Reja: Qadimgi Osiyodagi iqtisodiy g`oyalar


Download 29.87 Kb.
Sana23.02.2023
Hajmi29.87 Kb.
#1224330
Bog'liq
Qadimgi Xitoy iqtisodiy g’oyalari


Mavzu: Qadimgi Xitoy iqtisodiy g’oyalari
Reja:
1. Qadimgi Osiyodagi iqtisodiy g`oyalar
2. Qadimgi Xitoy iqtisodiy g’oyalari.
3. Qadimgi Xitoy iqtisodiy g’oyalari
4. Qadimgi Gretsiyadagi iqtisodiy fikrlar

1. Iqtisodiy fan manbalarini avvalo jahon sivilizatsiyasining beshigi bo`lgan qadimgi Sharqdan izlamoq mantiqan to`g`ridir.


Iqtisodiy g`oyalarning shakllanishi insoniyatning paydo bo`lishi bilan boshlangan. Ammo, hozirgi paytda qo`lyozmalarda aks ettirilgan g`oyalargina tahlil qilingan. Shu sababli iqtisodiy ta'limotlar tarixi quldorlik jamiyati, aniqrog`i, xususiy mulk paydo bo`lishi bilan boshlanadi, deyish o`rinlidir.
Dastlab quldorlik jamiyati Sharqda sinfiy ajralish boshlangan joylarda, Mesopotamiya (Tigr va Yefrat daryolari oralig`ida) va Misrda eramizdan avvalgi IV ming yillikda yuzaga keladi. Bunga asosiy sabab shuki, bu yerda texnologik inqilob ro`y berdi, metall qurollar ishlatila boshlandi, qishloq xo`jaligida intensiv, ko`p hollarda sug`orma dehqonchilikka o`tildi, shu asosda nisbatan turg`un qo`shimcha mahsulot olish imkoni tug`ilgan. Oqibatda, jamiyatda mehnat taqsimotini rivojlantirishga, ko`pgina hunarmandchilik sohalarining ajralib chiqishiga, sinfiy tabaqalanishga turtki bo`ldi.
Bu davrda qo`shimcha mahsulot olishning asosiy usuli jamoaga birlashgan dehqonlarni ekspluatatsiya qilish yo`li bilan renta - soliq olish (Osiyoda) bo`lsa, qullarni (davlat yoki xususiy) beayov ishlatish bilan ham (Yevropada) katta boylik orttirilgan. Sharqda davlatning iqtisodiyotga aralashuv darajasiga qarab, ayrim "erkin" aholining ahvoli qullarnikidan deyarli farq qilmagan (umuman, Sharq mamlakatlarida qulchilik masalasi hali uzil-kesil hal etilgan emas. Akademik V.V. Struve uni tan oladi. Lekin ko`pgina olimlarning fikricha, Sharqda quldorlik klassik shaklda rivoj topmagan, patriarxal, ya'ni uy xo`jaligida ustun bo`lgan
Sharq, jumladan Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi xo`jalik faoliyatida nisbatan erkin odamlar ishtirok etgan. Masalan, dehqonchilik, hunarmandchilik, qurilish sohasida qullar mehnatidan foydalanilmagan. Antik dunyo (G’arbiy Yevropa)dagi ayrim regionlarda xalqaro savdoni olib borish bilan bog`liq ravishda tovar-pul munosabatlari ham anchagina rivojlangan (masalan, Gretsiyaning ayrim shaharlari). Shu asosda qulchilikka asoslangan xususiy mulkchilik rivoj topdi. O`z mahsulotini sotishga mo`ljallab ishlab chiqargan qulchilik xo`jaliklari ekspluatatsiyani kuchaytirishni talab etgan. Oqibatda, klassik yoki antik qulchilik yuzaga keldi (Gretsiya va Italiya). Bizgacha yetib kelgan eng qadimgi qo`lyozmada (qadimgi Misr, eramizdan avvalgi XXII asr) noib va aholi o`rtasidagi munosabatlar to`g`risida fikr yuritiladi. Bu davrda sinfiy ajralish to`la shakllanmagan bo`lib, boshqaruv ishiga ishbilarmonlarni taklif etish (yuqori tabaqali, yoki oddiy aholidan bo`lishidan qat'iy nazar) kerak deyilgan.
Qadimgi Misrdan farqli ravishda Mesopotamiyada xususiy mulkchilik va tovar-pul munosabatlarining nisbatan tez rivojlanishi xarakterlidir. Inson shaxsi ozodligining kafolati yo`q bo`lgan o`sha sharoitda qarzdor qulchilik xo`jalik rivojiga olib kelar edi. Bunday jarayonlar soliq to`lovchilar va harbiylardan ajralib qolishi mumkin bo`lgan davlatning kuchsizlanishiga olib kelgan. Saqlanib qolgan yodgorliklarda, yozma qonunlarda iqtisodiy g`oyalar ham mavjud, unda mustaqil ishlab chiqaruvchilarning huquqlarini himoya qilish, tartibga solish bo`yicha muhim fikrlar berilgan. Eramizdan avvalgi XVIII asrda Bobil (Vavilon) da (m.a.1792-1750 yy.) podsholik qilgan Xammurapi (ba'zi manbalarda Xammurabi) qonun to`plamlari (jami 282 ta) diqqatga sazovor (m.a.1760 y.). Bu to`plam 1901-1902 yy. Suza shahri qoldiqlarini arxeologik qazish paytida topilgan (Fransiya poytaxti Parijdagi mashhur muzey - Luvrda saqlanyapti). Nusxasini BMT binosidagi muzeyda ham ko`rish mumkin. Toshga o’yib yozilgan muhim va qadimiy, tarixiy hujjatni tahlil qilish shuni ko`rsatadiki, mavjud davlat sinfiy va sotsial jihatdan ancha mukammal ajralgan. Biz uchun ayniqsa mulkchilik va unga egalik shakllari muhimdir.qonunda "kuchlilar zaifroqlarni cheklamasligi kerak", degan qoida bor. Masalan, qarzdorligi uchun podsho jangchilari va boshqa aholining yerlarini sotish yoki tortib olish man etilgan. Sudxo`rlik faoliyati cheklangan, uning miqdori pulda 20, mahsulotda 33 foizdan ortiq bo`lmasligi kerak.
Qadimgi Xitoydagi iqtisodiy g`oyalar m.a. VI-III asrlarda shakllangan. Bu mamlakatdagi dastlabki quldorlik davlatlari e.a. II ming yillikda paydo bo`lgan. Konfutsiylik g`oyasi muhimdir. Uning muallifi Konfutsiy yoki Kun-Szi (m.a. 551-478 yy.) "Lun yuy" to`plamida ("Suhbatlar va mulohazalar") o`z g`oyalarini jamlagan. Olim kelajak rivojini o`tmishdan izlaydi. Shu davrda obro`si pasaygan zodagonlarning manfaatini himoya qiladi (bu g`oyalar keyinchalik Ken-Szi (m.a.312-289 yy.), Syun-Szi (313- 278 yy.) va boshqalar tomonidan davom ettirilgan). Yoshlarning qariyalarga hurmati, ularga qarshi chiqmaslik g`oyasi asos qilib olingan. Davlat bu katta oila, podsho esa "xalqlar otasi"dir, boyliklar nisbatan tekis taqsimlanishi kerak, soliqlarni me'yorida saqlash, yer ishlarini yaxshi bajarish, hammani o`z vazifalarini bajonidil ato etishi za-rur deyiladi ("Xalqlar otasi" tushunchasining ibtidosiga e'tibor bering).
Bu g`oyalar Xitoydagi muhim iqtisodiy o`zgarishlar davriga to`g`ri keladi. Temir qurollar tufayli dehqonchilik va hunarmandchilik rivoj topdi, tovar-pul munosabatlari o`sdi, savdo-sotiq kuchaydi. Sinfiy munosabatlar keskinlashdi. Shu sharoitda konfutsiylik ijtimoiy, axloq va huquq doirasida tabiiy huquq nazariyasini ilgari surdi. Mamlakatdagi aristokratiya va xalq o`rtasida vujudga kelgan quldorlik va xususiy mulk himoya qilinadi. Konfu-siy "buyuk jamoa mulki" (dehqonlar jamoasi) va xususiy egalik (quldorlar mulki)ni farqlaydi, so`nggisini ko`proq qo`llaydi. Jamiyatning turli qatlamlari xudo tomonidan belgilanganligini ta'kidlaydi va uni tabiiy hol, deydi. Boylikning manbayi mehnat bo`lib, hokimlar boyligi xalq boyligiga asoslanadi. U xalq hisobiga quldorlar boyligi ortishi tarafdori edi, xalqni ko`proq ishlab, kamroq iste'mol qilishga chaqirdi.
Syun-Szi davlatning iqtisodiy jihatdan kuchayishi tarafdori edi, odamlarning boylikka intilishini qoralamagan (ular qonun asosida ish yuritishsa bas). Ammo, inson bir vaqtning o`zida ko`p kasb egasi bo`la olmaydi, degan fikr paydo bo`ldi, ya'ni olim mehnat taqsimoti zarurligi g`oyasini ilgari suradi (bu juda muhimdir). Davlatning iqtisodiy siyosati uchta asosiy tamoyilga asoslanishi kerak:
1. Harajatlarni iqtisod qilish, ya'ni tejab-tergab sarflash;
2. Xalq to`qligini ta'minlash;
3. Ortiqcha mahsulotlarni saqlash zarurligi.
1. Qadimgi Xitoy iqtisodiy g’oyalari. Qadimgi Xitoy mutafakkirlari ichida Konfutsiy (m.av. 551 – 479 y.) alohida o’rin tutadi. Konfutsiyning fikrlari uning shogirdlari yozib qoldirgan «Lun Yuy» («Suhbat va mulohaza») to’plamida aks ettirilgan. Uning fikricha, mehnat ham kishilarning, ham davlatning boyligini ko’paytiradi. Konfutsiy «buyuk jamoa mulki» (dehqonlar jamoasi mulki) va xususiy egalik (quldorlar mulki)ni farqlaydi, ikkinchisini ko’proq qo’llaydi. Bu erda u xususiy mulkni xo’jalik yuritishda ustun qo’yadi.
Konfutsiy aqliy mehnat bilan jismoniy mehnat farqini ko’rsatib, aqliy mehnat bilan «yuqori» tabaqali kishilar, jismoniy mehnat bilan esa, asosiy qismi qullardan iborat bo’lgan «oddiy» kishilar shug’ullanadi, deb qayd qilib o’tadi.
Konfutsiy ta’limotiga ko’ra, bilimdon hukmdor – u «xalqning otasi», va boylikni ancha tekis taqsimlashning kafolatidir. Uning tasdiqlashicha, Alloh va tabiat tomonidan jamiyat toifalarga ajratilgan, shu bilan birga u har bir odamni ma’naviy yuksalishga da’vat etgan, kattalarga bo’lgan hurmat qoidalari to’g’risida, farzandlik burchi to’g’risida, aka-ukalar o’rtasidagi do’stlik to’g’risida qimmatli fikrlarni ilgari surgan. Konfutsiy ta’limotidan shu narsani ko’rish mumkinki, agar reglamentlashtirilgan patriarxal munosabatlarda ustalik bilan xo’jalik yuritilsa, «xalqda hamma narsa muhayyo bo’ladi» deb ta’kidlangan.
2.Qadimgi Xitoy iqtisodiy g’oyalari. Qadimgi Xitoy mutafakkirlari ichida Konfutsiy (m.av. 551 – 479-y.) alohida o’rin tutadi. Konfutsiyning fikrlari uning shogirdlari yozib qoldirgan «Lun Yuy» («Suhbat va mulohaza») to’plamida aks ettirilgan. Uning fikricha, mehnat ham kishilarning, ham davlatning boyligini ko’paytiradi. Konfutsiy «buyuk jamoa mulki» (dehqonlar jamoasi mulki) va xususiy egalik (quldorlar mulki)ni farqlaydi, ikkinchisini ko’proq qo’llaydi. Bu yerda u xo’jalik yuritishda xususiy mulkni ustun qo’yadi.
Konfutsiy aqliy mehnat bilan jismoniy mehnat farqini ko’rsatib, aqliy mehnat bilan «yuqori» tabaqali kishilar, jismoniy mehnat bilan esa, asosiy qismi qullardan iborat bo’lgan «oddiy» kishilar shug’ullanadi, deb ta‘kidlaydi.
Eramizdan avvalgi yettinchi asrda Xitoyda yashab ijod etgan mutafakkir Guan Szi (eramizdan avvalgi 725-645-yillar)ning iqtisodiy faoliyati va uni turli joylarda amalga oshirish mumkinligi tahlilini o’rganish maqsadida biz uning yangi tarjima qilingan asarlari bilan qisqacha tanishamiz. Iqtisodiyot sohasida ko’pgina qadimgi Xitoy
asarlari Shumpeterning tasvirlashiga mos keladi: ular qat‘iyan ―ilmiy‖ o’rganishlardan ko’ra etik asosga muvofiq davlat boshqaruvi mulohazalari bilan cheklangan.

Konfutsiy ta‘limotiga ko’ra, bilimdon hukmdor – u «xalqning otasi», «to’g’ri amal qilishning» va boylikni ancha tekis taqsimlashning kafolati. Uning tasdiqlashicha, Alloh va tabiat tomonidan jamiyat toifalarga ajratilgan, shu bilan birga u har bir odamni ma‘naviy yuksalishga da‘vat etgan, kattalarga bo’lgan hurmat qoidalari to’g’risida, farzandlik burchi to’g’risida, aka-ukalar o’rtasidagi do’stlik to’g’risida qimmatli fikrlarni ilgari surgan. Konfutsiy ta‘limotidan shu narsani ko’rish mumkinki, agar reglamentlashtirilgan patriarxal munosabatlarda ustalik bilan xo’jalik yuritilsa, «xalqda hamma narsa muhayyo bo’ladi».


Lekin Guan Szining ―Guan-szi kitobi ma‘muriy qolipdan uzoq asar sifatida mashhur. U o’z ichiga iqtisodiy tafakkurnig markaziga tegishli bir qator g’oyalarni oladi. Ehtimol, ularning eng muhimi talab/taklif nazariyasining taxmini bo’lgan uning ―yengil/og’ir nazariyasidir.
Guan Szi tovar agar u mo’l bo’lsa, uning vazni yengillashgan va uning narxi pasayganligini ta‘kidlagan. U ―qulf ostiga berkitilsa‖, uning vazni og’irlashgan va narxi ko’tarilgan bo’ladi. Tovarning yengilligi va og’irligiga asoslangan holda narxlarning muayyan darajasida tovarlar bozor tomon yoki undan tashqari tomon harakat qila boshlaydi. Shu tarzda yengil/og’ir nazariyasi talab va taklif qonunining ta‘kidlanishi bo’lgan. Guan Szi yengil/og’ir nazariyasidan pulning miqdor nazariyasini rivojlantirish uchun foydalangan, pul og’ir bo’lganida uning narxi ko’tarilganligini ta‘kidlagan (tovarlar narxi pasayadi) va pul yengil bo’lganida, uning narxi pasayadi (tovarlar narxi ko’tariladi). Bu tebranishni to’xtatish uchun u pul og’ir bo’lganida (buning yordamida narx darajasi ko’tarilib), hukumat tovarlarni xarid qilishi lozimligini va pul yengil bo’lganida (buning yordamida narx darajasi pasaytirilib) tovarlarni sotishni tavsiya etgan. Bu nafaqat narx darajasini barqarorlashtirishga, balki hukumat uchun pul daromadlarini ko’paytirish imkonini bergan.
Xitoyda miloddan oldingi IV–III asrlarda xitoylik mualliflar birgalikda yozgan asar «Guan-szi» g’oyalari keng tarqalgan. Bu asarda ilgari surilgan ba‘zi masalalar, garchi ular ziddiyatli bo’lsada, bugungi kunda ham diqqatga sazovor. Masalan, asarda oltin, marvarid alohida boylik sifatida ko’rilmaydi; bunday boylik, deb eng avvalo, moddiy ne‘matlar (tovar) e‘tirof etiladi. Asarda ko’rsatilishicha, bir tomondan, «oltin davlat resurslarini hisoblash o’lchovi hisoblanadi», ikkinchi tomondan, u «xalq ommasi uchun muomala vositasi bo’lib xizmat qiladi». Asarda barqaror iqtisodiy rivojlanishning zarurligi to’g’risida aniq fikr yuritiladi va qayerda nonning narxi tartiblanib turilsa, o’sha yerda tinchlik, osoyishtalik bo’ladi, deb qayd etiladi. Iqtisodiyotni tartibga solib turish uchun asar mualliflari davlatning don zaxiralarini tashkil etishni, yer egalariga imtiyozli kredit berishni, temir va tuzga bo’lgan to’g’ri soliqlarni egri soliqlar bilan almashtirish, ya‘ni ulardan foydalanib ishlab chiqariladigan tovarlarga bo’lgan soliqni kengay- tirishni tavsiya etadilar. «Guyan-szi» mualliflari «davlatni boy, xalqni mamnun» holda ko’rishni xohlaganlar. Asarda yer va suvlarni davlat ixtiyoriga o’tkazish, ulardan daromad olish yo’lida foydalanish, baholarni tartibga solish va boshqa hozirgi kunda ham e‘tiborga molik iqtisodiy g’oyalar ilgari surilgan.
Guan Szi faol tarzda siyosatni o’z zamonining institutsional tizimiga moslashtirish uchun bozor kuchlariga qarshi emas, balki bozor kuchlari bilan muvofiqlikda tizimlashtirdi. Hozirda Xitoy muhim iqtisodiy islohotlar jarayonlarini boshidan kechirmoqda va G’arb iqtisodchilari uni qay tarzda tuzish va boshqarish bo’yicha fikrlar olish uchun murojaat qilmoqdalar. Xitoy an‘analariga ko’ra Guan Szini o’rganish G’arbiy hamkorlarning ortodoksal tahlilidan ko’ra muhimroq.
3.Qadimgi Gretsiyadagi iqtisodiy fikrlar
Iqtisodiy fikrlar qadimgi Gretsiyada yana ham rivojlantirildi. Ksenofont, Platon, Aristotel asarlarida iqtisodiy muammolar maxsus tadqiqot ob’ektiga aylandi. Buni Sokratning shogirdi, Platonning zamondoshi Ksenofont (m.o. 430–355) asarlarida yaqqol ko’rish mumkin. Uning ko’p sonli asarlari ichida «Daromadlar to’g’risida» va «Ekonomiks» (xo’jalik to’g’risida ta’lim) maxsus iqtisodiy asarlari alohida ahami yatga ega.
Ksenofont «Daromadlar to’g’risida» asarida Afina davlatining iqtisodiy holatini tahlil qilib uni yaxshilashning uch yo’lini tavsiya etadi:


  • xorijiy kishilardan olinadigan soliqni ko’paytirish, ularning Afinaga kelishini rag’batlantirish;

  • kumush qazib olishni kengaytirish;

  • qullar savdosini tashkil etish.

«Ekonomiks» asarida hamda Ksenofontning alohida mulohazalarida quldorlik xo’jaligi iqtisodiyotiga tavsifnoma beriladi.
Ksenofont qishloq xo’jaligini xalq xo’jaligining eng asosiy tarmog’i deb hisoblagan. «Qishloq xo’jaligi rivojlansa, – deb yozadi u, – boshqa faoliyat turlari ham rivojlanadi. Agar dehqonchilik pasaysa, u holda uning bilan birga suv va quruqlikdagi barcha boshqa sanoat faoliyati tarmoqlari halok bo’ladi».
Ksenofont iqtisodiy fikrlar tarixga birinchilardan bo’lib mehnat taqsimotini tahlil qilgan olim sifatida kirib keldi. U o’zining «Kiropediya» asarida shunday yozadi: «Kichkina shaharlarda bitta ustaning o’zi yotoq joy, eshik, plug, stol yasaydi, ko’pincha o’sha odamning o’zi uy ham quradi... Albatta, bunday har xil hunar bilan shug’ullanuvchi odam, hammasini bir xilda yaxshi tayyorlashi mumkin emas. Aksincha, yirik shaharlarda har bir buyumga ko’pchilikning ehtiyoj sezishi tufayli, har bir ustaga o’zini boqish uchun bitta hunar etarli. Ko’p joylarda o’sha hunarning hatto bir qismi ham kifoya: masalan, bir usta erkaklarning oyoq-kiyimini tikadi, boshqasi esa – xotinlarning. Ba’zida esa odam faqat boshmoq uchun yarim mahsulot tayyorlab, boshqasi – charm kesib, uchinchi biri bichib berib, to’rtinchisi esa – ularning hammasini birlashtirib tikib hayot kechirish uchun haq oladi. O’z-o’zidan ma’lumki, kim muayyan cheklangan ish turi bilan shug’ullansa, o’sha uni eng yaxshi qilib bajarishga qodir».
Aristotelning iqtisodiy qarashlari.
Antik dunyodagi iqtisodiy fikrlarning yirik namoyandalaridan biri Aristotel (m.o 384–322) hisoblanadi. O’z mamlakatida shakllangan natural-xo’jalik munosabatlarini himoya qilgan bu qadimgi grek mutafakkiri boshqa zamondoshlariga qaraganda, iqtisodiy muammolarga chuqurroq kirib borishga muvaffaq bo’lgan. Uning iqtisodiy savollar bo’yicha fikr yuritgan asosiy asarlari «Nikomaxova etikasi» va «Siyosat» hisoblanadi. Bu erda Aristotel, xuddi Platonga o’xshab, ideal davlat loyihasini ilgari suradi. Aristotel loyihasining o’ziga xosligi shundan iboratki, unda xo’jalik va kishilar faoliyatining barcha turlari har bir toifa yashash vositalaridan foydalanishi va boylik topish nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Shu erda Aristotel boylik topish va ehtiyojlarni qondirish usullari to’g’risida fikr yuritib, ekonomika va xrematistika tushunchalari farqini ajratib ko’rsatib beradi.
Qadimgi Hindistonda iqtisodiy g’oyalari
Download 29.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling