Reja: Tabiat bilan tanishtirish metodikasi fanining maqsad va vazifalari
Download 0.59 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uzoq muddatli, qisqa muddatli kuzatishlar, solishtirma kuzatishlat, tabiat materiallarini kuzatishga o’rgatish
- Tayanch tushunchalar: Uzoq muddatli, qisqa muddatli kuzatishlar, solishtirma kuzatishlat, tabiat materiallari Adabiyotlar.
- Mavzu yuzasidan savollar
avzu yuzasidan savollar
Uslub nima? Ko'rgazmali uslubga tasnif bering? 3. Ko'rgazmali uslub turlari? 8. Mavzu: Kuzatish – tabiat bilan tanishtirishning asosiy usuli. MTTda turli guruhlari bolalarini tabiat bilan tanishtirishda kuzatishlarini tashkil etish. Reja: 1 .Uzoq muddatli, qisqa muddatli kuzatishlar, solishtirma kuzatishlat, tabiat materiallarini kuzatishga o’rgatish 2. Kichik, o’rta, katta guruhlarda tabiat bilan tanishtirishda kuzatishlarni tashkil etish 3. Tayyorlov guruhda tabiat bilan tanishtirishda kuzatishlarni tashkil etish Tayanch tushunchalar: Uzoq muddatli, qisqa muddatli kuzatishlar, solishtirma kuzatishlat, tabiat materiallari Adabiyotlar. 1. Djanpeisova G.E., Rasulxo‘jayeva M.A. Tabiat bilan tanishtirish. T.: Innovasiya Ziyo, 2020 y.- 320 b. 2. Sodiqova Sh.A. Maktabgacha pedagogika. T.: Tafakkur bo‘stoni 2013 y 3. N.Kayumova. Maktabgacha pedagogika. T.: TDPU 2013 y. 4. Yusupova P.A. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ekologik tarbiya berish. T.: 0‘qituvchi. 1995 y. 5. Rasulxo‘jayeva M.A. Bolalami hayvonot olami bilan tanishtirish orqali ahloqiy sifatlarini shakllantirish texnologiyasi. T.: “Ilm-Ziyo- Zakovat”, 2020 y 6. F.Qodirova, Sh.Toshpo‘latova, M.A’zamova ‘“Maktabgacha pedagogika”.-T., “Ma’naviyat”. 2019 y. 7. O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari. T .: BMT Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF), 2018 y. 8. “Ilk qadam” Maktabgacha ta'lim muassasasining Davlat o‘quv dasturi. T.: BMT Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF), 2018 y. 9. Grosheva I.V. va boshq. 0‘yin orqali ta’lim olish. Uslubiy qo‘llanma. T.: 0‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi 0‘zbekiston BMT Xalqaro bolalar fondiga (YUNISEF), 2020 y. 10. Sh.M.Mirziyoyev “Buyuk kelajagimizni maid va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” T.: 2017 y. 1 l. Sh.M.Mirziyoyev “Erkin va farovon demokratik 0‘zbekiston Davlatini birgalikda barpo etamiz” T.: 2016 y 12. Sh.M.Mirziyoyev “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligini garovi” T.: 2016 y. 13. O“zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi. O‘zbekiston Respublikasi prezidentining farmoni. O 'zbekiston 14. Sh.A.Sodiqova, M.A.Rasulxo‘jayeva Bolalami tabiat bilan tanishtirish metodikasi.T.:Fan va texnologiya 2013 y. 15. O.Xasanboyeva va boshq. Oila pedagogikasi. T.: “A)oqachi’\ 2007 V- 16. Xasanboveva O.U. va boshqalar. “‘Oilada barkamol aqlod arbiyasi’T., 2010 у 17. “Bolangiz maklabga tayyormi?” metodik qoMlanma. T:, 2001 у 18. A.To‘xtayev Ekologiya.T.:0‘qituvchi.l998. 19. N.Jo‘rayev va boshqalar “Ekologiya huquqi” T.:Adabiyot jamg‘armasi. 200ly. Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda tarbiyachining hikoyasidan tabiat haqidagi badiiy kitoblarni o'qishlardan, suhbatdan foydalaniladi. Og'zaki uslub yordamida kuzatish va tabiatdagi mehnat jarayonida olgan bilimlari aniqlashtiriladi. to'ldiriladi, umumlashtiriladi. hamda bir tizimga solinadi. Shunday qilib, og’zaki uslub bolalarning tajribasi doirasidan chetga chiquvchi bilimlarni shakllantirish imkonini beradi. Og'zaki metodlardan foydalanish bir qancha vazifalarni hal etadi. Tabiatga oid hikoyaning qimmati shu bilan aniqlanadiki, u ma'lum ta'limiy vazifa hal etar ekan, maktabgacha yoshdagi bolalarning tajriba va qiziqishlarini nazarda tutgan holda tuziladi va ma'lum yoshdagi guruh bolalariga mo'ljallanadi. Uning badiiy adabiyotni o'qishga nisbatan afzalligi mana shundandir. Hikoyani idrok etish bolalar uchun anchagina murakkab aqliy faoliyatdir. Bola kattalarning nutqini eshitishi va tinglay olishi, hikoya davomida uni anglab olishi og’zaki tasnif asosida etarlicha jonli obrazlarni faol tasavvur qilishi tarbiyachi himoyasidagi voqea-hodisalarning bir-biriga bog’liqligi hamda munosabatlarni aniqlash va tushunishi, hikoya mazmunidagi yangiliklarni o'zining avvalgi bilimi bilan qiyoslab ko’rishi lozim. Bularning barisini tarbiyachi tabiat haqidagi hikoyasiga bo'lgan talablarni belgilaydi. Tilni jonliligi, obrazliligi, aniqligi - tarbiyachining hikoyasiga qoyiladigan mutloq talabdir. Hikoya uchun tarbiyachi xilma xil material: tabiatga oid shaxsiy kuzatishlari, ajoyib kishilarning hikoyalari, tabiat hodisalari haqidagi ocherklar va hikoyalar ilmiy materiallardan foydalaniladi. Suhbat didaktik vazifalardan kelib chiqqan holda: kirish suhbati va yakuniy suhbatga bo`linadi Kirish suhbati tarbiyachi kuzatishlar, ekskursiyadan oldin qo'llaydi. Maqsad bo'lajak kuzatishlar bilan mavjud bilimlar o'rtasida aloqa o'rnatish maqsadida bolalarni bilimini aniqlashdir Yakuniy suhbat bilib olingan dalillarni bir tizimga solish va aniqlashtirishga, mustahkamlashga yo'naladi. Suhbatning samarali bo'lishi bolalarni oldindan qanday tayyorlanganligiga bog'liq. Suhbat - bu ular bilan o'tkazilgan ishning yakunidir. Shuning uchun tarbiyachi oldida bolalarda kuzatishlar, mehnat faoliyati, oyinlar, tabiatshunoslik, kitoblarini o'qish, hikoyalar orqali tasavvurlar hosil qilish vazifagi turali. Tarbiyachi doimo suhbatni ta'limiy maqsadini aniq tasavvur qilishi kerak. Suhbat hodisa, dalillarni taxlil qilishdan, ularning xususiyatlari, belgilari, hodisalarya o'rtasida muhim aloka va munosabatlarni ta'kidlashdan boshlanadi Bunday tahlil umumlashtirishga o`tishni ta'minlaydi, tarqoq dalillarni tizimga soladi. Suhbat tabiat bilan tanishtirish uslubi sifatida o'rta, katta, tayyorlov guruhlarida qo'llaniladi. Bolalar adabiyotida tabiat turlari badiiy vositalar yordamida ifodalanidi. O'z mazmuniga ko`ra ilmiy bo'lgan tabiatshunoslik haqidagi kitob ayni vaqtda san'atning bir turidir. Uning xususiyati mana shundadir. Tabiat haqidagi tabiat kitobidan pedagog birinchi navbatda tarbiyaviy maqsadlarda foydalanadi. U san'atning turi sifatida faqat bolaning aqligagina emas, balki uning hissiyotiga ham ta'sir etadi. Tabiatshunoslik kitobi bolalarda bilishga qiziqishni kuzatuvchanlikni bilimga bo'lgan havasni tarbiyalash uchun boy material beradi, U bolalar oldiga yangi savollarni qo`yadi. Bolalarni atrofdagi tabiatga diqqat bilan o'rashga majbur qiladi. Tabiat haqidagi bolalar kitobi tarbiyachining ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda asosiy vosita sanaladi. Demak, bolalarni yuksak e'tiqodli ma'naviy barkamol, ajoyib fazilatli, xushfe'l, mehnatkash. samimiy kishilar bo'lib tarbiyalashda badiiy adabiyotning o'rni ham kattadir. Badiiy adabiyotda berilgan barcha voqea hodisalar hayotiy, jonli qilib berilishi lozim. Shundagina bola shu asar qahramonlariga ishonadi. Bolalar bog'chasi tarbiyachisi esa o'sha asarlar orqali tarbiya maqsadlariga muvaffaq bo'lishlari mumkin. Mavzu yuzasidan savollar l.Og'zaki uslublarning qanday turlari bor, ularni izohlab bering. 2.Tabiat bilan tanishtirishda badiiy adabiyotning urni qanday? 3. Yakuniy suhbat qanday amalga oshiriladi? 4.Hikoya uchun tarbiyach qanday materiallardan foydalanadi? Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling