Reja O‘zbekiston respublikasining qonuni elektron tijorat to‘g‘risida


-modda. Elektron tijoratda hujjatlarni saqlashning o‘ziga xos xususiyatlari


Download 214.5 Kb.
bet8/13
Sana18.12.2022
Hajmi214.5 Kb.
#1031660
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
adxam

17-modda. Elektron tijoratda hujjatlarni saqlashning o‘ziga xos xususiyatlari
Elektron tijoratda elektron hujjatlarni saqlash muddati shunday maqsad uchun mo‘ljallangan qog‘ozdagi hujjat uchun belgilangan muddatdan kam bo‘lmasligi kerak.
Quyidagilar elektron tijoratda elektron hujjatlarni va xabarlarni saqlash huquqiga ega:
elektron tijorat ishtirokchilari;
elektron tijorat operatorlari;
qonunchilikka muvofiq boshqa yuridik va jismoniy shaxslar.
18-modda. Elektron tijoratni amalga oshirish jarayonlari
Agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, elektron tijorat ishtirokchilari o‘zaro kelishuvga ko‘ra quyidagilarni belgilashga haqli:
identifikatsiya qilish, elektron hujjat va xabar almashish tartibini;
shartnoma tuzishga doir harakatlarni amalga oshirish tartibini;
ofertani joylashtirish, yuborish va qabul qilish tartibini;
akseptni yuborish va akseptni chaqirib olish tartibini;
axborotning ishonchliligini tekshirish tartibini;
taraflarning axborot tizimlari dasturiy ta’minotidan foydalanish tartibini.
19-modda. Shartnomani tuzish tartibi
Shartnoma akseptni amalga oshirish yo‘li bilan:
elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash nazarda tutiladigan elektron hujjat tarzida;
elektron tijorat ishtirokchisining roziligi bildirilgan elektron xabar tarzida;
ofertada ko‘rsatilgan shartlarni bajarishga doir harakatlarni bajarish orqali tuzilishi mumkin.
Shartnoma ofertani yuborgan elektron tijorat ishtirokchisi tomonidan ofertaning aksepti olingan paytdan e’tiboran tuzilgan deb e’tirof etiladi.
Shartnomani bajarish bilan bog‘liq hujjatlar elektron hujjat tarzida yoki qog‘ozda rasmiylashtirilishi mumkin.
20-modda. Raqamli mahsulotlar bo‘yicha shartnomalarni rasmiylashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari
Moddiy jismlarda tarqatiladigan raqamli mahsulotlarga doir shartnomalar boshqa tovarlarga oid shartnomalarga o‘xshash tarzda tasdiqlanadi.
Moddiy jismdan foydalanmagan holda, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘i orqali shaxsiy kompyuterga yoki mobil qurilmaga yuklash (yuklab olish) orqali tarqatiladigan, onlayn xizmatlardan foydalanish yoki ularga obuna bo‘lish va boshqa usullar orqali tarqatiladigan raqamli mahsulotlarga doir shartnomalar:
cheklar, raqamli mahsulotga bo‘lgan huquqni sotib olish to‘g‘risidagi kvitansiyalar hamda shartnoma taraflarini identifikatsiya qilish imkonini beradigan, moddiy jismdan foydalanmagan holda tarqatish jarayonida axborot tizimlari orqali shakllantirilgan boshqa xabarlar;
xo‘jalik yurituvchi subyektning ichki hujjatlari (xo‘jalik yurituvchi subyekt mas’ul shaxsining hisobotlari, bankdan olingan ko‘chirmalar, buxgalteriya ma’lumotnomalari va boshqalar) bilan tasdiqlanadi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar birlamchi hisobga olish hujjatini unga quyidagilarni ilova qilgan holda bir tomonlama tartibda rasmiylashtirishga haqli:
qo‘shilib olishga, ofertaga oid shartnomaning, litsenziya shartnomasining va boshqa shartnomaning elektron ko‘chirma nusxalarini;
hisobvaraq-fakturaning (invoysning) yoki kontragentdan elektron xabar shaklida olingan boshqa hujjatning ko‘chirma nusxalarini;
pul mablag‘lari kelib tushganligini va ularning to‘langanligini tasdiqlovchi elektron hujjatlarni (elektron xabarlarni).

Download 214.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling