O`zbek xalq tarixiy afsonalari mavzu yo`nalishiga ko`ra uch turga bo`linadi: - O`zbek xalq tarixiy afsonalari mavzu yo`nalishiga ko`ra uch turga bo`linadi:
- 1.Geneologik afsonalar. Bularda urug`–qabila, xalq va elatlarning kelib chiqishi va nomlanishi haqida hikoya qilinadi: «Laqay», «Do`rmon», «Qirg`iz» urug`larining kelib chiqishi haqidagi afsonalar shular jumlasiga kiradi.
- 2. Tarixiy voqea va tarixiy shaxslar haqidagi afsonalar. Ularda o`tmishda yashab o`tgan dono kishilarning sarguzashtlari, mo``jizakor ishlari, ajdodlarimizning bunyodkorlik faoliyati, shahar va qo`rg`onlarning barpo etilishi haqida hikoya qilinadi. Bunga Buxoro Arki, Xiva qal`asi, Minorai Kalon qurilishi haqidagi afsonalar misol bo`la oladi.
- 3. Kasb-hunarlar haqidagi afsonalar. Bularda u yoki bu kasb-hunarning kelib chiqishi, ularning piri haqida hikoya qilinadi. Aytaylik, bo`yoqchilik kasbining kelib chiqishi hazrati Ayyub, temirchilik kasbining kelib chiqishi Dovud payg`ambar nomi bilan bog`lab talqin qilingan afsonalar shu siraga kiradi.
- Xullas, afsonalarda epik ruh hukmronlik qiladi.Ular axborot berish vazifasi bilan bir qatorda estetik vazifani ham ado etadi.
- Rivoyatlar – xalq og‘zaki ijodidagi mustaqil, keng ommalashgan epik janrlardan biri. Ular, asosan, informativ vazifani ado etadi. Ya’ni, u yoki bu voqea haqida xabar beradi va uni tasdiqlaydi. Kichik hajmli epik nasr namunasi bo`lgan rivoyatlarda voqelikni bayon qilish usuli retrospektivlikka asoslanadi. Retrospektivlik rivoyat janrining yetakchi xossalaridan biridir. Chunki rivoyatlarda tasvirlanayotgan voqelikning zamonaviy yo`nalishi – o`tmishga qaratiladi.
- Shu sababli rivoyatlar syujetida ko`pincha voqelikning o`tgan zamonda bo`lib o`tganligiga ishora qiluvchi «Qachonlardir», «Qadim zamonda», rivoyat qilishlaricha», «bobolarimizning aytishicha», «Qadimgi rivoyatlarga ko`ra» kabi an’anaviy formulalar uchraydi. rivoyatlarda tasvirlangan voqealar tarixan aniq vaqt doirasida kechadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |