Reja: Sharq xalqlarining ilk falsafiy fikrlari
Hozirgi davr O’zbekiston falsafasi
Download 67.95 Kb.
|
mustaqil ish 2
6.Hozirgi davr O’zbekiston falsafasiInsoniyat madaniyati tarkibiy qismi hisoblangan falsafa sho’ro davrida o’zining fan xususiyatini asta-sekin yo’qotib siyosiylashgan mafkuraviy g’oyalar yig’indisiga aylanib qolgan edi. Bu davrda falsafani fanga aniq, mavjud voqelikni qay darajada haqqoniy, ilmiy va xolis aks ettirganligiga qarab emas, balki hokimiyat tepasida turgan kuchlar va «birinchi darajali oliy rahbarlarning maqsadlari», manfaatlariga muvofiqligiga qarab baho berilgan. O’tgan asrning 70 yili mobaynida marksizm qoidalari, aqidalari barcha ijtimoiy fanlarga, jumladan, falsafaga asosiy poydevor qilib olingandi. U belgilab bergan «ilmiy yo’ldan» chiqishga, boshqacha o’ylash va fikrlashga na biron-bir olim va ziyolining, na biron-bir faylasufning haqqi yo’q edi. Rasmiy tafakkurdan, ta’limotdan chetga chiqish, ularga zid yo’ldan borib, erkin fikr yuritmoqchi bo’lgan olim va ziyolilarni partiyaviy jazolash, partiyaviylik, g’oyaviylikdan chekinishda, sinfiy xususiyatlarni yo’qotishda va boshqa kamchiliklarda ayblash odatga aylanib qolgan edi. Bunday vaziyat, albatta, ijtimoiy fanlarning, birinchi navbatda falsafa fanining rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatdi va ijodiy fikrlashga imkoniyat bermadi. O’rta Osiyo mutafakkirlarining falsafiy ta’limotlari kommunistik mafkura tomonidan kamsitilib, g’ayri-ilmiy deb baholandi, Sharq falsafasiga yetarli e’tibor berilmadi. Ahvol shu darajaga borib yetdiki, Islom dini bilan bog’liq bo’lgan mukammal falsafiy asarlar va ta’limotlar o’qib-o’rganilmay yaroqsiz bir meros sifatida qoralandi. Shu sababli O’rta Osiyo xalqlarining falsafiy merosini chuqur o’rganish imkoniyatlari ham deyarli yo’qqa chiqarildi. Bahouddin Naqshband, imom Ismoil Buxoriy, Ahmad Yassaviy, Iso Termiziy, Xoja Ahror va shunga o’xshash allomalar keskin tanqid qilindi. O’sha zamonlarda Navoiy, Bobur, Mashrabdan va qator shoiru adiblardan zo’r berib dahriylik, ateistik g’oyalar izlana boshlandi. Agar «topilgudek» bo’lsa, uni yolg’on-yashiriqlarga o’rab bo’rttirib va ko’paytirib xalqqa yetkazildi. Qaysi bir shoiru adibdan dahriylikni topishmasa, ularni tarkidunyochi, ezuvchi sinf himoyachisi, deb haqoratlandi. Eng achinarlisi shundan iborat bo’ldiki, Qur’oni Karim va hadisi sharif, So’fi Ollayor, Sulaymon Boqirg’oniy, Huvaydo, Yusuf Saryomiy, Cho’lpon, Fitrat, Behbudiy, Usmon Nosir singari buyuk alloma va adiblarning asarlari «diniy g’oyalar bilan sug’orilganligi», «millatchilik ruhida bo’lganligi» uchun foydalanishga ruxsat etilmadi. Shuni ta’kidlash kerakki, mafkuraviy tazyiq va cheklab qo’yishlariga qaramay, O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, uning qator institutlari, bo’limlari tashkil etildi, ko’plab universitet va institutlarda esa falsafa kafedralari ochildi. Ijtimoiy-falsafiy tafakkurni rivojlantirish, ilmiy qadrlarni o’stirish, respublikamizda ijtimoiy fanlarni yanada taraqqiy ettirishga katta e’tibor berilmoqda. Respublikamizda falsafa fanini rivojlantirish, yoshlarning falsafiy bilimlari, falsafiy tafakkurlash madaniyatlari va dunyoqarashlarini o’stirishda olimlarimiz tomonidan yaratilgan darsliklar, o’quv qo’llanmalar, ilmiy-uslubiy asarlar muhim ahamiyat kasb etadi. Respublika faylasuf olimlarining dialektika va bilish nazariyasi, tabiat fanlarining falsafiy masalalari, madaniyat, ma’naviyat va qadriyat, madaniy meros muammolari bo’yicha olib borilgan chuqur ilmiy tadqiqot asarlari e’tiborga sazovordir. Respublikamizda ijtimoiy falsafa va sotsiologiya, axloq, nafosat, tabiatshunoslikning fan tarixi va tarixshunoslikning falsafiy muammolari, madaniyat, milliy munosabatlar, urf-odatlar, axloqiy tarbiyaga doir va boshqa sohalarda ham katta ishlar amalga oshirildi. O’rta Osiyo, Sharq va xususan O’zbekiston xalqlarining tabiiy-ilmiy, ijtimoiy, falsafiy fikrlari tarixi va ma’naviyati merosi bo’yicha ham ibratli ishlar qilindi. O’zbekiston faylasuflarining uzoq yillar davomida olib borgan samarali mehnatlari natijasi sifatida Forobiy, ibn Sino, Muhammad G’azzoliy, Bahouddin Naqshband, Mahmud az-Zamaxshariy, Beruniy, Mahmud Qoshg’ariy, Yusuf Xos Xojib, Ulug’bek, Navoiy, Bedil, Najmiddin Kubro kabi mutafakkirlarning dunyoqarashi, ijtimoiy-falsafiy, diniy-axloqiy ta’limotlari, Ahmad Donish, Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Behbudiy singari mashhur olim va adiblarning tabiiyilmiy, falsafiy fikrlari tadqiqoti bo’yicha ajoyib qo’llanmalar, risolalar yaratildi. Respublikamiz faylasuflari O’rta Osiyo va Sharq xalqlarining o’tmishda yaratgan boy ilmiy-falsafiy, diniy-axloqiy merosini va madaniy-ma’naviy yodgorliklari hamda qadriyatlarini har tomonlama o’rganish va xalqimizga yetkazish borasida ham juda katta kuch sarfladilar. Ular Abu Ali ibn Sinoning besh tomlik «Tib qonunlari»ni, buyuk faylasuf olim Abu Nasr Forobiyning «Ilmlarning kelib chiqishi to’g’risida», «Fozil odamlar shahri», Abu Rayhon Beruniyning «O’tmish avlodlardan qolgan yodgorliklar», «Hindiston», «Geodeziya», «Qonuni Mas’udiy» asarlari, Narshaxiy, Bayhaqiy va boshqa mutafakkirlarning asarlarini o’rganish, o’zbek tiliga tarjima qilishda faol ishtirok etdilar. Xullas, o’zbekistonlik faylasuf olimlarning tazyiqu-dashnomlarga qaramay, olib borgan chuqur ilmiy-tadqiqotlari natijasida Sharqda, xususan, O’rta Osiyoda ijtimoiy-falsafiy fikr o’zining uzoq tarixiga ega ekanligi, donishmand bobomiz Amir Temur va temuriylar davrida o’lkamizda ilm-fan, falsafa, diniy, axloqiy qadriyatlar, madaniyat, ma’naviyat, ma’rifat gullab-yashnaganligi, Sharq G’arbdagi uyg’onish davri uchun ilmiy zamin yaratib berganligini inkor etib bo’lmaydigan dalillar asosida isbot qilindi. Tobelik va qaramlikka asoslangan totalitar-buyruqbozlik tuzumi tugab, O’zbekistonda davlat mustaqilligiga erishilgandan keyin, falsafa fani taraqqiyoti uchun ilgari bo’lmagan yangi imkoniyat va shart-sharoitlar yuzaga keldi. Falsafa fanini siyosiy mafkuralardan holi fan sifatida o’rganish, falsafiy muammolarni haqiqiy, xolis va odilona tadqiq etish, sinfiylik va partiyaviylik illatlaridan batamom qutilib, umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligiga asoslanib, rivojlantirish imkoniyatlari tug’ildi. Yangi tarixiy sharoitda falsafa fanining nazariy asoslarini yangilash, yangi g’oyalar bilan boyitish zaruriyati kun tartibida paydo bo’ldi. Davlatimiz rahbarlari asarlarida ijtimoiy fanlar vakillari, faylasuf olimlar oldida turgan ulkan vazifalar belgilab berildi. Boy ma’naviy merosimiz, xalqimizning tarixiy, axloqiy, falsafiy qadriyatlarini, dono fikrlarini o’rganish, asrash, ulardan ijodiy, oqilona foydalanish buyuk aql sohiblarining merosiy asarlarini sinchiklab o’rganish, nashrga tayyorlash, yosh avlodlar ongiga singdirish olimlar, birinchi navbatda, faylasuflarning vazifasidir. Falsafa faniga hozirgi sharoitda yangicha mezonlar asosida yondashish, mamlakatimiz mustaqilligi, uning rivojlanish qonuniyatlari, mustaqillikning qonuniy o’sish, rivojlanish jarayoni ekanligi, uning o’ziga xos muammolari, qiyinchiliklari, harakatlantiruvchi kuchlari mavjudligini ko’rsatib beradigan ilmiy tadqiqotlar olib borishga alohida e’tibor berish lozim. Insonni falsafiy-axloqiy tahlil etish, madaniyat, ma’naviyat, qadriyatlar, ularni tiklash va rivojlantirishning nazariy-falsafiy muammolarini falsafiy tadqiq etish, milliy istiqlol mafkurasini yaratish va hayotga joriy etish zarurligini har bir inson ongiga yetkazish, O’zbekiston kelajagi buyuk davlat ekanligi asosiy shart-sharoitlari va imkoniyatlarini ko’rsatib berish, shular asosida ulug’ xalqimiz va davlatimizning istiqboli porloq ekanligini bayon etish respublikamiz faylasuflarining olijanob vazifalaridir. Respublikamiz faylasuf olimlari qator vazifalarni bajarish bo’yicha dastlabki natijalarni qo’lga kiritdilar. «Hayot falsafasi», «Istiqlol va taraqqiyot mafkurasi», «Mustaqillikning ma’naviy zaminlari», «Mustaqillik va milliy manfaatlar», «Mustaqillik va milliy tiklanish», «Mustaqillik ma’suliyati», «O’zbekistonda ijtimoiy-falsafiy fikrlar tarixidan lavhalar», «Buyuk siymolar», «Allomalar», «Qadriyatlar falsafasi» singari va boshqa yirik monografiya va risolalar nashr etildi. Mamlakatimizda ilm-fan rivoji masalasi davlat darajasiga ko’tarilgan hamda uchun barcha sharoitlar yaratilgan. “Bugungi kunda, -deb ta’kidlaydi O’zbekiston Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev, -innivatsion g’oyasiz, ilm-fan yutuqlarisiz bironta sohaning rivojlanishi mumkin emas. Shu ma’noda, zahmatkash, fidoyu olimlarimizni…asrab-avaylashimiz, har tomonlama qo’llab-quvvatlashimiz lozim.” Adabiyotlar: Download 67.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling