Reja: Qadimgi davr folklorining o`ziga xos xususiyatlari
Download 136.63 Kb.
|
2 -MAVZU mif
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fetishizm
- OT KULTI HAQIDA
TotemizmTotemizm – odamning biror hayvon yoki o`simlik turi bilan o`zini qondosh deb bilishdan iborat ishonch-e’tiqodi tizimidir. Totem – u yoki urug`ning e’tiqod qo`ygan himoyachisi hisoblanadi.Turkiy xalqlar, jumladan, qadimgi ajdodlarimiz ot, ho`kiz, ilon, bo`ri, it kabi hayvonlarga, ayrim qushlarga va parrandalarga e’tiqod qo`yganlar. Shular orasida ot va bo`rini totem hayvon sifatida alohida e’zozlashgan. Totemlar bilan bog`liq bir qancha geneologik afsonalar ham mavjud. Ularda u yoki bu urug` – qabilaning kelib chiqishi ko`pincha ona bo`ri obraziga bog`lab talqin etiladi. Bo`ri totemiga aloqador ertaklar ham anchagina: “Cho`loq bo`ri”, “Bo`ri qiz” kabi ertaklar shular jumlasidandir.FetishizmFetishizm – fransuzcha “fetiche” so`zidan olingan bo`lib, ibtidoiy ajdodlarimizning qadimiy e’tiqodiga ko`ra, narsalarga irim qilib sig`inish yoki ularga magik kuchga ega deb qarash asosida sig`inishni anglatadi. Xalq ertaklarida uchrovchi oyna, qilich, igna, marjon, tosh, taroq va boshqa shu xildagi predmetlar magik kuchi tufayli qahramonlarga yordamchi vositaga aylangan.OT KULTI HAQIDA
Mif, afsona, rivoyat, naql, latifa, ertak kabi janrlardagi folklor asarlari xalq og`zaki nasri tarkibiga kiritiladi. Ular, avvalo, qadimiyligi bilan diqqatni tortadi. Chunki nasr lirikaga nisbatan oldinroq paydo bo`lgan. Mif va afsona, rivoyat uning ilk namunalari hisoblanadi. Shundan so`ng ertak, naql, doston va yana keyinroq latifa janrlari shakllangan.
Download 136.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling