Reja: kirish tashqi samaralar: mazmuni va turlari


Zararli chiqindilar uchun to‘lov


Download 400.25 Kb.
bet6/9
Sana15.02.2023
Hajmi400.25 Kb.
#1200522
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ijtimoiy nematlar samarali

Zararli chiqindilar uchun to‘lov. Bu usulga ko‘ra atrof-muhitga chiqaradigan har birlik zararli chiqindisi uchun firmalarga to‘lov belgilanadi. Ushbu usul, tajriba ko‘rsatayaptiki, atrof-muhitga chiqariladigan umumiy chiqindi hajmini kamaytirishga olib keladi. Lekin, bu tizimni aniq ishlashni to‘liq kafolatlash qiyin.
Tabiiy muhitni zararlash huquqini sotish. Davlat ma’lum soha bo‘yicha zararli chiqindilar chiqarishning mumkin bo‘lgan hajmini aniqlab, uni ruxsatnoma (litsenziya) shaklida auksion orqali sotadi.
Faraz qilaylik, davlat chiqindilarni 2000 kg dan 1000 kg gacha tushirmoqchi. Bu holda davlat bir kilogrammdan chiqindi chiqarishga ruxsat beradigan 1000 ta ruxsatnoma sotadi (15.4-rasm).

15.4-rasm. Atrof-muhitni ifloslashga huquqni sotilishi
Ruxsatnoma taklifi elastik bo‘lmaganligi uchun muvozanat holat E1 nuqtada o‘rnatiladi. E1 nuqtada bir kilogramm chiqindi chiqarish ruxsatnomasi narxi 500 so‘m. Agar atrof-muhitni muhofaza qiluvchi mahalliy “yashillar” harakati partiyasi mahalliy joyda ekologik vaziyatni yaxshilash maqsadida 100 ta ruxsatnomani sotib olib uni sotuvdan chiqarsa, bitta ruxsatnoma narxi ko‘tarilib 600 so‘mga teng bo‘ladi. Bu ushbu usulning egiluvchan ekanligini ko‘rsatadi.
15.3. Mulk huquqi va Kouz teoremasi
Davlat tomonidan tartibga solish qanday qilib tashqi ta’sirlardan kelib chiqadigan samarasizlikni oldini olishga yordam berishini bilamiz. Atmosfera chiqindilari uchun to‘lovlar va atrof-muhit ifloslanish uchun ruxsatnomalar olish samarali hisoblanadi, chunki ular firmalarni ishlab chiqarish jarayonida tashqi xarajatlarni hisobga olishga majbur qiladi. Ammo davlat tomonidan tartibga solish tashqi ta’sirlarni yumshatishning yagona usuli emas. Ba’zi holatlarda samarasizlikni manfaatdor tomonlar o‘rtasida muzokaralar olib borish yoki huquqiy tizimi orqali bartaraf etish mumkin, unda tomonlar yetkazilgan zararni qoplash uchun sudga murojaat qilishlari mumkin.
Mulk huquqi – bu insonlar yoki firmalar o‘z mulklari bilan nima qilishi mumkinligini tavsiflovchi qonuniy qoidalar. Masalan, yerga egalik huquqiga ega bo‘lgan odam, u yerda qurilish boshlashi yoki yerni sotishi mumkin. Bunda u boshqa odamlar yoki firmalar aralashuvidan himoyalangan.
Mulk huquqi nima uchun bu qadar muhimligini tushunish uchun, chiqindi suvni daryoga oqizayotgan firmani qaraylik. Biz uning chiqindilarni yo‘q qilish uchun daryodan foydalanish huquqiga egalik qiladi deb taxmin qilamiz. Baliqchilar esa “ifloslanmagan” suvga egalik huquqiga ega emas. Shu sababli firma daryoning ifloslanishi xarajatlarini ishlab chiqarish hisob-kitoblariga qo‘shishdan manfaatdor emas. Boshqacha qilib aytganda, firma ifloslanish xarajatlarini tashqi xarajatlarga aylantiradi. Ammo aytaylik, baliqchilar daryoga, ya’ni toza suvga egalik qilish huquqiga ega. Bunday holda, ular firmadan chiqindi suvlarni daryoga to‘kish imkoniyati uchun ulardan to‘lov talab qilishi mumkin. Firma oldida yoki ishlab chiqarishdan voz kechish yoki chiqindilar bilan bog‘liq xarajatlarni to‘lash imkoniyati qoladi. Bu xarajatlarni firmaning ichki xarajatlariga aylantirib, resurslarni samarali taqsimlashga yo‘l ochadi.
Agar tashqi ta’sirlar nisbatan kam manfaatdor tomonlarga ta’sir etsa va ularning mulkiy huquqlari yaxshi himoyalangan bo‘lsa, iqtisodiy samaradorlikka davlat aralashuvisiz erishish mumkin. Buni misolda ko‘ramiz. Deylik, metallurgiya zavodidan oqib chiqadigan chiqindi suv baliqchilarning daromadini kamaytiradi. Zavod chiqindilarni kamaytirish uchun filtr tizimini o‘rnatishi, baliqchilar esa suvni tozalash inshootlarini o‘rnatish uchun to‘lov qilishlari mumkin. Samarali yechim zavod va baliqchilarning foydasini maksimal darajada oshiradi.
Xuddi shunday, mulk huquqi aniq belgilangan har qanday vaziyatni tahlil qilish mumkin. Tomonlar hech qanday xarajatsiz va o‘zaro manfaat asosida kelisha olsalar, yakuniy natija mulk huquqi qanday aniqlanishidan qat’iy nazar samarali bo‘ladi. Bu qoida uni ishlab chiqqan Ronald Kouz sharafiga Kouz teoremasi deb ataladi.
Muzokaralar uzoq vaqt davom etishi va qimmatga tushishi mumkin, agar mulk huquqi yaxshi aniqlanmagan bo‘lsa. Bunday holda, ikkala tomon ham qaysi shartlarga ishonishi mumkinligiga amin emas, ikkinchisi esa tomon shartnoma tuzishga rozi bo‘lmaydi.
Agar ikkala tomon ham katta foyda olishiga amin bo‘lsalar, muzokaralar va nazorat xarajatsiz bo‘lgan taqdirda ham tugaydi. Tomonlardan biri yanglishib boshqa tomon oxir-oqibat yon beradi deb o‘ylaydi va ko‘proq ulush talab qilishi oqibatida muzokara olib borishdan bosh tortadi. Bunday strategik xatti-harakatlar samarasiz natijalarga olib kelishi mumkin.
Tashqi samara bilan bog‘liq ko‘p holatlarda jabrlangan tomon (jabrlanuvchi) sudga murojaat qilish qonuniy huquqiga ega. Agar vaziyat muvaffaqiyatli bo‘lsa, jabrlanuvchiga zararni qoplash uchun pul kompensatsiyasi berilishi mumkin. Sudlashuv zararli suvlarni to‘kish uchun to‘lov olishdan farq qiladi, chunki to‘lovni davlat emas, balki jabrlanuvchi tomon oladi.

Download 400.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling