Reja: kirish tashqi samaralar: mazmuni va turlari
Tartiblashtiradigan soliq
Download 400.25 Kb.
|
ijtimoiy nematlar samarali
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tartiblashtiruvchi subsidiya
Tartiblashtiradigan soliq - bu salbiy tashqi samaraga ega bo‘lgan iqtisodiy ne’matlarni ishlab chiqarishga qo‘yiladigan va xususiy chekli xarajatni ijtimoiy chekli xarajatgacha ko‘taradigan soliq.
Demak, yuqoridagi misolda soliq tashqi chekli xarajatga teng bo‘lsa, ya’ni bo‘lsa, bozor muvozanatini samarali muvozanatga yaqinlashtiradi: . Tartiblashtiruvchi subsidiya - bu ijobiy tashqi samaraga ega bo‘lgan iqtisodiy ne’matlarni ishlab chiqaruvchilarga va iste’mol qiluvchilarga beriladigan subsidiya bo‘lib, u xususiy chekli yutuqni ijtimoiy chekli yutuqqa yaqinlashtiradi. Agar tashqi chekli yutuqqa teng bo‘lgan subsidiya talabalarga yoki ilmiy xodimlarga berilganda edi, u talabalarning ta’lim xizmatiga talabini va ilmiy izlanuvchilarni ilmiy izlanishga talabini tenglikni ta’minlaydigan darajagacha oshirgan bo‘lar edi. Lekin, tariblashtiruvchi soliqlar va subsidiyalar tashqi samara bilan bog‘liq muammolarni to‘liq yechishga yordam bera olmaydi, nima uchun deganda, amaliyotda chekli yutuq va chekli xarajatlarni aniq hisoblash juda qiyin bo‘lsa, ikkinchidan, ular etkazadigan zarar miqdorini ham hisoblashda juda katta qiyinchiliklar mavjud. Tashqi samara muammosini echishning yangi yo‘li R.Kouzning ilmiy izlanishlari bilan bog‘liq. Kouzning fikricha, ushbu muammo tomonlar uchun umumiy muammo bo‘lib, uning yechilishi ikkala tomonning birgalikda mas’uliyatli harakat qilish bilan bog‘liq. Bu yerda e’tibor ikki tomondan qaysi biri ko‘proq, qaysi biri kamroq yo‘qotishiga berilmasdan, ikkala tomondan mumkin bo‘lgan jiddiy yo‘qotishni oldini olishga berilishi lozimligi ko‘rsatilgan. A.S.Pigu tomonidan taklif qilingan echimda alternativ xarajatlar prinsipidan foydalanilmagan va huquqiy omilga e’tibor berilmagan. Kouzning ijtimoiy xarajatlar bilan bog‘liq ishlarini umumlashtirib uni Dj.Stigler degan olim “Kouz teoremasi” deb atadi. Kouz teoremasiga ko‘ra, agar barcha tomonlarning mulkiy huquqlari yaxshi aniqlangan bo‘lsa, Transaksion xarajatlar nolga teng bo‘lsa, pirovard natija (ishlab chiqarish qiymatini maksimallashtiruvchi) mulkchilik huquqini taqsimlashdagi o‘zgarishlarga bog‘liq emas (agar daromad samarasi e’tiborga olinmaganda). Teoremadagi asosiy mazmun Stigler fikriga ko‘ra quyidagicha “Mukammalashgan raqobat bozorda xususiy va ijtimoiy xarajatlar bir-biriga teng”. Kouz tashqi samara bilan bog‘liq yo‘qotishlarni hisobga olish mas’uliyatini o‘z ichiga oluvchi narx belgilash tizimi bilan ushbu mas’uliyatni e’tiborga olmaydigan narx belgilash tizimini bir-biri bilan taqqoslab, quyidagi fikrga keladi, ya’ni, agar qatnashuvchilar tashqi samara muammosini xarajatlarsiz birgalikda kelishib olsa (kelishish bilan bog‘liq transakion xarajatlar nolga teng bo‘lsa), u holda raqobatlashgan bozor sharoitida ishlab chiqarish qiymatini maksimallashtiradigan mumkin bo‘lgan maksimal natijaga erishish mumkin. Kouz quyidagi misolni keltiradi. Bir-biri bilan qo‘shni bug‘doy yetishtiruvchi va qoramollarni boquvchi fermerlar joylashgan. Mol boquvchi fermer vaqti-vaqti bilan mollarini qo‘shni fermer yerlariga qo‘yib yuborib, uning bug‘doylarini payhon qilib turadi. Ko‘rinib turibdiki, bu yerda tashqi samara (eksternal samara) mavjud. Kouz ko‘rsatganki, bu muammo davlatning aralashuvisiz ikkala fermerning kelishuvi asosida yechilishi mumkin. Agar mol boquvchi ikkinchi fermerga keltirgan zarari uchun mas’uliyatni his qilsa, u ikki variantda yo‘l tutishi mumkin: yo mol boquvchi etkazgan zararini qoplaydi, yoki u ushbu yerni fermerdan ijaraga oladi (ijara haqi to‘lab, agar bug‘doy ekuvchi fermer ham yerni ijaraga olgan bo‘lsa, unda yuqoriroq ijara haqi to‘lab) pirovard natija ikkala holda ham bir xil bo‘lib, ishlab chiqarish qiymatini maksimallashtirishga olib keladi. Agar yetkazilgan zarar uchun mas’uliyat sezilmasa tashqi samara vujudga keladi. Transaksion xarajatlar nol bo‘lganda fermerlarda o‘zaro kelishish uchun iqtisodiy rag‘batlantirish mavjud bo‘ladi, nima uchun deganda, ikkala tomon ham o‘z daromadlarining o‘sishidan manfaatdor va ishlab chiqarish qiymatini maksimallashtirishdan manfaatdor. Lekin, Transaksion xarajatlar hisobga olinsa, yuqoridagiday samarali natijaga erishmasligi mumkin. Bu yerda Transaksion xarajatlar, ya’ni axborot olishni qimmatligi, sud ishi xarajatlari, kelishuv xarajatlari, kelishuv bilan bog‘liq yutuqdan oshib ketish mumkin. Bunga yarasha yetkazilgan zararni hisoblashda ham qiyinchiliklar tug‘iladi (bittasi etkazilgan zararni boshqa tomonga qaraganda katta baholashi mumkin). Ushbu farqlarni hisobga olib, Kouz teoremasiga daromad samarasi degan so‘z kiritilgan. Bitta tomon etkazilgan zararni ikkinchi tomonga nisbatan yuqori baholasa kelishish qiyin. Eksperemental izlanishlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, Kouz teoremasi kelishiladigan tomonlar cheklangan ikkita va uchta bo‘lgandagina o‘rinli. Tomonlar soni oshgan sari Transaksion xarajatlar oshib boradi va ushbu xarajatlarni nolga tengligi to‘g‘risida faraz o‘z kuchini yo‘qotadi. Kouz teoremasi amaliy iqtisodiy hayotda muhim rol o‘ynamoqda, undan atrof-muhitni ifloslantirishga qarshi davlat siyosatini va strategiyasini ishlab chiqishda keng foydalanilmoqda. Download 400.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling