Reja: O`zbekiston milliy taraqqiyotida fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi
“Xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va qudratli bo‘ladi”
Download 41.23 Kb.
|
1-ma`ruza matni Lotin
“Xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va qudratli bo‘ladi”, degan yondashuv asosida shaxs, jamiyat va davlat manfaatlari uyg‘unligini ta’minlash, kuchli fuqarolik jamiyati, konstitutsiyaviy parlament demokratiyasi, erkin bozor iqtisodiyoti hamda barchaning mulk huquqini hurmat qilish tamoyili mamlakatimiz ravnaqining asosiga aylanayotgani;
❖ Yangi 0‘zbekistonni qudratli va salohiyatli davlatga aylantirish, bu borada mamlakatimizning dunyodagi iqtisodiyoti barqaror o‘sayotgan, inson kapitali yuqori bo‘lgan raqobatbardosh demokratik davlatlar qatoriga kirishini ta’minlash yo‘lida amaliy harakatlar olib borilayotgani; ❖ yangi jamiyatning navqiron avlodi, zamonaviy dunyoqarash va fuqarolik mas’uliyatiga ega bo‘lgan yoshlar hayotga kirib kelayotgani va ular uchun keng imkoniyatlar yaratilayotgani. Bir so‘z bilan aytganda, jamiyatimizning yangi qiyofasi ana shunday keng ko‘lamli islohotlar jarayonida barpo bo‘lmoqda, uning zamonaviy demokratik imiji bosqichma-bosqich shakllanib bormoqda. Lekin bu osongina amalga oshmasligi, yangi jamiyat binosi bir kun yoki bir yilda tiklanib qolmasligi aniq. Qonun va inson manfaatlari ustuvor bo‘ladigan erkin va farovon hayot o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmasligi hammaga ma’lum. Uchinchi Renessans poydevorini yaratish g‘oyasi ham tasodifan va quruq yerda paydo bo‘lmagan, albatta. Yurtimizning boy qazilma va tabiiy resurslarga, qadimiy tarix va madaniy merosga, qudratli iqtisodiy va insoniy salohiyatga ega ekani bu boradagi hayotbaxsh rejalarga asos berayotgani shubhasiz. Awalambor, Yangi 0‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining mustahkam tayanchi va suyanchi bo‘ladigan tarixiy-ma’naviy omil, ya’ni bizning eng katta boyligimiz - xalqimizning ulkan madaniy merosi, intellektual salohiyatidir. Jahon hamjamiyati tomonidan keng e’tirof etilayotgan ushbu bebaho boylik umumbashariy taraqqiyotga munosib hissa bo‘lib qo‘shilgani ma’lum. Aynan ana shu omil Yangi 0‘zbekiston poydevorini yaratishda ilm-fan, ta’lim-tarbiya, ma’naviy va madaniy faoliyat sohalari ni keng rivojlantirish va yangi bosqichga olib chiqish uchun asos bo‘lmoqda. Qadimdan jahon sivilizatsiyasi va madaniyatlari chorrahasida joylashgan diyorimizda xalqimiz bilan birga turli millat vakillari ahil va hamjihat bo‘lib, tinch va osoyishta yashab keladi. O‘zbekistondagi bag‘rikenglik siyosati tufayli hozirgi kunda yurtimizda yagona oila bo‘lib yashayotgan millat va elat vakillariga o‘z ona tili, urf-odat va qadriyatlarini rivojlantirishi uchun barcha sha- roitlar yaratilmoqda. Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya muassasalari va ommaviy axborot vositalari o‘zbek tili bilan birga qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman tillarida faoliyat olib borayotgani xalqaro jamoatchilik to- monidan ijobiy hodisa sifatida e’tirof etilmoqda. Yuqoridagilardan kelib chiqib, bugungi kunda mamlakatimizda inson huquq va erkinliklari demokratik jamiyatning eng oliy qadriyati sifatida qaror topishi uchun barcha choralarni ko‘rilmoqda. Fuqarolarimizning emin-erkin yashashi, uy-joy va yer-mulkka ega bo‘lishi, tibbiy xizmatlardan foydalanishi, bilim olish kabi tabiiy huquq va erkinliklarini ta’minlash sohasida katta islohotlarni amalga oshirilmoqda va biz ana shu vazifalarni kelajak uchun qat’iy davom ettirishimiz muhum ahamiyatni kasb etadi. 1 Каримов И.А. Озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон ҳаёт – пировард мақсадимиз. Т.: Ўзбекистон. 2000. 8-жилд. -Б-331. 2 Мирзиёев Ш.М. Қонун устуворлиги ва инсон манфаатларини таъминлаш – юрт тараққиёти ва халқ фаровонлигининг гарови.Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганининг 24 йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги маъруза.//Миллий тараққиёт йўлимизни қатъият билан давом эттириб, янги босқичга кўтарамиз.-Т.: Ўзбекистон НМИУ, 2017.-Б.102-103.. 3 Фуқаролик жамияти:ютуқлар, муаммолар, истиқболлар. Т.: Академия. 2007. 4 O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.-T.:O‘zbekiston, 2016.-B.4-6. Download 41.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling