Reja: Tabiat bilan tanishtirish metodikasi fanining maqsad va vazifalari


Mavzu. Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda og’zaki metoddan foydalanish va uning mohiyati. Tabiat bilan tanishtirishda amaliy metod


Download 0.59 Mb.
bet12/33
Sana30.01.2024
Hajmi0.59 Mb.
#1816883
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   33
10. Mavzu. Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda og’zaki metoddan foydalanish va uning mohiyati. Tabiat bilan tanishtirishda amaliy metod.
Reja:
1. Tabiat bilan tanishtirishga oid hikoyalar va ularning ahamiyati. Suhbat uning turlari.
2. Tabiat bilan tanishtirishning o’yin turlari va ularning bola rivojlanishidagi roli. Turli yosh gurug bolalarini tabiat bilan tanishtirishga oid o’yinlar.
Tayanch tushunchalar: ekskursiya, mashg’ulotlar, tabiat, uslub, maktabgacha tarbiya muassasalari


Adabiyotlar.

1. Djanpeisova G.E., Rasulxo‘jayeva M.A. Tabiat bilan tanishtirish. T.: Innovasiya Ziyo, 2020 y.- 320 b.


2. Sodiqova Sh.A. Maktabgacha pedagogika. T.: Tafakkur bo‘stoni 2013 y
3. N.Kayumova. Maktabgacha pedagogika. T.: TDPU 2013 y.
4. Yusupova P.A. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ekologik tarbiya berish. T.: 0‘qituvchi. 1995 y.
5. Rasulxo‘jayeva M.A. Bolalami hayvonot olami bilan tanishtirish orqali ahloqiy sifatlarini shakllantirish texnologiyasi. T.: “Ilm-Ziyo- Zakovat”, 2020 y
6. F.Qodirova, Sh.Toshpo‘latova, M.A’zamova ‘“Maktabgacha pedagogika”.-T., “Ma’naviyat”. 2019 y.
7. O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari. T .: BMT Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF), 2018 y.
8. “Ilk qadam” Maktabgacha ta'lim muassasasining Davlat o‘quv dasturi. T.: BMT Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF), 2018 y.
9. Grosheva I.V. va boshq. 0‘yin orqali ta’lim olish. Uslubiy qo‘llanma. T.: 0‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi 0‘zbekiston BMT Xalqaro bolalar fondiga (YUNISEF), 2020 y.
10. Sh.M.Mirziyoyev “Buyuk kelajagimizni maid va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” T.: 2017 y.
1 l. Sh.M.Mirziyoyev “Erkin va farovon demokratik 0‘zbekiston Davlatini birgalikda barpo etamiz” T.: 2016 y
12. Sh.M.Mirziyoyev “Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligini garovi” T.: 2016 y.
13. O“zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi. O‘zbekiston Respublikasi prezidentining farmoni.
O 'zbekiston
14. Sh.A.Sodiqova, M.A.Rasulxo‘jayeva Bolalami tabiat bilan tanishtirish metodikasi.T.:Fan va texnologiya 2013 y.
15. O.Xasanboyeva va boshq. Oila pedagogikasi. T.: “A)oqachi’\ 2007 V-
16. Xasanboveva O.U. va boshqalar. “‘Oilada barkamol aqlod arbiyasi’T., 2010 у
17. “Bolangiz maklabga tayyormi?” metodik qoMlanma. T:, 2001 у
18. A.To‘xtayev Ekologiya.T.:0‘qituvchi.l998.
19. N.Jo‘rayev va boshqalar “Ekologiya huquqi” T.:Adabiyot jamg‘armasi. 200ly.

Maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalarga beriladigan bilimlar xilma-xil shakllarda: mashg’ulotlarda, ekskursiyada, kundalik hayotda amalga oshiriladi.


Tabiat bilan tanishtirish mashg’ulotlarida beriladigan blimlar bolalarning imkoniyatlari hamda urab turgan tabiatning xususiyatlarini nazarda tutgan holda izchil rivojlantirish imkonini beradi. Mashg'ulotlarni ta'limiy ahamiyati bu bolalarga mashg’ulotlarda berilishi yoki aniqlanishi hamda umumlashtirilishi lozim bo'lgan bilim hajmi, bilish jarayonlarini rivojlantiruvchi, nutqini o`stiruvchi, qiziqishlarini o'stiruvchi, qobiliyatlarini rivojlantiruvchi bo'lmog’i lozim. Tarbiyaviy ahamiyati esa bolalarda kattalarga hurmat, Vatanga, o'z o'lkasi tabiatiga mehr - muhabbat tabiatni avaylab - asrash. tabiat bergan ne'matlardan o'z o'rnida unumli foydalanish kabi xislatlar tarbiyalanadi.Bolalarni tabiat bilan tanishtirish mashg’ulotlari bilimlarni bolalarning imkoniyatlari hamda atrof muhit tabiatning xususiyatlarini nazarda tutgan holda amalga oshirish imkonini beradi. Tarbiyachi rahbarligida o'tadigan mashg’ulotlarda guruhlarning barcha bolalarida dastur talablariga muvofiq oddiy ilmiy blimlar shakllanadi, asosiy bilish jarayonlari va bolalarning qobiliyatlari ma'lum tizim hamda izchillikda o`stiriladi Kundalik hayotda kuzatish, oyin mehnat vaqtida bolalarning shaxsiy bilimlari qo`yib boriladi. Mashg’ulotdar ularni aniqlash, tizimga solish imkonini beradi. Bolalarni mashg’ulotlarda o`qitish turli metodlarda amalga oshiriladi. Uslub mashg’ulotning turiga, uning maqsadiga ko'ra aniqlanadi. Ayrim mashg’ulotlarda boshlang’ich bilimlar shakllantiriladi. Shu maqsadda tarbiyachi kuzatish, rasmlarni ko'rsatish, badiiy asarlarni o`qish, diafilm, kinofilmlarni ko`rsatishdan foydalanadi. Boshqa mashg’ulotlarda esa bilimlar aniqlanadi, kengaytiriladi, chuqurlashtiriladi Yuqorida keltirilgan usullardan tashqari mazkur mashg’ulotda bolalarning tabiatdagi mehnatidan ham foydalaniladi. Mashg’ulotning yana bir muhim vazifasi - bolalar bilimini umumlashtirish tizimga solish.Mashg’ulotlar barcha yosh guruhlarda kichik va o`rta guruhda, oyida ikki marta katta, tayyorlov guruhlarida haftada bir marta o'tkaziladi.
Mashg’ulotga tayyorlanish hamda-uni, o'tkazishda mashg’ulotning tuzilishi uslubini to`g’ri tanlash ta'limiy vazifalar xarakteri, tabiiy ob'ektlarning xususiyatlari va bolalarning yoshiga bog’liqdir. Masalan yovvoyi hayvon haqidagi bilimni
shakllantirishni yaxshisi diafilm, kinofilm ko'rsatish hayvonlar. O`simliklar bilan tanishishni esa ularni bevosita kuzatish orqali amalga oshirgan ma'qul. Kichik yoshdagi bolalarning mashg’ulotlarida kuzatish o`yin uslubidan foydalanib amalga oshiriladi. Ogzaki' uslubdan asosan maktabgacha katta yoshdagi bolalar bilan bo`uladigan mashg’ulotlarda foydalaniladi. Tanlangan uslub dastur vazifasining to'liq, bajarilishini va bolalarning faol aqliy faoliyatlarini ta'minlashi lozim Mashg’ulot o`tkazishga tayyorlanar ekan tarbiyachi ishlash uchun qanday ko`rgazmali qurollar tanlashni rasmlar, gerbariylar, tabiat kalendari va hokazolar. Qanday o`simlik yosh hayvonni parvarish qilish, ekiladigan ekinning nimaga kerak bo'lishini o`ylab ko`radi. Shundan keyingina u mashg’ulotning borishi ustida fikr yuritadi.
Bolalarda oddiy izlanuvchanlik qobiliyatini o`shirish ularning tabiat bilan tanishtirishdagi mustaqilligini fikr doirasini oshirishda va o`ta faol bo'lishini ta'minlaydi. Bunday qobiliyat bolalarga tabiat hodisalarini tushunishga, uning sodir bo'lish sabablarini bilishga imkon beradi Bolalarda izlanuvchanlik qobiliyatini hosil qilish ma'lum tizim asosida amalga oshiriladi. U bolalarni tabiatda bo`ladigan voqea, hodisalarni ko`rish, taxlil qilish asosida turli faoliyatlardan boshlanadi. Shundan keyin bolalarda fikrlash qobiliyati shakllanadi. Turli muammolar paydo bo'ladi. Bolalar bu muammolarni echishni o`ylab mulohaza yuritadilar Natijada bolalar tabiatda bo`ladigan o'zgarishlar. Ob-havo, uning o'zgarishlari, sabab-oqibatlari haqida tabiatdagi o'zaro bog’liqliklar haqida ilmiy tushunchalar paydo bo'ladi. "Bolalar bog’chasida ta'lim- tarbiya dasturida" belgilangan bolalarga singdirish uchun bolaning bilishga- bo'lgan faolligini va amaliy faoliyatini oshirish zarur. Buning uchun tarbiyachi dasturdan izlanuvchanlik faoliyati yo`li bilan o'rganiladigan tabiat haqidagi bilimlarni ajratib olmog'i kerak.
Mavzu yuzasidan savollar.

  1. Tabiat bilan tanishtirishda ish shakllarining qaysilaridan foydalaniladi?

  2. Mashg’ulotlarning qanday turlari mavjud?

3.Turli guruhlarda mashg’ulot o`tkazish tartibi va mazmanini izohlab bering. 4.Noan'anaviy mashg’ulotlarga reja taqvim tuzing.


Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling