Reja: kirish tashqi samaralar: mazmuni va turlari


-rasm. Umumiy foydalanishdagi resurslar


Download 400.25 Kb.
bet8/9
Sana15.02.2023
Hajmi400.25 Kb.
#1200522
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ijtimoiy nematlar samarali

15.7-rasm. Umumiy foydalanishdagi resurslar
Bir oydagi samarali ovlash hajmi (F*) baliq ovlashdan olingan chekli foyda chekli ijtimoiy xarajatlarga teng bo‘lgan nuqtada belgilanadi. Chekli foyda - bu talab egri chizig‘i orqali olingan narx. Chekli ijtimoiy xarajatlar nafaqat xususiy eksplutatsiya xarajatlarini, balki baliq zaxiralarining kamayib ketishining ijtimoiy xarajatlarini ham aks ettirish uchun rejalashtirilgan.
Endi samarali natijani agar ko‘l umumiy foydalanishdagi mulk bo‘lgan holat bilan taqqoslaylik. Bunday holda, chekli tashqi xarajatlar e’tibordan tashqarida qoladi va har bir baliqchi qanchadir foyda olmay qolguncha ovni davom ettiradi. Ovlangan baliq miqdori F* ga yetganda, baliq ovlashdan tushadigan daromad chekli ijtimoiy xarajatlardan oshib ketadi, ammo baliq tutishni davom ettirish hali ham qisman foyda keltiradi. Narx chekli xarajatga tenglashgunga qadar baliq oviga yangi qatnashuvchilar qo‘shilishaverdi. Bu 15.7-rasmda FC nuqta bilan ifodalangan. Ammo bu nuqtada juda ko‘p baliq ovlanadi.
Umumiy resurslar muammosining nisbatan sodda yechimi - bu bunday resurslarni boshqarish imkoniyatini yagona mulkdor ixtiyoriga berish hisoblanadi. Mulk egasi resursdan foydalanish uchun baliq zaxirasi kamayishining chekli xarajatiga teng bo‘lgan to‘lovni belgilaydi. To‘lov qilishga majbur bo‘lgan baliqchilar F* dan ortiq miqdorda baliq ovlashni foydasiz deb biladi. Afsuski, aksariyat umumiy foydalanishdagi resurslar miqdori ba’zan juda ulkan bo‘ladi va yagona mulkdor belgilash har doim ham samara keltiravermaydi. Bunday hollarda resurslar ba’zan davlat mulkiga aylantiriladi yoki davlat tomonidan tartibga solish joriy etiladi.


Tashqi samaralar yoki eksternalilar (externalities)- bozordagi oldi-sottidan olinadigan, lekin narxda o‘z ifodasini topmagan xarajat yoki foyda. Ular muayyan operatsiyada qatnashadigan bozor subyektlari bilan bir qatorda uchinchi tomon bilan bog‘liq bo‘lgani uchun ham “tashqi” deb qabul qilinadi.
Tashqi samara musbat (ijobiy) va manfiy (salbiy) samaralarga bo‘linadi. Manfiy samara xarajatlar bilan bog‘liq bo‘lsa, musbat samara uchinchi tomonning yutug‘i bilan bog‘liqdir.
Salbiy tashqi samaraga ega bo‘lgan tovarlar va xizmatlarni ko‘p ishlab chiqarilishini kamaytirish va ijobiy tashqi samarali tovarlar va xizmatlarni optimal hajmgacha oshirish uchun tashqi samaralarni ichki samaraga aylantirish (transformatsiya qilish) kerak.
Tashqi samaralarni ichki samaraga aylantirish uchun xususiy chekli xarajatlarni (va mos holda chekli yutuqni) ijtimoiy chekli xarajatlarga (chekli yutuqlarga) yaqinlashtirish lozim.

Download 400.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling