Reja O‘zbekiston respublikasining qonuni elektron tijorat to‘g‘risida


-modda. Elektron tijoratda tovarlarni yetkazib berish


Download 214.5 Kb.
bet11/13
Sana18.12.2022
Hajmi214.5 Kb.
#1031660
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
adxam

25-modda. Elektron tijoratda tovarlarni yetkazib berish
Agar shartnoma tovarni yetkazib berish sharti bilan tuzilgan bo‘lsa, sotuvchi tovarni xaridor tomonidan ko‘rsatilgan joyga shartnomada belgilangan muddatlarda yetkazib berishi shart.
Tovarlarni shartnomada ko‘rsatilgan joyga yetkazib berish uchun sotuvchi:
yetkazib berishni o‘ziga tegishli bo‘lgan transport vositasida mustaqil ravishda amalga oshirishi (bundan qonunchilikda belgilangan hollar mustasno);
tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berish xizmatlarini ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lgan yetkazib berish xizmatlaridan foydalanishi;
yetkazib berishning qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa usullaridan foydalanishi mumkin.
Qonunchilikka muvofiq yuk xatini rasmiylashtirish talab etiladigan hollarda elektron tijoratda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib berish faqat elektron tarzda shakllantirilgan yuk xati bo‘yicha amalga oshiriladi.
Agar shartnomada tovarni yetkazib berish muddati ko‘rsatilmagan bo‘lsa va mazkur muddatni aniqlash mumkin bo‘lmasa, tovar xaridor tomonidan aksept qabul qilingan paytdan e’tiboran o‘ttiz kundan oshmaydigan muddatda yetkazib berilishi kerak.
Sotuvchi tomonidan tovarni xaridorga yetkazib berish muddatlari buzilgan taqdirda, sotuvchi qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Agar shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, sotuvchi xaridorga tovarni yetkazib berishi va bir vaqtning o‘zida qonunchilikda nazarda tutilgan tegishli hujjatlarni (texnik pasportni, sifat sertifikatini, qo‘llashga doir yo‘riqnomani) taqdim etishi shart.
Agar qonunchilikda yoki shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, tovar xaridorga yoki shartnoma tuzilganligi yoxud tovarni yetkazib berish rasmiylashtirilganligi to‘g‘risida guvohlik beradigan kvitansiyani yoki boshqa hujjatni taqdim etgan har qanday shaxsga topshirilgan paytdan e’tiboran chakana oldi-sotdi shartnomasi sotuvchi tomonidan bajarilgan deb hisoblanadi.
26-modda. Elektron tijoratda nuqsonli tovarni almashtirib berish va (yoki) tovarning nuqsonlarini bartaraf etish
Shartnoma bekor qilinganda sotuvchi xaridorga tovarni qaytarib berish amalga oshiriladigan joy to‘g‘risida xabar berishi kerak.
Tovarni namuna va (yoki) uning tavsifi bo‘yicha realizatsiya qilish chog‘ida sotuvchi namunaga va (yoki) tavsifga muvofiq bo‘lgan tovarni taqdim etishi, shuningdek xaridorga tovarni qabul qilib olishi chog‘ida uning butligini, yaroqliligini va iste’mol xususiyatlari to‘liq saqlanganligini tekshirish imkoniyatini berishi shart.
Tovar namunaga va (yoki) tavsifga muvofiq bo‘lmagan hollarda, xaridor uni almashtirishni yoki pul summasini qaytarishni talab qilish huquqiga ega.
Xaridorning aybisiz yetkazilgan shikastlantirishlar, shuningdek tovarni ko‘zdan kechirish va uni tekshirib ko‘rish maqsadida o‘rovini ochish sababli tovar qiymatining pasayishi xaridorni shartnomani bekor qilish huquqidan mahrum etmaydi.
Agar tovardan foydalanilmagan, u shikastlanmagan, o‘rovi bilan qaytarilgan bo‘lsa, uning iste’mol xususiyatlari saqlangan va mazkur tovar shu sotuvchidan sotib olganligini tasdiqlovchi asoslar mavjud bo‘lsa, xaridorning tovarni almashtirib berish yoxud qaytarib olish haqidagi talabi qanoatlantirilishi lozim.
Xaridor tovarning ishlab chiqarilishiga, tuzilishiga, tarkibiga doir nuqsonlarni yoki boshqa nuqsonlarni aniqlagan taqdirda, sotuvchi uni ayni shunday markali (modelli, artikulli) tovarga yetti kunlik muddatda, tovar sifatini sotuvchi tomonidan qo‘shimcha ravishda tekshirish zarur bo‘lganda esa xaridor talab qo‘ygan paytdan e’tiboran yigirma kun ichida almashtirib berishi shart.
Ayni shunday markali (modelli, artikulli) tovar mavjud bo‘lmagan taqdirda, xaridorning almashtirib berish to‘g‘risidagi talabi e’tiroz bildirilgan paytdan e’tiboran bir oy ichida qanoatlantirilishi lozim.
Agar ayni shunday markali (modelli, artikulli) tovar mavjud bo‘lmasa, shartnoma bekor qilinib, ko‘rilgan zararning o‘rni sotuvchi tomonidan xaridorga e’tiroz bildirilgan paytdan e’tiboran bir oy ichida qoplanishi lozim.
Xaridorning roziligiga ko‘ra, sotuvchi nuqsonli tovarni boshqa markali (modelli, artikulli) shunday tovarga almashtirib berib, xarid narxini tegishincha qayta hisob-kitob qilishi shart.

Download 214.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling