Reja: O`zbekiston milliy taraqqiyotida fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi


Download 41.23 Kb.
bet1/9
Sana28.12.2022
Hajmi41.23 Kb.
#1013486
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-ma`ruza matni Lotin


  1. mavzu: Yangi O‘zbekiston: Harakatlar strategiyasidan - taraqqiyot strategiyasi sari.



Reja:

  1. O`zbekiston milliy taraqqiyotida fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi.

  2. Harakarlar stategiyasi.

  3. Yangi O`zbekiston Strategiyasi yo`nalishlari.

  4. Uchinchi Renasans



Tayanch so‘zlar: fuqarolik jamiyati, davlat hokimiyati, demokratik jamiyat, demokratik davlat, huquqiy davlat, siyosiy institutlar, fuqarolik jamiyati institutlari, harakatlar strategiyasi, Yangi O`zbekiston, Yangi O`zbekiston strategiyasi.
Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasi ta’lim tizimida islohotlar kursi barcha Oliy ta’lim tizimidagi islohotlar barcha oliy ta’lim mutaxasisligi ta’lim yo‘nalishida talabalarga ilmiy, siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy dunyoqarashni shakllantirishni, mustaqillik yillarida amalga oshirilgan tub ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy-madaniy islohotlar, xarakarlar va taraqiyot strtegiyasi, bugungi kumdagi jarayonlarda zaruriy bilimlarni beradi.


Mazkur fan kursini o‘qitishdan maqsadtаlаbаlаrgа Oʻzbekiston Respublikаsini yanаdа rivojlаntirish borasida Yangi Taraqqiyot strаtegiyasining mаqsаd vа vаzifаlаri, аsosiy yoʻnаlishlаri tusuntirish hamda Yangi Oʻzbekiston milliy tаrаqqiyotining yangi bosqichidаgi “Inson qadri uchun” tamoyili asosida xalqimizning farovonligini yanada oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarini transformasiya qilish va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, inson huquqlari va manfaatlarini so‘zsiz ta’minlash hamda fаol fuqаrolik jamiyatini takomillashtirishda talabalarda shаxsiy (fuqarolik) mаs’uliyatni shakllan-tirishdan iborаt.


Mazkur fan kursining vazifasi - Oʻzbekiston milliy tаrаqqiyotining yangi bosqichidа аmаlgа oshirilаyotgаn islohotlаrning mаzmun mohiyatini, Oʻzbekiston Respublikаsini yanаdа rivojlаntirish boʻyichа “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strаtegiyasi”ning аsosiy yoʻnаlishlаrini, ulаrni аmаlgа oshirish mexаnizmlаrini tushuntirish; fuqаrolik jаmiyatini bаrpo etishning ijtimoiy-siyosiy, huquqiy vа mа’nаviy аsoslаri toʻgʻrisidаgi tаsаvvurlаrini boyitishdаn iborаt.


Jahon miqyosida fuqarolik jamiyati yuqori darajaga ko`tarilgani sari O‘zbekistonda ham fuqarolik jamiyatini rivojlantirish islohotlari boshlab yuborilgani xech kimga sir emas. Ana shu jarayonlarda jahon mamlakatlarida shu kabi jamiyat asoslarining yaratilish tajribasi, bu sohadagi islohotlarning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va huquqiy asoslarining shakllantirilishi, ularga doir nazariy ishlanmalarni o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, fuqarolik jamiyatining bu insoniyat uchun muhim bo‘lgan ijobiy jihatlari o‘tish davrini o‘z boshidan kechirayotgan mamlakatlarda inson huquq va erkinliklarini ta'minlash va quqiy davlat sari rivojlanish intilishiga doir islohotlarida muhim tajriba sifatida namoyon bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, Yanfi O`zbekiston taraqqiyot strategiyasi kursi oliy ta'lim tizimida o‘qitish muhim dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Taraqqiyot strategiyasi jahonda bir necha minglab yillar davomida yig‘ilgan umuminsoniy qadriyatlarni hozirgi umuminsoniy va demokratik qadriyatlar bilan uyg‘un holda o‘rganishi va ulardan xulosalar chiqarishi tufayli yosh avlodni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Yangi Ozbekiston Taraqqiyot strategiyasi kursi ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan hamkorlik qiladi. Umuman olganda, insonni hozirgi davrga kelib aynan -fuqarolik jamiyatining rivojlanish qonuniyatlari, tamoyillari va uning shaxsni kamolga yetkazishdagi roliga doir bilimlar bilan qurollantiradi.
Biz bilamizki, bugungi kunda dunyodagi rivojlangan mamlakatlarda fuqarolik jamiyatining qurilganligi, mazkur jamiyat siyosiy instituti sifatida huquqiy davlat bunyod etilganligi, bu kabi jamiyat va davlatlar muhitida inson va uning faoliyati uchun erkinlik yaratilishi, inson huquqlarini himoyalashning miqyosi nihoyatda keng ekanligi kabi omillar demokratiya qurish yo‘lidan ketayotgan davlatlarni qiziqtimoqda. Shuning uchun ham o‘tish davrida yashayotgan mamlakatlar siyosiy elitasi fuqarolik jamiyatini nafaqat ijtimoiy model sifatida, balki uni ta'lim tizimiga joriy etish asnosida yosh avlodni shakllantirish omili sifatida ham e'tirof etmoqda.
O‘zbekiston davlati mustaqillikka erishganidan keyin bozor iqtisodiyoti munosabatlariga asoslangan mustaqil fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat barpo etish, inson manfaatlarini qondirish, ular huquq va erkinliklarini ta'minlash, jamiyatda qonun ustuvorligiga erishish asnosida barcha fuqarolarning qonun oldida tengligiga va adolat printslarini amal qilishiga erishish kabi ezguliklarga asoslanadigan muhitni yaratish uchun fuqarolik jamiyati qurishni asosiy strategik maqsad sifatida e'lon qildi.
Shuning uchun ham birinchi Prezident I.A.Karimov mustaqillikning ilk davridayoq «bizning bosh strategik maqsadimiz qat'iy va o‘zgarmas bo‘lib, bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik davlat barpo etish, fuqarolik jamiyatining mustahkam poydevorini shakllantirishdan iborat»1degan g‘oyani ilgari surgan edi. Bunda O`zbekistonni rivojlantirish borasida “O'zbek modeli” davlat dasturi belgilandi va 2016 yilga qadar O`zbekiston ana shu modelda ko`rsatilgan besh tamoyildan foydalanib keldi. “O'zbek modeli” tushunchasi, avvalo, O'zbekistonning mustaqil milliy taraqqiyoti qanday bo'lishi lozimligini asoslaydigan, uni muayyan maqsadlarga yo'naltiradigan eng umumiy nazariy xulosalar va mo'ljallar bilan davlatning belgilangan maqsadlarga erishishga qaratilgan amaliy siyosatining mushtarakligini anglatdi. Jamiyatni isloq etishning besh tamoyili Taraqqiyotning o'zbek modeli jamiyatni inqilobiy tarzda emas, balki evolyusion-tadrijiy ravishda isloh etish bilan bog`liqdir.

O'zbek modeli” tamoyillari quyidagilaardan iborat :





Download 41.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling