Reja: Trombotsitlar agregatsiya va adgeziya xususiyatlarini faollovchi dori vositalari


Download 173.5 Kb.
bet5/11
Sana07.01.2023
Hajmi173.5 Kb.
#1081213
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Qon ivishiga, qon tuqimasiga ta’sir qiluvchi dori vositalarining klinik va farmakologik tavsifi

Salbiy ta’syrlari; alLergyk jarayonlar, qon bosimining pasayishi, bronxlar torayishi, miya qon aylanishi buzilishi.
Ishlatilishi. Utkir va surunkali pankreatit, pnevmokokklar chaqiruvchi destruktiv o‘pka shamollashlari, buyrak ishemiyasi, DVS sindromining II va III fazalari va qonda kininlar oshib ketganda (epsilonaminokislotaga qarang) ishlatiladi.


4. TROMBOLITIK DORI VOSITALARI

Bularni 3 guruhga bo‘linadi: agregatsiyaga qarshi, qon ivishini susaytiruvchilar va fibrinolitik moddalar.


Bular trombotsitlar yopishqoqligy va qonning ivish xususiyati oshib ketganda tavsiya etiladi.


4.1. Agregatsiyaga qarshi moddalar
Trombotsitlar, eritrotsitlar yopishqoqligini (agregatsiya) susaytiruvchi dorilarni quyidagicha bo‘lish mumknn:
a) Siklooksigenazani falajlovchilar (atsetilsalitsilat kislota, indometatsin, sulfinpirazon, brufen, naproksen va boshqalar).
b) sAMF fosfodiesteraza va adenilsiklazani falajlovchilar: dipiridamol (kurantil), tiklopidin, rekornal, pentoksifilin, trental. Antioksidantlar (ionol, biyoxinol va boshqalar).
v) Tromboksantinsintetaza ingibitorlari (imidazol unumlari).
g) Prostatsiklin sintezini kuchaytiruvchilar (piramizol unumlari, pentoksifillin, kalsitonin, angiotenzin IIj, kumarin va nikotin kislota unumlari).
d) Prostanoidlar (prostatsiklin, prostaglandin ei va D2).
ye) Trombotsitlar komponentlari cho‘kishiga ta’sir qiluvchi ingibitorlari (vazafaol moddalar, suloktidil, piratsetam).
Ishlatilishi. Qoronar, bosh miya va oyoqlar trombozining oldini olish hamda koronar shunt va yurak qopqoqchalari protezlari tromblarida, retinopatiyada ishlatiladi.
Geparin bilan birga DVS sindromining II va III fazasida, geparin va traksilol bilan birga DVS sindromining II fazasida tavsiya qilinadi.
384
Atsetilsalysilat kislota (aspirin). farmakOdynamikasi
Qondagi dori miqdorining ortishi bilan avval antiagregant, so‘ngra esa issiq pasaytiruvchi, yallig‘lanishga qarshi, og‘riq qoldiruvchi samarasi rivojlana boshlaydi (nosteroid yallig‘lanishga qarshi guruhdagi dorilarga qarang).
Trombotsitlarning yopishqoqligiga qarshi ta’siri prostaglandinlar hosil bo‘lishi, ajralishi va metabolizmga bog‘liq. Aspirin siklooksisintetazani qaytmas darajada falajlab, trombotsitlarda tromboksan A% hosil bo‘lishini kamaytiradi, bu esa faol proagregant hisoblanadi. Qatta miqdorlarda aspirin bir vaqtning o‘zida tomirlar ichki qavati (endoteliy)da ham prostatsiklin va boshqa antitrombolitik prostaglandinlar (Ei va D2 va boshkalar) sintezini kamaytiradi.
Atsetilsalitsilat kislota jigarda vitamin K bilan faollikka uchraydigan (II, VII, IX. va X) zardob omillari hosil bo‘lishini buzadi, ya’ni vitamin K raqobatchisi hisoblanadi.
Farmakokinetikasi, o‘zaro ta’siri, salbiy ta’sirlari haqida nosteroid dori vositalari guruhiga qarang.
Tiklopidin (tiklid), Farmakodinamikasi. Tiklopidin ei va D2 prostaglandinlar va prostatsiklin hosil bo‘lishini kuchaytiradi, trombotsitlar va eritrotsitlar yopishqoqligini falajlaydi. Uning bu xususiyati atsetilsalitsilat kislotaga nisbatan kuchliroq.
Farmakokinetikasi. Ovqat vaqtida ichishga beriladi. Qiritilgan miqdorning 80% dan ortig‘i so‘riladi. Qondagi eng yuqori miqdori 2 soatdan keyin kuzatiladi. Asosan siydik bilan chiqib ketadi.
Uzaro ta’siri. Boshqa antiagregant va antikoagulyantlar bilan birga yuborilganda qon quyilishi va trombotsitopeniya kuzatilishi mumkin.
Salbiy ta’sirlari. Ich ketish, oshqozon soxasida og‘riq, terida allergik toshmalar, bosh aylanishi, kamdankam sariqlik, leykopeniya, agranulotsitoz kuzatiladi.
Dipiridamol (kurantil, persantin). farmakodinamikasi. Kurantil adenozinni parchalovchi adenozindezaminazani falajlaydi. Adenozin endogen agregantadenozindifosfatning raqobatchisi hisoblanadi. Antiagregant samarasi yana dori tomonidan sAMF uchun fosfadiesterazani falajlab, bu o‘z navbatida sAMFning trombotsitlardagi miqdorining oshishiga, bu esa kalsiyni bog‘langan holda ushlab turishga sabab bo‘ladi. Bu o‘z navbatida trombotsitlarda faollovchi agregantlar hosil bo‘lishini sekinlashtiradi.
Dipiridamol qon tomirlari endoteliysida prostatsiklin hosil bo‘lishini falajlab, trombotsitlarning endoteliyga yopishishiga qarshilik ko‘rsatadi.
Dipiridamolning trombotsitlar agregatsiyasini susaytirish kuchi atsetilsalitsilat kislotasinikiga teng, biroq u aspiringa xos salbiy ta’sirlarni (yallig‘lanishga qarshi nosteroid dorilar guruhiga qarang) keltirib chiqarmaydi, undan tashqari, dipiridamolda qon tomirlarini kengaytiruvchi va immun tizilmasini faollovchi samarasi ham bor.
Farmakokinetikasi. Venaga sekinlik bilan yuboriladi, sababi qon bosimi tushib ketish xavfi bor, mushakka, ko‘proq esa ovqatdan bir soat oldin ichishga beriladi. Tez va yetarli miqdorda qonga so‘riladi, qonda en,g yuqori miqdori 1,5—2 soatdan keyin kuzatiladi. To‘qimalarga yaxshi o‘tadi. Jigarda glyukuronidlarga aylanadi, siydik va safro suyuqligi bilan chiqib ketadi. Metabolitlari ichakdan qonga qayta so‘riladi, bu jarayon turli individlarda farq qiladi. Shu sababli metabolitlarining yarim chiqib ketish vaqti 2 soatdan 10 soatgacha keng diapazonda bo‘ladi. Sutka davomida 3 marta beriladi.
O‘zaro ta’siri. Dipiridamol boshqa dorilar bilan bitta shpritsda berilmaydi (ignani berkitib qo‘yadigan cho‘kma hosil bo‘ladi). Uni atsetilsalitsilat kislota va geparin bilan ishlatish mumkin.
Salbiy ta’sirlari. Yuzning o‘tib ketadigan qizarishi, qon tomirlari urishi sonining ortishi, qon bosimining tushib ketishi, teridagi allergik toshmalar, teri ostiga tushganda qitiqlaydi.
Pentoksifillin (trental). Farmakodinamikasi. Kimyoviy tuzilishi jihatidan ksantin unumi hisoblanadi. Adenozin (purin) qurilmalarini falajlaydi. Natijada qon tomirlari ichki qavatida prostatsiklinlar hosil bo‘lishi kuchayadi, tromboksan Az hosil bo‘lishi kamayadi. Usma nekrozi chaqiruvchi alfaomil sintezini buzadi. Bu omil normada qon tomirlarida hujayra adgeziyasi siqilishini faollaydi va qon tomirlarining kuchli toraytiruvchi endoteliy qurilmasini kuchaytiradi. U fosfodiesterazani falajlab, trombotsitlarda sAMF to‘planishiga olib keladi. Yuqoridagi jarayonlar trombotsit va eritrotsitlarning yopishqoqligiga karshilik qiladi.
Trental eritrotsytlarda kechayotgan glykoliz jyrZnini faollaydi, natijada eritrotsitlarda spektrinning (eritrotsitlar qobig‘i ichki kaskadi kismi) aktinga yaqinligini pasaytiradi, bu eritrotsitlar qobig‘i elastikligini oshiruvchi difosfoglitserat miqdorini oshiradi; eritrotsitlar shaklining o‘zgaruvchanligini boshqaruvchi gemoglobin (ayniqsa qaytalangai)ni idora etuvchi ATF miqdorini ko‘paytiradi (eritrotsit 7 mkm, kapillar kengligi 5 mkm);
Dori qabul qilishning 2—4 haftasiga borib qonning umumiy yopishqoqlik xususiyatini kamaytiradi, qonda fibrinogen miqdorini kamaytiradi va fibrinolizni faollovchi moddalarni ko‘paytiradi.
Trental qon tomirlarini kuchsiz kengaytiradi, bu mikrotsirkulatsiyani yaxshilab, to‘qimalarning kislorod bilan ta’minlanishini yaxshilaydi.
Farmakokinetikasi. Venaga, arteriyaga tomchilab yoki ovqatdan keyin ichishga beriladi. Dorining qondagi eng yuqori miqdori 1—2 soatdan keyin kuzatiladi, samarali miqdori esa 4—8 soatgacha saqlanadi. Sutka davomida 3—4 marta kiritiladi.
Pentoksifillin jigarda 7 ta faol metabolit hosil qiladi, bular (94% gacha) siydik orqali chiqariladi. Buyrak yetishmovchiligida kiritiladigan miqdori korreksiyalanadi.
Uzaro ta’siri. Trentalni boshqa antiagregantlar, geparin, streptokinaza, fibrinolizinlar va qon bosimini pasaytiruvchi, antidiabetik moddalar bilan birga berish mumkin, bu holatlarda uning miqdori kamaytiriladi.
Salbiy ta’sirlari. Dispeptik hodisalar, bosh aylanishi, yuzning qizarishi, parenteral yuborilganda qon bosimining tushib ketishi, kamdankam terida eshakem va qichishish kuzatiladi.



Download 173.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling