Reja: O`zbekiston milliy taraqqiyotida fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi


Download 41.23 Kb.
bet3/9
Sana28.12.2022
Hajmi41.23 Kb.
#1013486
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-ma`ruza matni Lotin

Ijtimoiy-siyosiy asos-fuqarolik jamiyati qurilayotgan davlatning mustaqil va suveren ekanligi, iqtisodiy va siyosiy hokimiyatlarning bir-biridan ajratilganligi; fuqarolarning o‘z maqsadlarini himoya qilish maqsadida ma'lum nodavlat tashkilotlarga birlashgan bo‘lishi, hokimiyatni uchga bo‘linish printsipi amalda o‘z aksini topganligi, hokimiyatlarni turli markazlar, guruhlar yoki shaxslar qo‘lida to‘planib qolmasligi; siyosiy plyuralizmning mavjudligi; davlat hokimiyati vakolati funktsiyalarining sekin-asta sekinlik bilan quyi vakillik organlari va o‘zini o‘zi boshqarish organlariga berib borilishi;
Huquqiy asosi-jamiyatda insonning yashashi va rivojlanishi uchun muhim zarurat bo‘lgan erkinlik, tenglik, adolat qadriyatlarining qaror topganligi, shaxslar va fuqarolar o‘rtasida o‘zaro tenglikning ta'minlanganligi, ularning huquq va erkinliklarini davlat tomonidan to‘liq ravishda e'tirof etilishi; adolat printsiplariga amal qilinishi; bir shaxsning erkinligi ikkinchi shaxsning erkinligiga daxl etsa, uning erkinligi shu yerda to‘xtalishi, davlat, jamiyat va shaxs manfaatlari o‘zaro mushtarkligining shakllanishi;
Ma'naviy asos-insonlar o‘z qadr-qimmatini har qanday tajovuzlardan himoya qila olish qobiliyatini shakllanganligi, xalqning jamiyat qadriyatlari himoya qila olish salohiyatining mavjudligi, vijdon erkinligining amal qilishi, jamiyatda ahloqiy me'yorlarga amal qilish urf-odatlarining shakllanganligi, biron-bir mafkuraning yakka hokimlik qilishga urinishlarining cheklab qo‘yilganligi, fuqarolarning ma'naviy va ijtimoiy jarayonlarda bevosita va bilvosita ishtirok etishlari uchun barcha shart-sharoitlarning mavjudligi, har bir fuqaroning o‘z mustaqil fikrlashi va qarashiga ega ekanligini namoyon qilish uchun barcha sharoitlarning mavjud ekanligi, ma'naviy jarayonlarni faqat jamiyat va fuqarolar tomonidan amalga oshirilishi, har bir fuqaroning qanday dunyoqarash yoki dinga kirishi uning o‘zi tomonidan hal etilishi, diniy erkinlik, barcha dinlar va mafkuralarning o‘zaro hamkorlikda yashashlari uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlarning yaratilganligi.
Umuman olganda “fuqarolik jamiyati” atamasi turli xorijiy adabiyotlarda umumiy mohiyatga ega, shu bilan birga, har bir mamlakatning milliy an'anlarini ham uyg‘unlashtiradigan tushuncha bo‘lib, u hozirgi davrdagi talqinlarda jamiyatning muayyan shaklini, uning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va huquqiy tabiatini, rivojlanish darajasini ifodalaydi. Fuqarolik jamiyatini shakllantirish masalalari doimo davlatni takomillashtirish, huquq va qonunning rolini yuksaltirish muammolari hal etish bilan chambarchas tarzda o‘zaro bog‘likdir.
Ba'zi olimlarning fikricha, demokratik jamiyat- bu «eng avvalo, fuqarolik jamiyatidir. Chinakam demokratiyaning oliy mazmuni-shaxslararo, millatlararo, davlat va ijtimoiy-siyosiy munosabatlarni uyg‘unlantirishdan iborat. Bunda inson va jamiyat, jamiyat va davlat hokimiyati tinch-totuv yashaydi».Fuqarolarning davlat hayotida ishtirok etishi jarayoni ancha kuchayib bormoqda va siyosiy partiyalar, nohukumat tashkilotlar faoliyatida, hayotning barcha jabhalari, shu jumladan inson huquqlari sohasida ham organlar va mansabdor shaxslar faoliyatining ijtimoiy nazoratini hamkorlikda amalga oshirishga qaratilgan ommaviy axborot vositalarining faollashuvida o‘z aksini topmoqda.
Fuqarolik jamiyati- bu, ijtimoiy-siyosiy masalalarni hal etishda faol qatnashadigan, davlatning bedodligi va aralashuviga yo‘l qo‘ymaydigan huquq hukmron bo‘lgan, fuqarolar va davlat hamkorlik asosida ishlaydigan ongli individlar jamiyatidir. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida fuqarolik jamiyatiga ta'rif berilmagan bo‘lsa-da, unda fuqarolik institutlarini tashkil etish va ular faoliyatining huquqiy asoslari e'tirof etilgan, ularning davlat bilan o‘zaro hamkorligi printsiplari belgilangan.3
Fuqarolik jamiyati tuzilmalari “yuqoridan” turib emas, balki “quyidan” - fuqarolarning tashabbusi bilan, ixtiyoriy asosda, tabiiyki, muassislarning manfaatlari, qiziqishlari va moyilliklariga muvofiq tuziladi. Ularning erkinligi davlat tuzilmalariga qaram emaslikda, ichki qoidalar bilan nazarda tutilgan vazifalarni hal qilishga qaratilgan o‘zini o‘zi boshqarish faoliyatida namoyon bo‘ladi.



Download 41.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling