Sof naqllar hayotiy voqealar, axloqiy tushunchalar asosida yaratiladi. “Ikki qarg`a”, “Kiyik bilan tulki”, “Odam bilan odam tirik” kabi naqllar sof naqllar sirasiga kiradi. Ularda naql ikkita bir-biriga qarshi tushunchalar- majoziy obrazlar xatti-harakati misolida aks ettiriladi. O`git yashirin holda ifodalanadi. Uni qissa oxirida chiqarilgan hissadan bilib olish mumkin bo`ladi. Sof naqllar syujeti qisqa, sodda bo`ladi. Ular mazmunan lo`ndaligi, majozga asoslanishi, ishonchliligi bilan ajralib turadi. Naqllarning ayrimlarida aniq tarixiy voqealar, shaxslar o`ziga xos syujetlarda aks ettiriladi. Masalan, “Olim bilan podsho”, “Jasur yigit va Ahmad Donish” kabi naqllar bunga misol bo`ladi. Naqllarning ko`pchiligi sof badiiy to`qima asosidagi syujetga egadir. «Hunardan unar”, “Gavhari noyob”, “Usta bilan sher”, “qasd qilgan past bo`lur” kabi naqllarning syujeti sof badiiy to`qima asosiga qurilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |