Reja: Tabiat bilan tanishtirish metodikasi fanining maqsad va vazifalari


Mavzu. Tabiatga nisbatan bolalarda insoniy munosabatlarni shakllantirish. Bolalarga tabiatdagi o’simlik va hayvonlarni bir biriga bog’liqligini tushuntirish


Download 0.59 Mb.
bet11/33
Sana30.01.2024
Hajmi0.59 Mb.
#1816883
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   33
9. Mavzu. Tabiatga nisbatan bolalarda insoniy munosabatlarni shakllantirish. Bolalarga tabiatdagi o’simlik va hayvonlarni bir biriga bog’liqligini tushuntirish.


Reja
1. MTTda tabiat materiallarini yig’ish va bolalarda ularni badiiy ijodda aks ettirish faoliyatlarini rivojlantirish.
2. Tabiatdagi ekologik bog’lanishlar haqidagi bilimlarni shakllantirish. Yilning turli fasllarida tabiat bilan tanishtirish asosida ekologik tarbiya berish mazmuni.


Tayanch tushunchalar: ehtiyotkorlik, ekologik bog’lanishlar, tasavvur, Zoologiya lotosi", "Botanika lotosi, tajribalar


Adabiyotlar.

1. Djanpeisova G.E., Rasulxo‘jayeva M.A. Tabiat bilan tanishtirish. T.: Innovasiya Ziyo, 2020 y.- 320 b.


2. Sodiqova Sh.A. Maktabgacha pedagogika. T.: Tafakkur bo‘stoni 2013 y
3. N.Kayumova. Maktabgacha pedagogika. T.: TDPU 2013 y.
4. Yusupova P.A. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ekologik tarbiya berish. T.: 0‘qituvchi. 1995 y.
5. Rasulxo‘jayeva M.A. Bolalami hayvonot olami bilan tanishtirish orqali ahloqiy sifatlarini shakllantirish texnologiyasi. T.: “Ilm-Ziyo- Zakovat”, 2020 y
6. F.Qodirova, Sh.Toshpo‘latova, M.A’zamova ‘“Maktabgacha pedagogika”.-T., “Ma’naviyat”. 2019 y.
7. O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari. T .: BMT Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF), 2018 y.
8. “Ilk qadam” Maktabgacha ta'lim muassasasining Davlat o‘quv dasturi. T.: BMT Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF), 2018 y.
9. Grosheva I.V. va boshq. 0‘yin orqali ta’lim olish. Uslubiy qo‘llanma. T.: 0‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi 0‘zbekiston BMT Xalqaro bolalar fondiga (YUNISEF), 2020 y.
10. Sh.M.Mirziyoyev “Buyuk kelajagimizni maid va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” T.: 2017 y.
1 l. Sh.M.Mirziyoyev “Erkin va farovon demokratik 0‘zbekiston Davlatini birgalikda barpo etamiz” T.: 2016 y
12. Sh.M.Mirziyoyev “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligini garovi” T.: 2016 y.
13. O“zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi. O‘zbekiston Respublikasi prezidentining farmoni.
O 'zbekiston
14. Sh.A.Sodiqova, M.A.Rasulxo‘jayeva Bolalami tabiat bilan tanishtirish metodikasi.T.:Fan va texnologiya 2013 y.
15. O.Xasanboyeva va boshq. Oila pedagogikasi. T.: “A)oqachi’\ 2007 V-
16. Xasanboveva O.U. va boshqalar. “‘Oilada barkamol aqlod arbiyasi’T., 2010 у
17. “Bolangiz maklabga tayyormi?” metodik qoMlanma. T:, 2001 у
18. A.To‘xtayev Ekologiya.T.:0‘qituvchi.l998.
19. N.Jo‘rayev va boshqalar “Ekologiya huquqi” T.:Adabiyot jamg‘armasi. 200ly.
Bolalar tabiatdagi mehnati katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Mehnat jarayonida bolalarda tabiatga nisbatan ehtiyotkorlik, g’amxo'rlik munosabatlari shakllantiradi. Tabiatdagi mehnat bolalarda burchlariga nisbatan ma'suliyatni his etib yondoshishni tarbiyalaydi. Bolalar o'simlik va hayvonlarni parvarish qilar ekanlar. uning zarurligiga ishonch hosil qiladilar. Biroq tabiatdagi mehnatga nisbatan ma'suliyatni tarbiyalash uchun bolalar mehnat malakalarinn egallab olgan bo'lishlari o'z mehnatlarining ahamiyatlarini tushunishlari lozim. Mehnat jarayonida bolalar o`simliklar holati ularning yorug’likka, namlikka, issiqlikka, yaxshi tuproqqa bo'lgan ehtiyojlarini qondirishiga bog'liq ekanligining anglab oladilar. Bolalar muhitning o'zgarishi qonuniy tarzda o`simliklar holatini o'zgartirishni bilib oladilar. Bu aloqa va o'zaromunosabatlarning egallab olinishi bolaning mehnatga bo'lgan munosabatiga ham ta'sir etadi, mehnat ancha ongli va maqsadga yo'llangan holda olib boriladi. Bolalarda mehnatga barqaror qiziqish, mehnatsevarlik shakllanadi. Tabiatdagi mehnat kuzatuvchanlikni o'stirishning usullaridan biridir. Bolaning tabiatdagi mehnati yakka topshiriq shaklida va jamoa mehnat tarzida tashkil etiladi.
Tabiatning oddiy hodisa va predmetlari haqida bolalarning tasavvurlarini kengaytirish maqsadida o'tkaziladigan kuzatishlar bilan bir qatorda turli o`yinlardan keng foydalaniladi Bu o`yiilarda bolalar sezuvchanlik tajribasini orttiradi, egallagan bilimlarini ijodiy o'zlashtiradilar. Bolalarni tabiat bilan tanishtirshda ta'limiy, harakatli, ijodiy uyinlardan foydalaniladi.
Ta'limiy o`yinlarda bolalar o`zlarida tabiatdagi predmet va hodisalar, hayvonlar va o'simlik haqida mavjud bo'lgan bilimlarini aniqlaydilar, mustahkamlaydilar, kengaytiraddar. Predmetli oyinlar - barglar, urug’lar, gullar, mevalar, sabzavotlar bilan o`ynaladigan "ajoyib qopcha", "mevalar va ildizlar" va hakozolar. "Stol bosma" - oyinlari - "Zoologiya lotosi", "Botanika lotosi", "Barglarni terib ol" va hokozolar. Harakatli o`yinlar tabiatshunoslik harakteridagi harakatli oyinlar, hayvonlarning harakati, ularning hayot tarziga taqlid qilish bilan bog’liq bo`lib, ba'zilarida jonsiz tabiat hodisalari aks ettiriladi. Bular Ona tovuq va jo'jalar", "Mushuk va sichqonlar", "Quyosh va yomgir". "Bo'ri va quyonlar" va hokazolar. Ijodiy oyinlarda bolalar mashg'ulot ekskursiya, kundalik hayot jarayonida olgan taassurotlarini aks ettiradilar, kattalarning tabiatdagi mehnati haqidagi bilimnm egallaydilar, bunda ularga mehnatga ijodiy munosabat shakllanadi.
Bolalar predmet va hodisalar o'rtasidagi aloqa hamda munosabatlarining sabablarini aniqlashlari uchun oddiy tajribalardan foydalaniladi. Tajriba maxsus tashkil etilgan sharoitda o'tkaziladigan kuzatishdir.
Tajribalardan o`yin, mehnat yoki maxsus mashgulotlar jarayonida paydo bo`lgan bilim vazifalarni hal qilish usuli sifatida foydalaniladi.
Tajriba shartining muhokamasi tarbiyachi rahbarligi ostida o'tadi. Tajribaning hamma shartlari tenglashtirilishi va faqat ulardan bittasi tajribaning natijasiga ta'sir etadigani alohida ajratilishi, bolalarga ko`rsatilish hamda ular tomonidap tushunilishi lozim. tajriba uzo`q, muddatli qiyoslanadigan yoki qisqa muddatli kuzatish tarzida o'tkazilishi mumkin. Uzoq, muddatli qiyoslanadigan kuzatishda natijalar kechiktirilganligi tufayli tajribaning ayrim alohida xarakterli bosqichlaripi rasmiy jadvallarda qayt qilish lozim.
Tajribalarni tashkil etish jarayonida tirik ob'ektlarni halok bo'lishiga olib kelmaslik, ularning hayotiy muhim ko'rinishlarini buzmaslik kerak. Shuning uchun ham sezilarli o`zgarishlar paydo bo`lishi bilanoq sharoitni darhol o'zgartirish kerak.
Mavzu yuzasidan savollar

  1. Amaliy uslubni tavsiflab bering?

  2. Tabiatga oid o`yinlarni izohlab bering?

3.Oddiy tajribaga misol keltiring?
4.Uzoq myddatli tajribalar qanday o`tkaziladi?



Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling