Reja: O`zbekiston milliy taraqqiyotida fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi
Fuqarolik jamiyatining asosiy belgilari
Download 41.23 Kb.
|
1-ma`ruza matni Lotin
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fuqarolik jamiyatining eng muhim omillari
- Fuqarolik jamiyati tamoyillarga
- (2-modda)
Fuqarolik jamiyatining asosiy belgilari:
- erkin individlar uyushmasi; -o‘zaro hamkorlikka asoslangan ijtimoiy tuzilma; -murakkab tuzilishga ega bo‘lgan plyuratilstik tizim; -o‘zini o‘zi rivojlantiradigan va o‘zini o‘zi boshqaradigan nodavlat tuzilmalarning mavjudligi. Fuqarolik jamiyatining eng muhim omillari: 1) iqtisodiy erkinlik, mulk shakllarining rang-barangligi, bozor munosabatlari; 2) inson va fuqaroning tabiiy huquqlarini so‘zsiz e'tirof etish va himoya qilish; 3) hokimiyatning qonuniyligi va demokratik xususiyati; 4) qonun va odil sud oldida hammaning tengligi, har bir shaxsning yuridik jihatdan ishonchli himoyalanganligi; 5) hokimiyatning uchga bo‘linishi va hokimiyatlarning o‘zaro aloqasi printsipiga asoslangan huquqiy davlat; 6) siyosiy va mafkuraviy plyuralizm, konstruktiv muxolifatning mavjudligi; 7) so‘z va matbuot erkinligi, ommaviy axborot vositalarining mustaqilligi; 8) fuqarolarning shaxsiy hayotiga davlatning aralashmasligi, ularning o‘zaro majburiyatlari va burchlari; 9) sinfiy va milliy totuvlik, ijtimoiy sherikchilik; 10)odamlarning o‘zlariga munosib turmush darajasini ta'minlovchi samarali ijtimoiy siyosat. Fuqarolik jamiyati tamoyillarga: -siyosiy sohada hamma odamlarning huquq va erkinliklarining tengligi; -butun jahon hamjamiyatida yuridik kuchga ega bo‘lgan qonunlar asosida fuqarolar huquq va erkinliklari kafolatlangan huquqiy himoya; -individlarning mulkka ega bo‘lish va halol mehnati uchun adolatli haq olish huquqiga asoslangan iqquyidagi kontseptual g‘oyani ilgari surdi:-qonun bilan kafolatlangan fuqarolarning manfaatlari, kasbiy belgilari bo‘yicha davlatdan va siyosiy partiyalardan mustaqil ijtimoiy birlashmalarga birlashish imkoniyatlari; -siyosiy partiya va fuqarolik harakatlarini tashkil etishda fuqarolarning erkinligi; -fuqarolarni erkin, madaniyatli, ma'naviy va ijtimoiy faol, jamiyat a'zolarini qonun oldida ma'suliyatli qilib shakllantiradigan fan, madaniyat, ta'lim va tarbiya uchun zaruriy moddiy va boshqa shart-sharoitlarni yaratish; -faqat qonun bilan cheklangan davlat senzurasidan tashqari erkin faoliyat yuritadigan OAV yaratish va faoliyat yuritish erkinligi; -davlat va fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi munosabatlarni barqarorlashtiradigan mexanizmning (konsensusning) mavjudligi, hamda fuqarolik jamiyati xavfsizligini davlat organlari tomonidan ta'minlanishi. Bu mexanizm, rasmiy bo‘ladimi, norasmiy bo‘ladimi, u o‘z ichiga qonuniy aktlarni, xalq vakillarini, hokimiyatning o‘z-o‘zini boshqarish organlarini demokratik saylov yo‘li tayinlash kabilarni oladi. Biz bilamizki, Vatanimiz mustaqillikka erishganidan so‘ng bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik davlat barpo etish, fuqarolik jamiyatining mustahkam poydevorini shakllantirish bosh strategik maqsad sifatida belgilandi. Shu kabi jamiyatgina O‘zbekiston xalqining munosib turmushini, huquq va erkinliklarini kafolatlashi, milliy an'analar va ma'naviyatimizni qayta tiklashi, shaxs sifatida insonning ma'naviy-axloqiy kamol topishini ta'minlay olishi e'tirof etildi. Fuqarolik jamiyatini shakllantirishning asosiy mezonlaridan biri -bu uning huquqiy negizini yaratishdan iborat bo‘lganligi bois, birinchi navbatda, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolik jamiyatining huquqiy poydevorini o‘rnatishga, uning asosiy qoida va talablarini huquqiy jihatdan mustahkamlovchi huquqiy normalarining o‘z ifodasini topishiga alohida e'tibor berilgan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolik jamiyatining asosiy qoida va talablarini aks ettiruvchi printsipial ahamiyatga ega bo‘lgan normalar sifatida davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qilishi, davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas'ul ekanligi (2-modda), xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbai hisoblanishi (7-modda), O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi - hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi printsipiga asoslanishi (11-modda), O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanishi, hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin emasligi (12-modda) 4 kabi fuqarolik jamiyatining asosiy printsiplari yuridik jihatdan mustahkamlangandir. Mustaqillik davrida fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha Konstitutsiyamizda qayd etilgan asosiy printsiplar va normalar asosida davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish, sud-huquq tizimini isloh etish, axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta'minlash, saylov huquqi erkinligini ta'minlash, fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish, demokratik bozor islohotlarini va iqtisodiyotni liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish bo‘yicha tadrijiy islohotlar amalga oshirildi. Shunday ekan fuqarolik jamiyati yanada rivojlanayotgan va takomillashib borayotgan Yangi O`zbekistonning davlat dasturi sifatida kiritilgan 2017-2021 Harakatlar strategiyasi qolaversa bugungi 2022-2026 Yangi O`zbekiston strategiyasida ham muhim va asosiy o`rinni egallagan. O‘zbekiston o‘tgan davr mobaynida bosib o‘tgan tarixiy yo‘li va orttirgan tajribasini xolisona baholash, mustaqillik yillarida erishgan yutuqlarini tahlil qilish hamda zamon talablaridan kelib chiqqan holda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va mamlakat taraqqiyotini jadallashtirishning muhim ustuvorliklarini hamda aniq marralarini belgilash vazifasi turgan bir vaqtda O‘zbekiston Respublikasi boshqaruviga Shavkat Mirziyoyev saylanganidan so‘ng amalga oshirila boshladi. Chunki, Jahon miqyosida raqobatning kuchayib borishi barchamizdan yangicha ishlash va fikrlashni, yuqori darajada safarbarlikni talab etganligini inobatga olib, mamlakatimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida 2017 yil 7 fevral kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan 2017‒2021 yillarga mo`ljallangan O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi” davlat dasturi qabul qilindi. Ushbu Strategiyada davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini isloh qilish, iqtisodiyot va ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta'minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosatni izchil davom ettirish kabi masalalar taraqqiyotimizning asosiy yo‘nalishlari sifatida belgilab olindi. Harakatlar strategiyasi dasturidagi vaziflarini ro‘yobga chiqarish maqsadida “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi qabul qilindi. 2017 yilda amalga oshirilgan islohotlarning diqqat markazida Harakatlar strategiyasi ijrosi yuzasidan qabul qilingan Davlat dasturi alohida o‘rin egalladi. Aytish joizki, o'tgan 5 yil davomida ijtimoiy sohani rivojlantirish borasida qator tizimli islohotlar amalga oshirildi va ijobiy natijalarga erishildi, biroq shu bilan birga mazkur sohada samarali mexanizmlarni yaratishga to'sqinlik qilayotgan qator muammo va kamchiliklar ham yo'q emas. Biz bilamizki, kelgusi besh yil mobaynida har soha yo'nalishdagi islohotlar alohida ahamiyatga ega. Download 41.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling