Reja: O`zbekiston milliy taraqqiyotida fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi
Download 41.23 Kb.
|
1-ma`ruza matni Lotin
- Bu sahifa navigatsiya:
- Temuriylar Renessansi - Ikkinchi Uyg‘onish davri
- Ikkinchi Uyg‘onish
- “Yangi O ‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!”
Yangi O‘zbekiston tushunchasida mujassam bo‘lgan xalq orzusi tarixiy taraqqiyotning barcha davrlarida millatning yetuk vakillarini uni royobga chiqarish yo‘lida amaliy harakatlarga undab keldi.
Bu asriy orzu ilk o‘rta asrlarda xalqimiz erishgan Birinchi Renessansga va keyingi asrlardagi Ikkinchi Uyg‘onish davriga asos bo‘lgan, ularning ma’naviy poydevori sifatida xizmat qilgan, desak, yanglishmagan bo‘lamiz. Ajdodlarimizning armonlari o‘sha davrda Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Muhammad Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Mansur Moturidiy, Abu Hamid Usturlobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabi mutafakkir bobolarimiz hayoti va faoliyati, asarlarida o‘z talqinini topgan adolat va adolatparvarlik g‘oyalarida mujassam bo‘ldi. Bu oliy havas Mahmud Zamaxshariy va Najmiddin Kubroni uyg‘otdi, ushbu buyuk allomalarning g‘oyalarida, asarlari va xayrli amallarida o‘z aksini topdi. Azaliy intilish Jaloliddin Manguberdini tarbiyaladi, uni haqiqiy vatanparvar, yovqur bahodirga aylantirdi. Garchand u boy berilgan Xorazm saltanatini asrab qololmagan bo‘lsada, el-yurt ozodligi yo‘lida kurashgan mard inson, milliy qahramon sifatida asrlar osha xalqimizning tarixiy xotirasida abadiy saqlanib qoldi. Xalq orzusi Aziziddin Nasafiy, Abu Mu’in Nasafiy, Abduxoliq G‘ijduvoniy, Xoja Ahmad Yassaviy, Zangi ota, Bahouddin Naqshband, Xoja Ahror Valiy kabi aziz-avliyo bobolarimizni tarbiyaladi, ularning kamoloti va ezgu faoliyatida o‘ziga xos ma’naviy tayanch bo‘ldi. Bu orzu Sohibqiron Amir Temur bobomizni jahon sahnasiga olib chiqdi va Temuriylar Renessansi - Ikkinchi Uyg‘onish davri g‘o yalari va xalqimizning bunyodkorlik faoliyatiga kuchli tasir ko‘rsat- di. Markazlashgan qudratli davlat va qonun ustuvor boclgan adolatli jamiyat g‘oyasida mujassam bo‘ldi.Aynan xalq armonini royobga chiqarishga bo‘lgan intilish Amir Temur ibn Tarag‘ay Bahodir davrida nafaqat mamlakat mustaqilligini tahninlash, balki qudratli davlat barpo etish, iqtisodiyot, ilm- fan, madaniyat va san’at sohalarini rivojlantirishga xizmat qildi. Xalqimizning orzu-intilishlari Mirzo Ulug‘bek, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi, Davlatshoh Samarqandiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi Ikkinchi Uyg‘onish davrining buyuk siymolarini maydonga chiqardi, ularning asarlari va faoliyatida o‘z talqinini topgan odil podsho, adolatli jamiyat, komil inson g‘oyalarida namoyon bo‘ldi.0‘sha davrlarda bu orzu komillikka eltadigan iymon va e’tiqodni millat vakillari uchun muqaddas qadriyatga aylantirdi. Natijada komillik va marifat sari intilish tuyg‘usi xalqimiz mentalitetidan mustahkam joy oldi.Davr farzandlarini yuksak fazilatli insonlar etib tarbiyalash o‘sha zamon marifatparvarlarining hayotiyvafuqarolik e’tiqodiga aylangandi. Bu orzu Mashrab va Komil Xorazmiy, Munis va Ogahiy, Berdaq va Ajiniyoz, Ahmad Donish singari ma’rifatparvarlar faoliyatini shakllantirdi. Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Nodira va Dilshodi Barno, Anbar Otin asarlarida o‘z ifodasini topgan bilim va ma’rifatga inti- lish g‘oyalari orqali xalq qalbidan o‘rin oldi. Qolaversa, bu orzu Behbudiy va Avloniy, Munawarqori, Fitrat va Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy va Tavallo, Elbek va Botu kabi minglab jadid bobolarimizga yengilmas g‘ayrat-shijoat berdi. Ularning xalq erkinligi va saodati yo‘lidagi ezgu fikr, ezgu so‘z va ezgu amallari uchun ulkan ma’naviy omil boldi. Biz bilamizki, Nihoyatda og‘ir va murakkab sharoitda faoliyat olib borgan Fayzulla Xo‘jayev, Usmon Yusupov, Sharof Rashidov, Islom Karimov kabi davlat va siyosat arboblari, Qori Niyoziy, Habib Ab- dullayev, Obid Sodiqov, Yolqin To‘raqulov, Toshmuhammad Sarim- soqov, Ibrohim Mo‘minov, Sa’di Sirojiddinov singari olimlar, Oybek, Abdulla Qahhor, G‘afur G‘ulom, Zulfiya, Maqsud Shayxzoda, Mirte- mir, Usmon Nosir, Asqad Muxtor, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Halima Xudoyberdiyeva kabi o‘nlab-yuzlab shoir va adiblar milliy o‘zligimizni asrash yo‘lida jonbozlik ko‘rsatib xizmat qildilar. Bugun 0‘zbekistonimiz o‘z taraqqiyotining yangi davriga qadam qo‘ydi. Erishgan natijalarimiz tarixga aylanib, oldimizdayangi-yangi o‘zgarishlarni amalga oshirish boyicha ulkan vazifa va imkoniyatlar paydo bo‘lmoqda.Yangi 0‘zbekiston orzusi amaliyotga, real voqelikka aylanmoqda. Ammo bu osonlikcha, o‘z-o‘zidan bo‘ladigan ish emas. Yangi jamiyatni barpo etish, avlodlarimiz uchun yorug‘ kelajakni yaratish ehtiyoji barchamizdan ulkan mas’uliyat, fidoyilik va bunyodkorlikni talab qilmoqda.Bugun kelgusi yillar uchun reja va dasturlarimizni aniq belgilab olar ekanmiz, mustaqillik davrida erishgan yutuqlarimizni yanada mustahkamlab, jamiyatimizning barcha sohalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratamiz. Afsuski, hozirgi vaqtda barchamiz dunyodagi barqaror rivoj- lanish jarayoniga to‘sqinlik qilayotgan murakkab va ziddiyatli holatlarga guvoh bo‘lib turibmiz. Bu o‘rinda so‘z jahonda, jumladan, Janubi-Sharqiy Osiyodan tortib Yaqin Sharqqacha bo‘lgan makonda qurolli to‘qnashuvlar kuchayib, o‘zaro ishonchsizlik va nizolar, millatlararo va konfessiyalararo ixtiloflar chuqurlashib borayotgani, tinchlik va xavfsizlikka qarshi boshqa global tahdid va xatarlar paydo bo‘layotgani haqida bormoqda. O`zbekiston uzoq va mashaqqatli yo‘l turibdi. Barchamiz “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” degan yagona maqsad asosida yanada hamjihat bo‘lib, tinimsiz o‘qib-o‘rgansak, ishimizni mukammal va unumli bajarsak, zamonaviy bilimlarni egallab, o‘zimizni ayamasdan mehnat qilsak, albatta hayotimiz va jamiyatimiz o‘zgaradi, aziz farzandlarimiz, kelgusi avlodlar uchun gullab-yashnagan, ozod va obod mamlakatni meros qilib qoldiramiz. Download 41.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling