Reja: Trombotsitlar agregatsiya va adgeziya xususiyatlarini faollovchi dori vositalari
Download 173.5 Kb.
|
Qon ivishiga, qon tuqimasiga ta’sir qiluvchi dori vositalarining klinik va farmakologik tavsifi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Individlar Tana og‘irligi, kg Organizm ning ta labi (kkal/
- Ichiladigan temir dorilari tarkibida ikki valentli temir miqdori (mg)
32 j a d v a l
Turli yoshdagi odamlarning temirga bo‘lgan ehtiyoji
Bu dorilarni amaliyotda samarali va xavfsiz ishlatish vrachdan bu dorilarning farmakodinamikasini, farmakokinetikasini, ularning o‘zaro ta’sirini va salbiy ta’sirini bilishni taqozo qiladi. Ichishga beriladigan temir satslovchi dorilarning farmakokinetikasi. Temirning oshqozonichak tizilmasida so‘rilishi ikki mexanizm (jarayon) bilan ta’minlanadi: birinchisi, fiziologik jarayon, ya’ni tez to‘yinadigan ferritin tashiydigan mexanizm bo‘lib, bu mexanizm yordamida ovqat tarkibidagi kam miqdordagi (3—4 mg sutkasiga) organik temir moddasining so‘rilishi ta’minlanadi. Ichaklarda ikki valentli qaytarilgan temir, uch valentli temirga nisbatan yaxshi so‘riladi. 33 j a d v a l Ichiladigan temir dorilari tarkibida ikki valentli temir miqdori (mg)
Ikkinchi yo‘l (mexanizm) passiv diffuziya yo‘li, bunda temir moddasi ko‘proq qabul kilinganda (temir tutuvchi dorilar bilan davolash paytida) u oddiy diffuziya bilan ichakdan qonga so‘riladi. Temirning fiziologik so‘rilishi ko‘proq o‘n ikki barmoq hamda ingichka ichakning yukori qismida asosap ferritin mexanizmi yordamida kechadi Oshqozonichak shilliq pardasidagi apoferritin oqsili ichakdan so‘rilgan temirni biriktirib ferritin kompleksini hosil qiladi. Ichakdan o‘tgan ikki valentli temir qondagi betaglobulin transferin bilan birikadi. Transferin bilan birikkan ikki valentli temir turli to‘qimalarga tarqalib, qaytadan ajralib chiqadi va gemoglobin hosil bo‘lishiga sarf bo‘ladi, yoki to‘qimalarda ferritin yoki gemosiderin ko‘rinishida to‘planadi Temirning passiv absorbsiya yo‘li bilan so‘rilishi ^ichak tizilmasining hamma qismlarida ketadi, biroq yo‘g‘on ichakka tomon uning so‘rshshshi kamayib boradi Xlorid kislotasi molekular temirning (ionlanish yo‘li bilan) oshqozonda so‘rilishini ko‘paytirsada, temir dorilarning ichakdan so‘rilishiga yaxshi ta’sir qilmaydiAminokislotalar, peptidlar, fruktoza, askorbin va kahrabo kislotalari uch valentli temirni ikki valentli temirga aylantirish hisobiga uning so‘rilishini ko‘paytiradi Temirning so‘rilishi uning miqdoriga bog‘liq: ya’ni bir martada ychiladygan tyomir miqdorining 46 mg DYN 400 mg ga oshishi uning so‘rilishini 30—35 foizdan 5—7 foizgacha kamaytiradi. Sutka davomida tanaga tushadigan temirniig eng yuqori miqdori 100 mg atrofida bo‘ladi, temirning so‘rilishi uning tanada yetishmaslik darajasiga ham bog‘liq. Tanada temir zahirasi normaga yaqin bo‘lsa, temir 3—7 foiz atrofida so‘rilsa, organizmda temir miqdori yetishmaganda uning so‘rilishi 15—17 foizgacha ortadi, kamqonlik kasalligida esa bu miqdor 25—30 foizgacha ortishi mumkin Temir nahorda (oshqozon bo‘sh bo‘lganda) yaxshi so‘riladi Parenteral yo‘l bilan yuboriladigan temir dorilarining farmakokinetikasi. Temir dekstran. Uch valentli temir gidroksidining yuqori molekulali dekstran bilan kompleksi venaga yuboriladi. Mushakka yuborish uchun temir gidroksidining qisman gidrolizlangan kichik molekulali dekstran bilan kompleksi ishlatiladi. Mushakka yuborilgan dori limfodrenaj yordamida sekinlik bilan qonga so‘riladi. 72 soat davomida yuborilgan dorining 50 foizi so‘riladi, yuborilgan dorining 25 foizi 3 haftagacha, 5—10 foizi esa undan ham ortiq muddatda yuborilgan joyda saqlanishi mumkin. Ektofer. Temirning 3000—5000 molekular og‘irlikdagi sorbitol bilan kompleksi. Mushakka yuborilganda tez so‘riladi, yuborilgan dorining 85 foizi 12 soat davomida so‘riladi. Dorining qondagi eng yuqori miqdori 2—8 soatdan so‘ng kelib chiqadi, 12^24 soatdan keyin esa ikki valentli temir eritrotsitlarda paydo bo‘ladi. 24 soat davomida yuborilgan dorining 30—40 foiz miqdori siydik orqali chiqib ketadi. Ferbitol. Temirsorbitol aralashmasi. Mushakka yuborilgach 12 soatdan keyin yuborilgan miqdorining 85 foizi qonga so‘rilib ulguradi, yuborilgan dorining 20—30 foizi buyraklar orqali o‘zgarmagan holda chikariladi. Dori 20 kun davomida butunlay organizmdan chiqib ketadi. Ferrumlek. Temirning saxarat ko‘rinishi. Ampulada 5 ml (0,1 g temir saxarat tutadi) chiqariladi, venaga yuboriladi; mushakka yuborish uchun esa 2 ml (0,1 g uch valentli temirning maltoza kompleksini tutadi) dan chiqariladi. Boshqa temir dekstran komplekslari singari limfodrenaj yo‘li bilan so‘riladi. Ferkoven. Temir saxarat kompleksi venaga yuboriladi. 90 foiz yuborilgan dori organizmda o‘zlashtiriladi. 10 foizga yaqini esa siydik bilan o‘zgarmagan holda chiqib ketadi. Yoyenaga, mushakka yuborilgach dori tarkibidagi femirning bir qismi 12—24 soat davomida eritrotsitlarga kiradi. Gemoglobin sintezi uchun temir, asosan jigar, taloq va ko‘mikdagi zahira hisobiga tana ehtiyojiga qarab qondiriladi. Parenteral yo‘l bilan yuboriladigan temir dorilarini miqdorlash tartibi. Venaga yoki mushakka temir dorylarini yuborishdan 2—3 kun oldin ichilayotgan temir dorilarini to‘xtatish tavsiya etiladi. Parenteral yuborilganda temirning qon zardobidagi miqdori 100 mg dan oshmasligi kerak, chunki bu miqdor transferinni butunlay to‘yinishga olib keladi, bu miqdor ko‘payib ketsa, salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Yaxshisi (ayniqsa bemor anamnezida allergiya bo‘lganda) temirning bir martalik miqdorini kuniga 25 mg dan 100 mg gacha yuborgan ma’qul. Mushakka yuborishga mo‘ljallangan dorilarni venaga yuborish man etiladi. Temir dorilarini parenteral yo‘l bilan yuborilganda kelib chiqadigan salbiy ta’siri umumiy (rezorbtiv) yoki mahalliy belgilar bilan namoyon bo‘ladi. Mushakka yuborilganda dori yuborilgan joyda og‘riq, infiltratlar paydo bo‘ladi, chov limfa tugunlarining og‘rishi, kattalashuvi kuzatilishi mumkin, qorinning pastki qismida og‘riq paydo bo‘lishi mumkin. Temirdan zaharlanishning yengil ko‘rinishi: darmonsizlik, yuz qizarishi, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, yurak urishining tezlashuvi bilan kechsa, o‘rtacha og‘irlikdagi zaharlanish esa mushaklarda darmonsizlik, bel sohasida og‘riq, ko‘ngil aynishi, kayt qilish, ich ketish, kuchli darmonsizlik va bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, qaltirash, tana haroratining ko‘tarilishi, terlash, terida mayda (urtikar) toshmalar, ko‘krak qafasi sohasida siquvchi og‘riq bilan kechadi; og‘ir zaharlanishda esa nafasning tezlashuvi, ko‘krak qafasi sohasida siquvchi og‘riq, kuchli nafas tezlashuvi va terlash, anafilaktik shok, o‘tkir tomir yetishmovchiligi bilan namoyon bo‘lishi mumkin. Temir dorilari parenteral yuborilganda ularning salbiy ta’siri aksariyat tezda (yuborilganda 10—30 daqiqadan keyin) yoki kechroq (1—24 soat davomida) kelib chiqishi mumkin. Buning oldini olish uchun dorini sekinlik (3—5 yoki 8—10 daqiqa davomida) bilan, shifoxona sharoitida vrach nazorati ostida yuborish tavsiya etiladi. Ishlatilishi. Temir dorilari ko‘p qon yo‘qotilganda (qon oQishy, donbrlyk Qilish), yoki temirga organyzM talabi oshgan holatlar (homiladorlik, emizish davri, Bi2 tanqisligidan bo‘ladigan kamqonlikning ma’lum bosqichlari)da parenteral yo‘l bilan yuboriladi. Ichishga beriladigan dorilarni ko‘tara olmaslik (enteritning og‘ir ko‘rinishlari, yarali kolit, o‘n ikki barmoq ichak va oshqozon yara kasalligining qaytalanish davri); ichiladigan temir dorilarining so‘rilishi buzilgan holatlarda (uzoq davom etadigan ich ketishlar, kam so‘rilish sindromi; homiladorlikning 3davrida o‘tkaziladigan operatsiyalardan oldin) ham temir dorilarini parenteral yo‘l bilan kiritish tavsiya etiladi. Normal yoki ko‘p temir zahirasi bilan kechayotgan gipoxrom kamqonlik yoki tanada temir moddasi o‘zlashtirilishi buzilganda, qon zardobida normal yoki ko‘p miqdorda temir bo‘lgan holatlarda temir dorilari tavsiya etilmaydi. Ichishga beriladigan temir dorilarining salbiy ta’sirlari. Temir dorilarining salbiy ta’sirlari teri qizarishi, ko‘ngil aynish, ishtahaning pasayishi, ich qotishi (temir bilan ichakdagi vodorod sulfid birikishi hisobiga), kamdankam hollarda ich ketish, epigastral sohada og‘riq, ichak sanchig‘i, kekirish kabi belgilar bilan namoyon bo‘ladi. Temirdan zaharlanish yengil kechayotganda (ko‘ngil aynishi, qorin sohasida yoqimsiz sezgi, yengil ichak buzilishlari) dori miqdorini kamaytirish, dorini ovqat paytida yoki ovqatdan keyin tezda qabul qilish, dorini almashtirish bilan korreksiya qilish mumkin. Urtacha og‘irlikdagi belgilar bilan kechayotgan temirdan zaharlanishda dorini kiritish yo‘lini o‘zgartirishni, ya’ni dorini inyeksiya yo‘li bilan kiritishni o‘ylab ko‘rish kerak bo‘ladi. Ichiladigan temir dorilaridan zaharlanish ko‘proq tana haroratining ko‘tarilishi, terida toshmalar, oshqozonichak yoki ko‘krak qafasi sohasida, bo‘g‘imlarda ofrnq, limfa tugunlarda og‘rish, leykotsitoz, gemoliz, anafilaktik shok ko‘rinishida uchrashi mumkin. Qonda ionlashgan temir miqdorining oshib ketishi oqsillarning yopishib qolishiga, mayda qon tomirlar tonusining pasayishiga va ularning o‘tkazuvchanligi oshib ketishiga, eritrotsitlarning gemoliziga va temir moddasining RES xujayralarida to‘planib qolishi (gemosideroz)ga sabab bo‘lishi mumkin. Bu paytlarda dorilarni ichish to‘xtatiladi. Temirning so‘lak bilan ajralishi og‘izda paydo bo‘lishiga yoki ta’m bilish syozgisining yo‘qolishiga :sabab bo‘lishi mumkin. Download 173.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling