Reja: Trombotsitlar agregatsiya va adgeziya xususiyatlarini faollovchi dori vositalari


Download 173.5 Kb.
bet1/11
Sana07.01.2023
Hajmi173.5 Kb.
#1081213
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Qon ivishiga, qon tuqimasiga ta’sir qiluvchi dori vositalarining klinik va farmakologik tavsifi


Qon ivishiga, qon tuqimasiga ta’sir qiluvchi dori vositalarining klinik va farmakologik tavsifi

Reja:



1. Trombotsitlar agregatsiya va adgeziya xususiyatlarini faollovchi dori vositalari
2.2 Fibrin tromblari hosil bulishini oshiruvchi dori vositalari
3. Fibrinoliz ingibitorlari
4. Trombolitik dori vositalari
4.1. Agregatsiyaga qarshi moddalar
5. Fibrin tromblari hosil bo‘lishiga sarshilik siladigan dori vositalari
6. Fibriiolizni faollovchi dori vositalari
7. Kamkonlikda ishlatiladigan dori vositalari

Zamonaviy tasavvurlarga ko‘ra, tromboembolik va gemorragik kasallik va sindromlarning kelib chiqishida qon tomirlar devorining o‘zgarishi, gemodinamikaning buzilishi, qonning ivishi va fibrinoliz xususiyatlarining buzilishi, qon elementlarining o‘zgarish omillari katta ahamiyatga zga. Qon ivish buzilishi kasalliklarining oldini olish va samarali davolash uchun qon ivish jarayonidagi o‘zgarishlarni aniq bilish muhim ahamiyatga ega. Bu muammoni ilmiy asosda hal qilish sohasida ancha yutuqlarga erishilgan bo‘lsada, amaliy tibbiyotda gemokoagulyatsiyaning alohida bo‘limlariga, ya’ni trombotsitlar yopishqoqligiga (agregatsiya), tromb hosil bo‘lishi va fibrinolitik tizilmaga ta’sir qiluvchi dori vositalari ko‘proq o‘rganilgan.




1. TROMBOTSITLAR AGREGATSIYA VA ADGEZIYA XUSUSIYATLARINI FAOLLOVCHI DORI VOSITALARI

Bularga adrokson, serotonin, kalsiy preparatlari, etamzilatlar kiradi.


Samaradorligi va xavfsizligini nazorat qilish usullari:
1. Laboratoriya ko‘rsatkichlari: trombotsitlar sonini sanash (normada 150—400x109/l), trombotsitlar soni 50x109/l gacha kamayganda qon oqish xavfi kuzatiladi; trombotsitopatiya belgilarini aniqlash:
1) gemolizat agregatsiya testi eritrotsitlarda eritrotsit va adenozindifosfat borligi asosida gemolizlangan eritrotsitlar tomonidan trombotsitlar agregatsiyasini chaqirishga asoslangan;
2) kollagen, adrenalin, trombin, ATF yordamida trombotsitlar agregatsiyasi va adgeziyasini chaqirish;
3) trombotsitlar kattakichikligi va ultrastrukturasini o‘rganish — sitometriya;
4) qonda serotonin, 5oksindolsirka kislota va kalsiy miqdorini aniqlash;
5) tromboelastografiya yordamida qon plazmasining geparinga chidamliligini aniqlash.
Qlinik usullar:
— Dyuk (norma 1—7 daqiqa) bo‘yicha qon oqish vaqti davomiyligini aniqlash;
— endotelial («chimchilash», «jgut», «manjet») sinamalarini o‘tkazish;
— teriga qon quyilishi belgilarini (petexiya, ekximoz, burundan qon oqishi) o‘tkazish; tomirlar pulsatsiyasini o‘rganish.

Download 173.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling