga olib keladi. Bozor mexanizmi bu muammoni yechishga ojiz. Ushbu xatoni tuzatishda davlatning ahamiyati nihoyatda katta.
Vaqti-vaqti bilan, resurslardan foydalanish bepul bo‘lganda, tashqi samaralar yuzaga keladi. Umumiy foydalanishdagi resurslar (umumiy mulk resurslari) – barcha erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan resurslardan tashkil topadi. Natijada, ularni haddan tashqari isrofgarchilik bilan ishlatilish ehtimoli ko‘proq. Havo va suv - bu turdagi manbalarga eng yorqin misol. Shuningdek umumiy mulk resurslariga baliqlar, hayvonlar populyatsiyasi va ayrim tabiiy resurslar kiradi. Resurslar xususiy mulk egaligida emas, balki umumiy foydalanishda bo‘lganda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ba’zi samarasizliklarni qaraymiz.
Aytaylik, katta ko‘lda forel balig‘i mavjud va ko‘p baliqchilar undan foydalanish imkoniyatiga ega. Baliqchilarning har biri baliq ovidan olingan chekli daromad chekli xarajatlarga tenglashguncha ov qilishda davom etadi. Ammo ko‘l umumiy manba va hech bir baliqchini o‘z ovining boshqalar imkoniyatiga ta’sirini hisobga olish qiziqmaydi.
Natijada, baliqchining xususiy xarajatlari jamiyat uchun haqiqiy xarajatlarni aks ettirmaydi, chunki baliq ovining kengayishi baliq zaxiralarini va boshqalarning imkoniyatlarini kamaytiradi. Bu samarasiz vaziyat vujudga kelishiga olib keladi - juda ko‘p baliq ovlanadi.
Faraz qilaylik, tutilgan baliq miqdori talabga nisbatan unchalik katta bo‘lmaganligi sababli, baliqchilar baliq narxlarini berilgan deb qabul qilishadi. Shuningdek, ko‘lga kirish huquqiga ega baliqchilar sonini ham nazorat qilish mumkin. Bu holat 15.7-rasmda tasvirlangan.


Download 400.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling