Reja: To’lqin funktsiyasi


Download 279.78 Kb.
bet5/12
Sana22.12.2022
Hajmi279.78 Kb.
#1041135
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
MAVZU ФЕЩЬ

Pozitroniy va myuoniy. Pozitroniy deb, pozitron e+ va elektron edan iborat vodorodsimon tizimga aytiladi. Pozitron massasi elektron massasiga teng, zaryadi bir musbat zaryadga teng. Bunday tizim uchun Z=1, keltirilgan massasi esa vodorod atomi keltirilgan massasidan deyarli ikki marta kichik. Shuning uchun vodorod atomiga qaraganda pozitroniy Bor orbitasi o‘lchami ikki marta katta va ionlashtirish potensiali ikki marta kichik. Myuoniy musbat myuon m+ va elektrondan tashkil topgan. Myuon o‘z xossalari bilan pozitronga o‘xshaydi, lekin massasi pozitron massasidan 207 marta kattadir. Myuon zarralari leptonlar guruhiga kiradi. Leptonlar kuchli o‘zaro ta’sirlarda qatnashmaydi.
Myuon beqaror zarra bo‘lib, uning yashash vaqti 2,2 mksdir. Myuon uchun Z=1, keltirilgan massasi vodorod atomi keltirilgan massasiga teng, myuonning Bor orbitasi o‘lchami va ionlashtirish potensiali qiymatlari vodorod atomi bilan deyarli bir xil.
Atomda yadro atrofida elektron buluti taqsimlanishining zichligi maksimum bo‘lgan radius quyidagicha aniqlanadi:
(11)
– vodorod atomida birinchi Bor orbitasi radiusi.
Vodorodsimon atomlarning energetik sathlari energiyasi:
(12)
Bunda n=+k+1 bo‘lib, n, , k lar butun sonlar; nbosh kvant son, – orbital kvant son, k – radial kvant son. va k lar 0,1,2,… qiymatlarni, n=1,2,3,… qiymatlarni qabul qiladi, Z – zaryad soni.
(11) va (12) formulalardan ko‘rinadiki, He, Li, Be atomlarida birinchi Bor orbitasining radiusi (tegishlicha boshqa orbitalar ham) vodorod atomiga qaraganda Z marta kichik, ionlashtirish potensiali esa marta kattadir. Yadro atrofida elektron buluti taqsimlanishining zichligi radial yo‘nalishda qaralganda n=+k+1 ifodada k=0, =n–1 da orbitalar aylanma bo‘ladi, k≠0 da orbitalar elliptik bo‘ladi.
Vodorod izotoplarida (deyteriy va tritiy) proton deytron va triton bilan almashgan bo‘ladi. Deytron proton va neytrondan, triton esa, proton va ikkita neytrondan tashkil topgan. Shuning uchun deyteriy va tritiyda vodorod atomidagi singari Z=1 bo‘ladi, energetik sathlar energiyasi orasidagi farq keltirilgan massaning bir xil bo‘lmaganligidir.

MAVZU: Elektronning orbital mexanik va magnit momentlari. Shtern va Gerlax tajribasi.


Reja:
1. Myuonli atomlar. Adronli atomlar. Ridberg atomlari.
2. Elektronning orbital mexanik momenti
3. Shtern va Gerlax tajribasi

Download 279.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling