Reja: To’lqin funktsiyasi
Download 279.78 Kb.
|
MAVZU ФЕЩЬ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adronli atomlar.
- Ridberg atomlari.
Myuonli atomlar. Yadro zaryadi bo‘lgan va elektroni manfiy myuon bilan almashtirilgan atomlar myuonli atomlar deyiladi. Manfiy ion massasi va yashash vaqti musbat ionga tegishli va shu kattaliklarga tengdir. Zaryadi esa manfiy ishoralidir. Vodorod atomi uchun yozilgan formulalar o‘zgarishsiz holda myuon uchun ham to‘g‘ri bo‘ladi, faqat elektron massasini manfiy myuon massasi bilan almashtirish kerak. Manfiy myuon massasi elektron massasidan 207 marta katta.
Adronli atomlar. Adronli atomlarda yadro zaryadi bo‘lib, elektron manfiy adron bilan almashgan bo‘ladi. Adronlar kuchli o‘zaro ta’sirlarda qatnashadigan zarralardir. Spini yarim butun songa teng bo‘lgan adronlar barionlar deyiladi, spini butun songa teng bo‘lgan adronlar mezonlar deyiladi. Barionlarga proton, antiproton, neytron, antineytron, ksi kabi zarralar kiradi. Mezonlarga P-mezonlar, K-mezonlar kiradi. Vodorod atomi uchun yozilgan formulalar adronli atomlar uchun birinchi yaqinlashishda ishlatilishi va Bor orbitasi o‘lchami va ionlashtirish potensiali qiymatlari uchun katta natijalar berishi mumkin. Ridberg atomlari. Ridberg atomlarida elektron kuchli uyg‘ongan holatda joylashadi, ya’ni bosh kvant soni – n katta qiymatga ega bo‘ladi. Bunday elektron yoki atom yuqori Ridberg holatida joylashgan deyiladi. Elektron orbitasi o‘lchami formula bilan aniqlanadi. Bunda =5,3×10–7m – birinchi Bor orbitasi o‘lchamidir. Bundan ko‘rinadiki, bunday atomlarda elektron orbitasi o‘lchami juda katta bo‘ladi. n=100 bo‘lganda, orbita o‘lchami =5,3×10–7m bo‘ladi. Bunday atomning ko‘ndalang kesimi yuzasi n4 ga proporsional va n=1 bo‘lgandagi asosiy holatnikidan 108 marta katta. Ionlashtirish potensiali esa n2=104 marta kichik bo‘lib, 1,36×10–3 eV ga teng. Ridberg atomlarida bog‘lanish kuchsiz bo‘lsada, yashash vaqti nisbatan kattadir, uyg‘ongan qo‘shni holatlar oralig‘i esa kichikdir. Ridberg atomlarini o‘rganish radioastronomiyada, plazmalar va lazerlar fizikasida muhim ahamiyatga egadir. Klassik mexanikada atom yadrosi atrofida orbita bo‘ylab harakatlanayotgan elektronning koordinata boshi O ga nisbatan orbital mexanik momenti L quyidagicha aniqlanadi. (1) Bu formulada L – elektronning orbital mexanik momenti, – elektron massasi, v-elektronning tezligi, r – orbita radiusi, p – elektron impulsi. Lekin kvant mexanikasida impuls momentining bunday aniqlanishi ma’noga ega emas. Chunki har ikki vektor r va p bir vaqtda aniq qiymatlarga ega bo‘lgan holat mavjud emas. Kvant mexanikasida harakat miqdor momenti (impuls momenti) ayrim o‘ziga xos kvantmexanik xossalarga ega. Kvant mexanikasida r va p kattaliklarning operatorlari bilan ish ko‘riladi. Download 279.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling