Reja: Qadimgi davr folklorining o`ziga xos xususiyatlari


Naqllarning yuzaga kelishi va shakllanishida quyidagilar bosh omil bo`lgan


Download 136.63 Kb.
bet12/13
Sana11.01.2023
Hajmi136.63 Kb.
#1089100
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
2 -MAVZU mif

Naqllarning yuzaga kelishi va shakllanishida quyidagilar bosh omil bo`lgan:

  • 1.Xalqning hayotiy tajribasi va dono falsafasi.
  • 2. Mashhur hind xalq kitobi “Panchatantra” va uning tarjimalari, “Kalila va Dimna”, shuningdek, arablarning mashhur “Ming bir kecha” ertaklari.
  • 3. O`zbek xalq ertak va maqollari.

Naqlning yechimi kutilmaganda, favqulodda sodir bo`ladi. Bunga sabab bo`ladigan voqea esa oldindan sezilmaydi. Naqllar shakl va mazmuniga qarab ikki guruhga bo`linadi:

  • Naqlning yechimi kutilmaganda, favqulodda sodir bo`ladi. Bunga sabab bo`ladigan voqea esa oldindan sezilmaydi. Naqllar shakl va mazmuniga qarab ikki guruhga bo`linadi:
  • 1.Sinkretik naqllar.
  • 2.Sof naqllar.
  • Sinkretik naqllarertak, afsona, rivoyat, maqol, matal kabi folklor janrlarining bir-biriga ta’siri natijasida kelib chiqqan bo`lib, ularga xos an’anaviy xususiyatlarni o`ziga singdirib olgandir. Ularning hajmi yirik, syujet tuzilishi murakkab bo`ladi. Ularda an’anaviy obrazlar ko`pchilikni tashkil etadi. Syujet voqealari hayotiy uydirmaga asoslanadi.
  • Sinkretik naqllarda yaxshilik timsoli yomonlik timsoliga, ezgulik ramzi yovuzlik ramziga zid qo`-yilishi orqali ma’lum didaktik mohiyat ochib beriladi. “Egrivoy bilan To`g`rivoy”, “Ayyor bilan sodda” kabi naqllar bunga yorqin misol bo`la oladi. Bu naqllarning syujeti dialog (suhbat) asosiga qurilgan bo`lib, shu suhbat jarayonida qahramonlarning ma’naviy dunyosi ochila boradi va naql yakunida qissadan hissa chiqarilib, ideal g`oya lo`nda ifodalanadi.

Ayrim naqllar ba’zi maqollar mazmunidan yuzaga kelgandir. Masalan, «Har kim qilsa – o`ziga” naqli aslida “Birovga choh qazisang, unga o`zing yiqilasan” yoki “Yoqma – pisharsan, qazima – tusharsan” kabi maqollarning mazmuni asosida yaratilganligini sezish qiyin emas. Bu maqollarda ham, naqlda ham yomonlik yaxshilik keltirmaydi, degan o`git ilgari suriladi.

  • Ayrim naqllar ba’zi maqollar mazmunidan yuzaga kelgandir. Masalan, «Har kim qilsa – o`ziga” naqli aslida “Birovga choh qazisang, unga o`zing yiqilasan” yoki “Yoqma – pisharsan, qazima – tusharsan” kabi maqollarning mazmuni asosida yaratilganligini sezish qiyin emas. Bu maqollarda ham, naqlda ham yomonlik yaxshilik keltirmaydi, degan o`git ilgari suriladi.

  • Download 136.63 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling