Reja: O`zbekiston milliy taraqqiyotida fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi


Download 41.23 Kb.
bet8/9
Sana28.12.2022
Hajmi41.23 Kb.
#1013486
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-ma`ruza matni Lotin

Yangi O‘zbekiston fenomeni
Muayyan xalq yoki davlat hayoti uchun g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadigan biror-bir fenomen yoki u haqdagi tushuncha va tamoyillar o‘z-o‘zidan, osongina paydo bo‘lmaydi va tasodifan dunyoga kelib qolmaydi.
Shu ma’noda, har qanday hodisa, tushuncha yoki atamaning o‘ziga xos shakllanish jarayoni bor. Yangi 0‘zbekiston fenomeni ham bundan mustasno emas. Ushbu tushuncha mamlakatimizning zamonaviy qiyofasini shakllantirish, yurtimizda demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyatini barpo etish, Uchinchi Renessans poy- devorini yaratish borasidagi islohotlarimizning tayanch g‘oyasini ifoda etadi.
Ana shu g‘oya asosida yurtimizda “Yangi O‘zbekiston - Uchinchi Renessans sari” degan shior ilgari surilayotgani ham bejiz emas.
Biz orzu qilgan va qat’iy intilayotgan Yangi 0‘zbekiston g‘oyasi, awalo, xalqimiz o‘z milliy taraqqiyotining yangi davriga qadam qo‘yganini, jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egallayotgani, bu borada oldimizda ko‘plab yangi imkoniyatlar paydo bo‘layotganini anglatadigan tushunchadir.
Yangi 0‘zbekiston - Vatanimiz mustaqilligini yanada mustahkamlash, erkinlik va ozodlikning yangi davri, bunyodkorlik va farovonlik yo‘lining yuqori bosqichidir.
Yangi 0‘zbekiston - bu “Xalq manfaati hamma narsadan ulug‘” degan ezgu g‘oya amaliy ishlar bilan o‘z tasdig‘ini topayotgan mamlakatdir. Yangi-yangi uy-joylar, zamonaviy korxonalar, ilm-fan, ta’lim, tibbiyot, madaniyat va sport maskanlari, obod qishloq va shaharlar yurtimiz chiroyiga chiroy qo‘shayotgan tarixiy bir davrdir.
Yangi O‘zbekiston tushunchasi uchun asos bo‘layotgan va unda o‘z aksini topayotgan eng muhim jihat va amaliy mezonlar quyidagilardan iborat:
❖ butun mamlakatimizda islohot va yangilanishlarning keng ko‘lamda amalga oshirilayotgani, eng muhimi, raqobatbardosh va tashqi dunyo uchun ochiq ijtimoiy-iqtisodiy makonni barpo etishga sobitqadamlik bilan kirishilgani;
❖ mamlakatimizning barqaror rivojlanishini ta’minlash, zamonaviy yangi jamiyatni barpo etish g‘oyasi aholining barcha qatlamlari tomonidan qo‘llab-quwatlanayotgani va el-yurtimizning bu g‘oya atrofida jipslashayotgani;
❖ bu tarixiy jarayonda mamlakatimizni rivojlantirish strategiyasini to‘liq amalga oshirish mas’uliyati butun xalqimiz tomonidan chuqur his etilayotgani;
❖ ushbu maqsad yo‘lida barcha ijtimoiy qatlamlar, hokimiyatning vakillik va ijro organlari, fuqarolik jamiyati institutlarining imkoniyatlari keng ishga solinayotgani;

Download 41.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling