Reja: Trombotsitlar agregatsiya va adgeziya xususiyatlarini faollovchi dori vositalari
Download 173.5 Kb.
|
Qon ivishiga, qon tuqimasiga ta’sir qiluvchi dori vositalarining klinik va farmakologik tavsifi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Epsilonaminokapron kislota (afibrin, amikar, epsamon)
3. FIBRINOLIZ INGIBITORLARI
Bularga epsilonaminokapron kislota, paraaminometilbenzoy kislota, pantriptin, ingitril, kontrinol, gordokslar kiradi. Bular fibrinolitik tizilma faolligi oshganda yetarli miqdorda fibrin ishlab chiqilmasligi bilan bog‘liq koagulopatiyalar (tomir purpurasi va gematoma tabiatidagi qon oqishlar)da ishlatiladi. Fibrinoliz ingibitorlari samaradorligini va xavfsizligini nazorat qilish: 1. Laboratoriya ko‘rsatkichlari bu dorilar ishlatilganda asosiy nazorat usullari hisoblanadi: a) 10 marta suyultirilgan qon yordamida qonning umumiy fibrinolitik faolligini aniqlash, euglobulin testi, tromboelastografiya. b) qon zardobidagi fibrinogen miqdorini aniqlash (kritik ko‘rsatkich 100 mg%) ga teng. v) qon ivish va protrombin vaktini aniqlash. g) fibrinomonomer kompleksini topish, stafilokokklar yopishqoqligini aniqlash, parakoagulyatsion (etanol, protaminsulfat, ortofentrolin testlar), fibrin va fibrinogen parchalanishidan hosil bo‘lgan metabolitlarni aniqlash. d) siydikni eritrotsitlarga, axlatni yashirin qon oqishga tekshirish. 2. Paraklinik usullar; ultratovush va angiografiya usulida trombinni aniqlash. 3. Qlinik belgilar: yumshoq to‘qimalarga, ichki a’zolarga, bo‘shliqlarga sababsiz qon quyilishini aniqlash, ichakdan, bachadon va o‘pkadan qon oqishi, shikastlangan joydan uzoq qon oqishi. Epsilonaminokapron kislota (afibrin, amikar, epsamon) Farmakodinamikasi. Lizin aminokislota hosilasi hisoblanadi. Fibrinogen va fibrin molekulasidagi lizin aminokislotasi bilan plazminogen va plazminning faol markazlari bilan reaksiyaga kirib, uni gidrolizlaydi. Epsilonaminokapron kislotasi plazminogen va plazminning faol markazlari bilan birikib, fibrin molekulasi (trombin)ni parchalanishdan saklaydi. U plazminogenni fzolloyochy MoDdalar bilan birikib uni falajlaydi. Bundan tashqari, epsilonaminokapron kislota trombopoezni kuchaytiradi va trombotsitlardagi sezuvchi qurilmalarni tabiiy agregantlar (trombin, kollagen, tromboksan A2)ga sezuvchanligini oshiradi. Qatta miqdorlarda, aksincha, bu dori trombotsitlarni oshiradi va buzadi. Epsilonaminokapron kislota yengil desensibilizatsiyalovchi va yallig‘lanishga qarshi ta’sir ham ko‘rsatadi, buning sababi kininlar hosil bo‘lishini falajlaydi. Uning immunosupressor samarasi komplement tizilmasini falajlashga bog‘liq. Va nihoyat bu dori jigarning zaharsizlantiruvchi faoliyatini oshiradi va virusga qarshi ta’sirga ham ega. Farmakokinetikasi. Preparat venaga tomchilab yuboriladi, ichishga ham beriladi, ichishdan oldin talqon dorini (poroshokni) yengil shirin suvda eritiladi yoki poroshok ichilgach shu suyuqlik bilan ichiladi. Oshqozonichak tizilmasida 60% va undan ortiqroq so‘riladi. Qonda eng yuqori miqdori 1—2 soat davomida kuzatiladi. Qon plazmasi oqsillari bilan kam bog‘lanadi (2—3%). Qondagi samarali miqdori 6 soatgacha saqlanadi. Sutkasiga 4 marta kiritiladi. Dori kiritish to‘xtatilgach uning fibrinogenga ta’siri 1—3 kun davomida saqlanadi. Kiritilgan dorining 20—30% jigarda biotransformatsiyaga uchraydi, qvlgani buyraklar orqali siydik bilan o‘zgarmagan holda chiqariladi. Buyrak yetishmovchiligida to‘planib qolish xavfi ortadi. Uzaro ta’siri. Preparat ichilganda trombin va adrokson bilan samarali hisoblanadi (chaqaloqlar melenasida). Venaga fibrinogen, glukoza eritmasi, gidrolizatlar, karaxtlikka qarshi eritmalar bilan yuborish samarali hisoblanadi. Preparatni kontrikal bilan quyish xavfli, bunda massiv tromb hosil bo‘lishi xavfi bor. Salbiy ta’sirlari. Yuqori nafas yo‘llari shamollashi, terida toshmalar, ko‘z sklerasining qizarishi, burunning bitib qolishi ko‘rinishidagi allergik reaksiyalar; ko‘ngil aynishi, oshqozon sohasida og‘riq, ich ketishi; venaga tez yuborilganda bosh aylanishi, quloq shang‘illashi, ortostatik reaksiyalar, bradikardiya, yurak ritmining buzilishi, tromboz, emboliya to‘planib qolganda qon oqish; kamdan kam holatlarda mushak tonusining pasayishi kuzatiladi. Ishlatilishi. Qsn va to‘qimalarning birlamchi fibrinolitik faolligini ortishi va gipofibrinogenemiya bilan kechayotgan qon oqishlar; fibrinolizni faollovchi omillarga boy to‘qimalar (o‘pka, prostata bezi)da o‘tkazilgan jarrohlik muolajalarida qon oqishning oldini olish, fibrinolitik moddalar va konservatsiyalangan donor qoni yuborilganda tavsiya etiladi. Bundan tashqari, komplement (glomerulonefrit) va kininlar faolligi oshgan kasalliklar (travmatik, gemorragik va septik karaxtliklar), kuyganda, meningitda tavsiya etiladi. Qlinikfarmakologik ko‘rsatkichlari bilan epsilonamiinokapron kislotaga yaqin paraaminometilbenzoy kislota (amben), lekin bu dori undan 3—7 marta yuqori faolligi bilan farq qiladi. Proteaza tabiiy ingibitorlari. Tabiiy mahsulotlar (pantripin, ingitril, kontrikal, gordoks) oshqozon osti, quloq oldi bezidan yoki o‘pka to‘qimalaridan olingan dorilar proteazalar ingibitorlari hisoblanadi. Farmakodinamikasi. Bu dorilar ta’sir qiluvchi aprotinin—ishqoriy xususiyatli polipeptid hisoblanadi. Aprotinin—proteolitik fermentlar plazmin (fibrinolizin), tripsin, ximotripsin, kallikrein, kislotali glikoproteidlar va mukopolisaxarid (geparin) bilan faolsiz komplekslar hosil qiladi. Bularning falajlanishi o‘z navbatida to‘qimalarda bu byologik faol aktivatorlarni falajlaydi va klinik samara beradi. Farmakokinetikasi. Bular venaga tomchilab yoki sekinlik bilan quyiladi. Aprotininning qondagi miqdori tezdan yuqori darajalarga ko‘tarilib, tezda hul Uzaro ta’siri. Bular glyukokortikoidlar bilan qo‘shib ishlatiladi, chunki glyukokortikoidlar ham yallig‘lanishga qarshi va proteazalar ingibitorlari asoratlarining oldini oladi. Download 173.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling