Reja: Qadimgi davr folklorining o`ziga xos xususiyatlari


Download 136.63 Kb.
bet10/13
Sana11.01.2023
Hajmi136.63 Kb.
#1089100
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
2 -MAVZU mif

Tarixiy rivoyatlar

  • Tarixiy rivoyatlarda haqiqatda hayotda bo`lib o`tgan voqealar, yashab o`tgan shaxslar to`g`risida so`z yuritiladi. Atoqli va mashhur shaxslarning hayoti va faoliyatini hikoya qilish orqali axloq va odobning ideal normalari tashviq etiladi. Jumladan, To`maris, Shiroq kabi vatanparvarlar shaxslarning hayoti misol bo’ladi.
  • “To`maris” Gerodotning “Tarix” asari orqali bizgacha yetib kelgan bo`lib, unda massaget qabilasining oqila va jasoratli hukmdori To`maris ismli ayolning o`z elini hiylakor bosqinchi Eron shohi Kir hujumidan omon saqlab qolganligi haqida hikoya qilinadi.
  • To`maris beva ayolligi uchun Kir unga uylanish bahonasida sovchi yuborib, Shu yo`l bilan massagetlar yerini osongina o`z tasarrufiga o`tkazmoqchi bo`ladi. Biroq Kirning bu yovuz rejasini To`maris ilg`ab, uni ochiqdan-ochiq kurashga chorlaydi. Kir Krezning maslahati bilan hiyla ishlatib, To`marisning o`g`li Sparganiz boshchiligidagi massagetlarning bir guruhini qo`lga oladi. Sparganiz o`z ahvolidan orlanib, joniga qasd qiladi. Shundan so`ng ikki o`rtada qattiq jang bo`lib o`tadi. Kir bu jangda sharmandalarcha yengilib, halok bo`ladi. Jang tugagach, To`maris uning jasadini murdalar orasidan toptirib, boshini olib uni qon to`ldirilgan meshga tashlaydi va “Men seni qonga to`ydiraman deb bergan va’damning ustidan chiqdim”,– deydi.

“Shiroq”

  • “Shiroq” Polienning “Harbiy hiylalar” asari orqali bizgacha yetib kelgan. Bu rivoyatda shak qabilasining cho`poni, oddiy otboqar va dostonchi chol Shiroqning o`z qabilasi osoyishtaligini o`ylab o`limga tik borishi, el-yurti uchun fido-yiligi haqida hikoya qilingan.
  • Shiroq o`z quloq-burnini kesib, go`yo qabiladoshlaridan norozi bo`lgan qiyofada dushman lashkarboshisi oldiga boradi. Uning ayanchli ko`rinishi esa dushman lashkarboshisida ishonch uyg`otadi. Shiroq dushman lashkarini ergashtirib chor atrofi suvsiz dasht-biyobonga olib boradi va ularni aldab, yolg`iz bir o`zi butun boshli dushman qo`shinini yengganligini e’lon qiladi. g`azablangan lashkarboshi Ranosbat uni chopib, qiymalab tashlaydi. Shunday qilib, Shiroqning donishmandlarcha o`ylab topgan tadbiri, hiylasi tufayli uning qabiladoshlari dushman hujumidan omon qoladilar.

Download 136.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling