Reja: O`zbekiston milliy taraqqiyotida fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi
birinchi - erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va inson qadrini yuksaltirish orqali xalqparvar davlat barpo etish; ikkinchi
Download 41.23 Kb.
|
1-ma`ruza matni Lotin
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yangi O ‘zbekiston orzusi
- Yangi O ‘zbekiston - barchamizning ezgu orzumiz, mehnatkash, tinchliksevar xalqimizning orzusi.
- “Ezgu fikr, ezgu so‘z va ezgu amal”
birinchi - erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va inson qadrini yuksaltirish orqali xalqparvar davlat barpo etish;
ikkinchi - mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish; uchinchi - milliy iqtisodiyotni, uning o‘sish sur’atlarini zamon talablari darajasida rivojlantirish; to‘rtinchi - adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish; beshinchi - ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash, ushbu sohani tubdan isloh etish vayangi bosqichga olib chiqish; oltinchi - bugungi kunda insoniyat, xalqimiz duch kelayotgan umumbashariy muammolarga o‘z milliy manfaatlarimizdan kelib chiqqan holda yechim topish; yettinchi - mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq va pragmatik, faol tashqi siyosat olib borish. Xulosa o'rnida aytish mumkinki, keng ko'lamli islohotlar jarayoni izchil davom etib, ular sermahsul bo'lishidan butun xalqimiz manfaatdor. Yangi O'zbekiston Taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishda barcha davlat va jamoat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ham kamarbasta bo'lishiga umid qilamiz. Yangi O‘zbekiston orzusi Bu yorug‘ dunyoga kelgan har bir inson orzu-umidlar bilan yashaydi, kelajak haqida rejalar tuzadi, xayrli niyatlar qiladi. Xuddi shunday har bir xalqning ham tinch-totuv yashash, farovon hayot, barqaror taraqqiyot bilan bog‘liq orzulari bo‘lishi tabiiydir. Jahon xalqlarining siyosiy lug‘atlarida “Amerika orzusi”, “Buyuk Britaniya orzusi”, “Yaponiya orzusi”, “Xitoy orzusi” degan tushunchalar mavjudligi buni yaqqol tasdiqlaydi. Ular besabab va tasodifan shakllan- magan. Ushbu tushunchalarning har biri o‘sha xalqlarning umumiy orzu-umidlari, ular yashayotgan davr va kelajakka doir maqsad- muddaolarni ifoda etadi. Bugungi kunda Yangi 0‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi xuddi shunday hayotbaxsh xususiyat kasb etib, xalqimizni yorug‘ kelajakka chorlab, yangilanishga safarbar qilib, umumiy maqsadlar yo‘lida birlashtirib turadigan yaxlit ma’naviy asos va mezonga aylanib bormoqda. O‘z kuch va imkoniyatlarimizga bo‘lgan ishonch bizni Yangi 0‘zbekistonni barpo etish va yangi Uyg‘onish davri poydevorini yaratishdek ulug‘ maqsad yo‘lida jipslashtirib, yanada kuchli va mustahkam qilmoqda. Bizning zimmamizga tushgan ulkan, tarixiy missiyani muvaffaqiyatli ado etish, muqaddas Vatanimizni har tomonlama taraqqiy ettirishga qaratilgan og‘ir va mashaqqatli, shu bilan birga, g‘oyat sharafli intilishlar ulkan amaliy harakat va natijalarga aylanib bormoqda. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, Yangi O‘zbekiston - barchamizning ezgu orzumiz, mehnatkash, tinchliksevar xalqimizning orzusi. Unda el-yurtimizning azaliy umid-niyatlari, yuksalish sari intilishlari o‘ziga xos tarzda aks etmoqda. Yangi O‘zbekiston orzusi ham, jahondagi milliy taraqqiyot g‘oyalarini o‘zida jamlagan boshqa ijtimoiy hodisalar kabi, asrlar davomida shakllanib va sayqallanib kelmoqda.Bu orzuda mujassam bo‘lgan xalqimizning istagi, xohish-irodasi insonparvar va taraqqiyparvar g‘oyalarda o‘z ifodasini topganiga qadim tariximiz guvoh. Davrlar nafasi va xalqning ehtiyoj hamda manfaatlari, intilish va orzu-havaslariga monand ravishda u goh ezgulik va adolat, goh qudratli davlat va adolatli shoh, goh komil inson va ma’rifatli jamiyat bilan bog‘liq oliyjanob g‘oyalarda namoyon bo‘lgani ma’lum. Ana shu ezgu orzu dastlab, miloddan oldingi davrlarda “Avesto”da o‘z talqinini topgan hayotiy g‘oyada mujassam edi, desak, to‘g‘ri bo‘ladi. Ayni shu orzu “Ezgu fikr, ezgu so‘z va ezgu amal” tamoyilining xalq tafakkuri va turmush tarzidan mustahkam o‘rin olishiga sabab bo‘ldi. Shu tariqa ezgulik va insonparvarlik ruhida yashash, bu qadriyatlarni himoya qilish xalqimiz mentaliteti va ma’naviyatining muhim tarkibiy qismiga, hayotiy faoliyatining asosiy yo‘nalishiga aylandi. Download 41.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling